Asalari, bolari
Download 448.29 Kb.
|
asalarichilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asalari , bolari
- Asalarichilik
- Senotainioz – asalari kasalligi
Asalari Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search asalAsalari Asalari, bolari (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. Asalari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgidavrda janubiy kengliklardan Chekka Shimolgacha tarqalgan. Asalarilar, asosan, oila boʻlib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida „podshosi“ deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak Asalaridan iborat. Ona asalari tanasi uzunligi 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg, bahordan kuzga qadar tuxum qoʻyish va oilani boshqalari vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yigʻuvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona asalarining jinsiy aʼzolari rivojlangan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar onalari har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 mingtagacha tuxum qoʻyadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi asalari, otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak asalari chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi asalarilar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona asalari chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona asalari 7—8 kunda jinsiy balogʻatta yetadi. Erkak asalari tanasi uzunligi 15—17 mm, vazni 200 mg, qorin qismi toʻmtoq boʻlib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yig‘uvchi apparati, nayzasi yoʻq, koʻkragi keng, hartumi qisqa. Bir oilada 80—100 tagacha erkak asalari boʻladi. Asosiy vazifasi ona Aaalarini urugʻlantirish (asosan, havoda juftlashadi, urugʻlantirganidan keyin halok boʻladi). Ular uyada faqat yozda boʻladi, kuzda oilada urchish ishlari toʻxtashi bilan ularni ishchi asalarilar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi asalari tanasi uzunligi 11—15 mm, vazni oʻrtacha 100 mg, jinsiy aʼzolari rivojlanmagan, urg‘ochi asalarilar boʻlib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming, qishda 10-15 ming ishchi Asalari boʻladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul changini yigʻish, nektarni asalga aylantirish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qoʻriqlash kabi ishlarni bajaradi. Asalarilar qadimdan qimmatbaho mahsulotlar boʻlgan asal, propolis, mum, ona asalAsalari suti, asalAsalari zahAsalari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini mevali bogʻlarni changlatish uchun boqiladi. Asalari oilasi bir mavsumda 683140 — 150 kg asal toʻplaydi, bundan 100 kg Asalari taʼminotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi. Asalari oila aʼzolarining xizmat faoliyati oʻzaro bogʻliq boʻlganidan ularning birortasi ham oʻzicha mustaqil hayot kechira olmaydi. Zotlari: Oʻrta Rossiya oʻrmon (qoramtir) Asalari zoti (Asalari millifera) — eng koʻp tarqalgan zotlarga kiradi. Asalarilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) togʻ-qoʻngʻir Asalari zoti (Asalari cavcasica) — asosan, Zakavkaze, Oʻrta Osiyoda tarkal-gan. Karpat Asalari zoti — Gʻarbiy Ukrai-naning togʻli rayonlAsalari va Karpat ortida koʻp uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq asalari zoti (Asalari ligustuca) ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlandiya, Yaponiya, Xitoy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964—70-yillarda Oʻzbekistonga keltirib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq asalari zoti — Uzoq Sharq (Primore, Xabarovsk)da koʻp tarqalgan. Zot Ukraina, Oʻrta Rossiya, Italiya va Kavkaz asalarilari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi oʻrtachalari Kraina kulrang Asalari zoti (Asalari carnica) — Yugoslaviya, Avstriya togʻlarida keng tarqalgan. Tashqi koʻrinishdan Kavkaz togʻ-qoʻngʻir asalarisiga oʻxshaydi, mahsuldorligi oʻrtachalari Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida asalarilar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.[1] Asalari qishda dam olib koʻklamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq hoʻjaligida keng foydalaniladi va natijasi oʻlaroq juda shirin va foydali boʻlgan asal moddasi olinadi. Asalarichilik – qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqish. Ispaniyadagi Aran g‘oridan topilgan arxeologik ma’lumotlarga kura A. miloddan avvalgi 10 – 5-ming yilliklarda ham mavjud bo‘lgan degan tax-minlar bor. "Tavrot", "Bibliya" kabi diniy kitoblarda ham A. to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. A. tarixida bir necha bosqichlar bo‘lgan. Dastlab odamlar asalni o‘rmon va tog‘larda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, g‘orlarga uya qo‘ygan asalarilardan olganlar. Bun-day A. terimchilik va ovchilikning bir turi hisoblangan. 1814 yilda rus asalarichisi P. I. Prokopovich romli asalari qutisini, 1865 yilda chex asalarichisi F. Grushka asalajratgichni kashf etishi bilan ko‘pgina mamlakatlarda A. serdaromad tarmoqqa aylandi. 20-asrning 20-yillaridan maxsus A. xo‘jaliklari paydo bo‘ldi.A. Yer yuzasining barcha qit’alarida tarqalgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra 1970-yillar boshida jahonda 40 mln.ga yaqin asalari uya (oilalari) mavjud bo‘lgan. Jahon mamlakatlarida A. aso-san 3 yo‘nalishda rivojlanmoqda: asal olish; ekinlarni changlatish; boshqa xo‘jaliklarga tarqatish uchun eng yaxshi asalari zotlarining ona arisini yetishtirish (ona asalari yetishtiruvchi xo‘jaliklar) va asalari oilalarini ko‘paytirish. A. Rossiya, Ukraina, AQSH, Meksika, Turkiya, Fransiyada ayniqsa, rivojlangan. 1887 yilda tuzilgan "Api-mondiya" Xalqaro asalarichilik tash-kiloti asalarichilar o‘rtasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bu tashkilot A.ga bagashlangan simpoziumlar, kongres-slar, ko‘rgazmalar o‘tkazadi, 1966 yildan maxsus xalqaro "Apiacta" jurnali nashr etadi.O‘zbekistonda asalarichilik mahsulotlari qadimdan oziq-ovqat va doridarmon sifatida ma’lum bo‘lsada, asalarilarni qutilarda boqish 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Turkistonga dastlabki asalari oilalari 1841 yilda Qozog‘istonning Semipalatinsk viloya-tidan keltirilgan.19-asrning 2-yarmida Turkistonga o‘rta rus asalarisi, Kavkaz kulrang tog‘ asalarisi, ukrain dasht asalarisi va boshqa olib kelingan va O‘zbekistonda biol.si hamda foydali xo‘jalik belgilari bilan ajdodlaridan farq qiladigan asalarilar po-pulyatsiyasi vujudga keldi. Oʻzbekiston Respublikasida 154 ming asalari oilasi (kutisi) bor. Ixtisos-lashtirilgan asalarichilik xo‘jaliklari tashkil etilgan. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 48 asalarichilik xo‘jaligi (88 ming asalari oilasi), shu jumladan, "Asal" uyushmasi (1975 – 96 yillarda respublika IIB) bor (1998). Re-spublikadagi o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida, "O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibida ham asalarichilik xo‘jaliklari bor. Asalarichilik bilan 20 – 50 (90%) yoki 50 – 150 (10%) quti asalarisi bo‘lgan xususiy asalchilar ham shug‘ullanadi. Mavsumda ikki marta – may-iyun (bahorgi) va avgust-sentabrda (yozgi) asal olinadi. 1996 yil 17,1 ming-tasal, 187 t mumlarda tayyorlandi. Respu-blikada yiliga 20 ming t dan ko‘proq asal tayyorlash imkoniyatlari bor. Asalarilar asosan ko‘chma usulda boqiladi. Asalarilardan qishloq xoʻjaligi ekinlarini (g‘o‘za, mahsar, kanop, urug‘lik beda va boshqalar) changlatishda foydalaniladi. Asalarilar bilan changla-tish g‘o‘za hosildorligini o‘rtacha 5,1 – 5,9 s/ga oshirishi aniqlangan Senotainioz – asalari kasalligi 2018-yil 7-iyun Odiljon Yakubov kiritgan. Senotainioz invazion kasallik boʻlib, uni senotainiya pashshasining lichinkalari qoʻzgʻatadi. U asalarining koʻkrak boʻshligʻida parazitlik qiladi. Download 448.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling