foydalaniladigan jamg’armalar tanlab olinadi, Masalan, davlat hokimiyati va boshqarish idoralari (UzSSR XKS, Oliy Sovet Prezidiumi)
fondlari, iqtisodiyot, madaniyat sohasidagi idora va tashkilotlar hujjatlari muhim fondlar qatoriga kiradi. Davlat arxivlarida kataloglashtiriladigan fondlar ro’yxati va rejasi tuziladi.
Kataloglashtirish uchun tanlab olingan fond materiallari o’rganilib, kerakli yig’majildlar tanlab olinadi. Dastlab ro’yxatlardan idora yoki tashkilotning asosiy faoliyatini yorituvchi bo’limlari tanlab olinadi.
Tashkilotning yordamchi, xo’jalik sohalari bo’limlari bo’yicha jildlar olinmaydi.
Fond yig’majildlari tanlab olingandan keyin ular sinchiklab o’qib, o’rganib chiqiladi. Hujjatlardagi eng muhim axborotlar, faktlar,
voqyealar, xodisalar umumlashtirilib, kartochkada bayon qilinadi. Bunda hujjatlardagi ma’lumotlarning ahamiyatiga qarab har xil usullar qo’llaniladi.
Varaqaga bir hujjat, bir yig’majild