Asamiddinov Erkin Yadro qurolidan holi hudud bu xavfsizlik kafolatidir


Download 15.24 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi15.24 Kb.
#140521
Bog'liq
9-seminar


Asamiddinov Erkin

Yadro qurolidan holi hudud bu xavfsizlik kafolatidir.

Dunyo miqyosida terrorizm, ekstremizm, narkobiznes, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishiga va boshqa xavf-xatarlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borilayotgan, ayni paytda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga 182 ta davlat imzo chekkan bo‘lib, ulardan 153 tasi, shu jumladan, AQSH, Rossiya Federatsiyasi va Fransiya uni ratifikatsiya qilgan.

Shartnomada qayd etilganidek, 44 mamlakat yadro salohiyat va texnikasiga egadir. Ushbu hujjatning o‘zi hanuzgacha kuchga kirgani yo‘q. 1996 yildan shartnomaning tayyorgarlik komissiyasi ish olib boryapti. Byudjet mablag‘i 120 million dollarga teng. Bu idorada 260 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989 yildan buyon yadro sinovlari o‘tkazilmayotir. Dalil va raqamlar shuni ko‘rsatadiki, AQSH 1032 ta (1945-1992), sobiq Sovet Ittifoqi 715 ta (1949-1990), Buyuk Britaniya 45 ta (1952-1991), Fransiya 210 ta (1960-1996), XXR 45 ta (1964-1996) yadro quroli sinovini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich 1945 yildan 1996 yilgacha 2 mingtadan ortiqqa teng. 1996 yilning sentyabrida shartnoma imzolanishiga bir bahya qolgan paytda 10 ga yaqin yadro quroli portlashlari o‘tkazilgan.

Biz bilamizki dunyoda raqamlar o’sishi rivojlanishni bildiradi, lekin yuqorida qayd etilgan raqamlarga biz bu ta’rifni ishlata olmaymiz albatta. Hech bo’lmaganda bitta yadro quroli sinab ko’rilish jarayonida kamida yuzlab odamlar, hayvonot butun boshli tabiat zarar ko’radi, yuqoridagi statistikadan ko’rinib turibdiki qaysidur manoda o’zini zo’rligini, harbiy jihatdan ulkan salohiyatga ega ekanligini bildiruvchi bu qurollar butun yer aholisi bohiga xavfli kunlar kelishiga kata ehtimol bilan sababchi bo’lishi mumkin.



Yadrosiz hududlar xususida so‘z borganda, hozir ular soni 6 taga yetganligini ta’kidlash joiz. Bular - Antarktikada (1959 yildagi shartnoma), Lotin Amerikasida (1967 yildagi Tlatelolko shartnomasi), Tinch Okeanining Janubiy qismida (1985 yildagi Rorotonga (Rorotonga) shartnomasi), Janubiy-Sharqiy Osiyoda 1995 yildagi Bangkok shartnomasi), Afrikada (1996-yildagi Pelindaba shartnomasi) va nihoyat, Markaziy Osiyoda (2006 yil Semipalatinsk shartnomasi).

Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari endi shartnomada ko‘zda tutilganidek, yadro qurollarini ishlab chiqarish, sotib olish, joylashtirishga qarshi shartnoma majburiyatiga qat’iy rioya qiladi. Tomonlarga yadro energetikasini tinch maqsadda rivojlantirish huquqi berilgan.

1997-2002 yillarda BMTning qurolsizlanish masalalari va xalqaro atom energiyasi tashkiloti –MAGATEning ekspertlari ishtirokida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasi bo‘yicha Jeneva, Ashxobod, Toshkent, Sapporo va Samarqand shaharlarida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Albatta bularning hamma hammasi aholining tinch farovon hayot tarzini shakllantirish uchun qilinmoqda.
Download 15.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling