Asalari, bolari


Download 448.63 Kb.
bet3/3
Sana16.12.2020
Hajmi448.63 Kb.
#167994
1   2   3
Bog'liq
asalarichilik


Kasallikning kechishi. Kasallikni har qanday juda mayda filtrdan oʻta oladigan virus tarqatib, lichinkalarni zararlaydi. Kasallikning inkubatsion davri 6 kun. Lichinkalar gʻumbakka aylanishi oldidan yoki keyin kasallanadi. Bu kasallik yevropa chirishi kasalligi kabi bahorda paydo boʻlib, yozning birinchi yarmida kuchayadi va avgustning oxirigacha davom etishi mumkin. Ayniqsa, uya sovuqda qolsa va oziqa yetarli boʻlmagan vaqtda kasallik zoʻrayadi.

Kasallik belgilari. Yuqumli bakterial va virus kasalliklari singari xaltali urchish bilan kasallangan nasl ham ola-bula rangli boʻladi. Chunki bir inda sogʻ, kasal, nobud boʻlgan lichinkalar mavjudligi uchun shu kataklar har xil rangda boʻladi.

Xaltali urchish kasalligi bilan kasallanib nobud boʻlgan lichinkalar mavjudligi uchun shu kataklar har xil rangda boʻladi. Xaltali urchish kasalligi bilan kasallanib nobud boʻlgan lichinkalar mum katakchalarning pastki devorlari boʻylab choʻzilib yotadi, boshlari biroz koʻtarilgan boʻladi. Qurib qolgan lichinka tanasi timqora-qoʻngʻir rangli qobiqqa aylanib qoladi va katakdan osonlik bilan olinadi.



Kasallik diagnostikasi. Xaltali urchish kasalligiga laboratoriya tekshirishlari va klinik belgilariga asosan tashxis qoʻyiladi. Buning uchun kasallangan nasli bor mum inlar material qilib olinadi. Ularni olish, joylash va joʻnatish usuli yevropa chirish kasalligidagidek bajariladi.

Davolash. Teng qismlardan iborat qand va suv sharbatining antibiotiklar bilan aralashmasi qoʻllaniladi. 1 litr 30˚C haroratdagi qand sharbatiga 500 ming IB biomitsin, tetratsiklin yoki terramitsin solib yaxshilab aralashtiriladi va 150-200 ml davolash sharbatini har bir ramka oraligʻiga 3 marta – har 7 kunda bir martadan sepib turiladi.

Xaltali urchish kasalligi bilan kasallangan asalari oilalarini antibiotiklarning suv eritmasi bilan purkash yoki amerika chirishi kasalligidagidek dust bilan changlatish mumkin.



Kurash choralari. Xaltali urchish kasalligi aniqlangan joyga karantin eʼlon qilinadi. Arizorda davolash tadbirlaridan tashqari quyidagi sogʻaytirish va profilaktika choralari ham koʻriladi.

Bu kasallik bilan kasallangan arixonalar oʻyuvchi natriyning 10% li issiq eritmasi bilan dezinfeksiya qilinib, uning ichiga kasallangan oilalar koʻchiriladi. Uyalar qisqartiriladi va isitiladi. Kasallangan lichinkali inlar qaytadan eritiladi. Kuchli zararlangan asalari oilalari sunʼiy mum inli toza arixonaga haydaladi. Nasli koʻp boʻlgan inlar inkubator arixonaga qoʻyiladi.

Inkubatordagi mum katakchalardan chiqqan yosh asalarilar ona arili oilaga qoʻshiladi. Ulardan boʻshagan inlar zararlangan nasli bilan birga eritiladi, mumi ajratib olinadi.

Kasal asalari oilasining ona arisi 53 marta 7 kuncha Titov katakchasiga solib qoʻyiladi. Karantin kasallik belgilarining yoʻq boʻlganiga 1 yil toʻlgandan keyingina olib tashlanadi.



Asalari nektarni qanday qilib asalga aylantiradi?



2018-yil 16-yanvar Odiljon Yakubov kiritgan.

Tabiatda har xil oʻsimliklar gulining shirasi (nektari) va changi asalarilar uchun oziq manbayi hisoblanadi. Bulardan tashqari asalarilarga suv va mineral moddalar ham zarur.

Nektar gul bezlari – shiradonlardan ajraladigan shirin suyuqlikdir. Baʼzi oʻsimliklarda bu nektar bezlar guldan tashqarida boʻladi. Oʻsimliklarninng nektar ajratishi chetdan changlanishga moslashishidir. Guldagi nektar hidi hasharotlarni oʻziga jalb etadi va ular oyoqchalari, qanotlari yordamida guldan-gulga changni olib oʻtadi va natijada oʻsimliklar chetdan changlanadi. Bu hodisa tabiatda oʻsimliklarning tashqi sharoitga moslashish imkoniyatini kuchaytiradi va oʻsimliklar turining saqlanib qolishida muhim rol oʻynaydi.

Nektar tarkibida shakar, suv, mineral tuzlar va boshqa moddalar boʻladi. Qandlar murakkab va oddiy holda uchraydi. Maʼlumotlarga koʻra, nektarda shakar va suv miqdori ancha oʻzgaruvchan boʻladi. Masalan, qizil yoʻngʻichqanikida 14-71%, joʻkanikida 22-72% ni tashkil etadi.



Nektarning qayta ishlanib asalga aylanishi. Gulning nektarini asalarilar ogʻiz apparati yordamida asal jigʻildoniga soʻrib oladi va uyaga olib kelgach, xartumi yordamida uchmaydigan yosh asalari xartumiga beradi. Nektarni qabul qilgan ari esa uni asal jigʻildoniga shimadi, keyin uni qaytadan xartumiga qusadi.

Bu jarayon bir necha marta takrorlanadi, natijada nektar asalari jigʻildonida invertaza fermentiga boyiydi. Bu ferment murakkab shakarni oddiy meva va uzum shakarigacha parchalaydi. Keyin bu oddiy shakarlar kataklarga toʻldiriladi, ortiqcha suvi bugʻlanib parchalanish jarayoni davom etishi natijasida u yetilgan asalga aylanadi.

Tayyor asal solingan kataklar mum qopqoqchalar bilan suvaladi. Asal kimyoviy tarkibiga hamda shakar eritmasining kontsentratsiyasiga koʻra nektardan farq qiladi. Asal tarkibida 18-20% suv boʻlsa, qolgani shakardan iborat. Aksincha nektar tarkibida suv koʻp boʻlib, bir qismini shakar tashkil qiladi.

Nektarni asalga aylantirish jarayonining biologik mohiyati shundaki, birinchidan, shakarning boyitilgan eritmasi hisoblangan asal uzoq vaqt saqlanganda ham aynimaydi. Demak qishlov uchun koʻp miqdorda asal gʻamlab qoʻyish ham uning shu hususiyatiga asoslangan.

Ikkinchidan nektarni asalga aylantirish vaqtida murakkab shakar oddiy shakarga parchalanadi. Natijada, asalarilar qishlov sharoitida bu oziqni isteʼmol qilishda koʻp oziq va energiya sarf qilmaydi, koʻp axlat chiqarmaydi va ortiqcha bezovtalanmaydi.

Asal tarkibida oddiy shakarlar boʻlib, ularni hazm qilish uchun asalari kamroq energiya sarflaydi. Bu esa qishlov davrida asalarilarda kamroq chiqindi ajratish hisobiga yoʻgʻon ichagida kamroq axlat yigʻilishiga va asalari oilasining qishlovdan yaxshi chiqishiga imkon beradi.

Shunday qilib, asalarilarning nektardan asal ishlab chiqarish hususiyati ularning yashash sharoitiga ajoyib moslashishiga yaqqol misoldir. Demak, yoz faslida oziq tayyorlash, nektar yigʻish bilan qishlash sharoiti oʻrtasida bogʻlanish mavjudligini tabiatda asalarilarning saqlanishi va koʻpayishi uchun zarur shart-sharoitning eng muhimi deb hisoblash mumkin.

Nektar va asal asalarilarning oziqlanishida asosiy uglevod manbayi hisoblanadi. Uglevodni asalarilar qishlash vaqtida koʻp talab qiladi. Bahorda va yozda asalarilar tuxumdan koʻpayayotgan vaqtda, yosh arilarni tarbiyalashda va mumdan in qurish vaqtida ularga oqsilli oziq koʻp talab qilinadi. Asalarilar gul changidan qayta ishlagan perga oqsil manbayi hisoblanadi.

Asalariga oqsil va uglevoddan tashqari yogʻ, mineral moddalar va suv ham zarur. Yogʻlar pergada boʻladi, mineral moddalarni ular perga va asaldan oladi. Bahorda va yozning issiq kunlarida asalarilarning suvga talabi ortadi. Suv ularga lichinkalari uchun oziq tayyorlash hamda oʻzi isteʼmol qilishi uchun juda zarur. Chunki hayot jarayonlarida suvning bir qismi organizmdan chiqib ketadi.

Asalari suvni nektardan oladi va undan tashqari, suv havzalari va suvdonlardan asal jigʻildoniga shimib olib keladi. Mineral moddalar asalari ichagiga asal va perga bilan kiradi.



Nozematoz – asalarining qanday kasalligi?



2017-yil 29-dekabr Odiljon Yakubov kiritgan.

Nozematoz asalarilarning yuqumli kasalligi boʻlib, uni apis nozemasi qoʻzgʻatadi. Nozematoz bilan yetuk asalarilar kasallanadi, lichinkalarga bu kasallik taʼsir qilmaydi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi – nozema apis bir xujayrali organism boʻlib, asalarining oʻrta ichagida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan oziq bilan tushadi.

Nozema sporalar hosil qilib, ularning oʻsishi natijasida amyobulalar chiqadi. Amyobulalar oʻrta ichak xujayralariga kirib merontalarga aylanadi. Merontalar ichak toʻqimasining xujayralarida sporablastlar hosil qiladi. Bularning har biri bittadan spora hosil qiladi. Spora (parazit) lar koʻpayish natijasida yemirilgan toʻqima xujayralari bilan oʻrta ichak teshigiga oʻtadi, u yerdan oziqa massasi bilan birga yoʻgʻon ichakka siljiydi va axlat bilan birga tashqariga chiqariladi.

Bunday axlat asalari uyasiga, suvga, asalga, pergaga tushganida ular nozema sporasi bilan zararlanadi. Quruq axlat va inlarda nozema sporalari hayotchanligini 2 yilgacha saqlaydi, xazon, oʻliklar (podmor) orasida 1 yilgacha yashaydi. 60˚C issiq suvda sporalar 10 daqiqa, formalinning 4% li eritmasida, 25˚C darajada 1 soatdan keyin halok boʻladi. Sporalar 10-14˚C dan past va 35-36˚C dan yuqori boʻlgan haroratda koʻpaymaydi.

Kasallikning tarqalish yoʻllari:

Kasallikning manbai kasal asalarilar hisoblanadi. Ular oʻzining chiqindi axlati orqali asal, perga, uyalar va suvni nozematoz bilan zararlantiradi. Oila ichidagi sogʻlom asalarilar nozema sporasi tushgan asal, perga, suvlarni isteʼmol qilganida yoki kasallik tushgan mum kataklarni tozalash paytida oʻziga nozematozni yuqtiradi. Kasallik sogʻlom oilaga umumiy suv idishlaridan, dezinfeksiya qilinmay qoʻyilgan inlardan, ishlatiladigan asboblardan oʻtishi mumkin.

Kasallik qanday kechadi?

Qishlov yomon sharoitlarda oʻtganda (sifatsiz oziq bilan oziqlantirish, arixonalarda eski, iflos mum inlarining boʻlishi, qishlovga qari ona arilar bilan kirilsa, arixonada haroratning oʻzgarishi) nozematoz bilan kasallanish qishning ikkinchi yarmida yuz beradi. Bahorga kelib oilada nasl paydo boʻla boshlagan vaqtda asalarilar ularning yaxshi rivojlanishi uchun uyada haroratni oshira boshlaydi, bu vaqtda kasal arilar soni ham oshib boraveradi. Qisqa vaqt ichida butun oila nozematoz bilan kasallanib qoladi.

Kasallik belgilari quyidagicha:

Asalarilarning nozematoz bilan kasallanishining xarakterli belgilaridan biri bu – asalarilarning bezovtalanishi, ularda ich ketish, ayrim asalarilarning, baʼzan butun oilaning halok boʻlishidir. Kasal boʻlgan asalari gʻujdan ajralib arixona devorida oʻrmalab, tagiga tushib, sovuqdan nobud boʻladi.

Qishlov vaqtida arixona eshigining oldi tozalanganda arixonalar tagida asalarilar oʻligi juda koʻp yotgan boʻladi. Ich ketish boshlanishi bilan asalarilar uyadan chiqib ketishga harakat qiladi, uya boʻylab oʻrmalab arixona romlarining plankalari, qoʻyilgan taxta, arixona oldingi devorining ichki yuzasi, baʼzan tashqi devorini ham axlatlari bilan qora dogʻ qilib bulgʻaydilar. Arixonaning devorlarida esa oqib tushgan dogʻ qoladi. Bunday dogʻlarda juda koʻp miqdorda nozema sporalari saqlanadi. Asalari ichagi nozema sporalari bilan toʻlgani uchun qorni katta boʻlib, ular sogʻlomlaridan ancha katta koʻrinadi.

Nozematozga xarakterli patologik oʻzgarishlardan biri ichakning oʻrta va orqa boʻlimlarining katta boʻlib ketishi oʻrta ichak segmentatsiyasining yoʻqolishi, uning ichidagi axlatning sut rangli boʻlishidir (sogʻlom asalarilar ichagida axlat sariq-qoʻngʻir rangli boʻladi).

Kasallikni aniqlash:

Oʻrta ichakdagi massani mikroskopik tekshirishlardan oʻtkazish yordamida nozema sporalarining bor-yoʻqligi aniqlanadi. Tekshirish uchun laboratoriyaga nobud boʻlgan asalarilarning ustki qatlamidan 50 tadan kam boʻlmagan asalari yuboriladi, hamda har bir nobud boʻlgan oiladan namuna (asal va pergasi bilan 1 ta mum in) olinadi.



Uchadigan asalarilar kasal boʻlganda laboratoriyaga har bir oiladan 3-5 ta namuna yuboriladi. Har bir namuna 50 tadan tirik asalari yoki yaqinda nobud boʻlgan asalari yuboriladi. Tirik yoki oʻlikligidan qatʼiy nazar har bir oiladan olingan naʼmunani alohida karton qutichalarga solib ustiga oila nomeri yoziladi. Patologik material bilan birga laboratoriyaga veterinar mutaxassisning ilova qogʻozi yuboriladi.

Bu hujjatda tashkilot nomi yoki asalari egasining ism-familiyasi, manzili, material olingan sana, kasallikning paydo boʻlgan vaqti yoki asalari oilasining nobud boʻlgan kuni, oʻlik asalarilarning arixonaning ichida joylashgan joyi, uyaning kasal asalarilar axlati bilan ifloslanish darajasi, uyada qolgan asal va perga miqdori va boshqalar koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlardan foydalangan holda tegishli choralar koʻriladi.
Download 448.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling