Asar haqida: „Suv ostida 80000 kilometr“


Download 397.97 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi397.97 Kb.
#1554871
Bog'liq
4-deadlina Akademik Yozuv


2-topshiriq uchun 680.22-guruh talabasi Ibrohimov Abdulazizdan “Suv ostida saksonming kilometr” asariga taqriz.

Asar haqida:
Suv ostida 80000 kilometr“ — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1870-yil nashr qilingan. Ilk bor 1869-yilning martidan 1870-yilning iyunigacha Pierre-Jules Hetzelning „Magasin d’Éducation et de Récréation“ jurnalida chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Saʼdulla Karomatov tarjima qilgan.
Kitob nashr etilganidan keyin yaxshi kutib olingan. Hozirgi kunda ham yuqori baholanadi. „Suv ostida 80000 kilometr“ muallifning eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Asar qahramoni kapitan Nemoning suv osti kemasiga berilgan tavsif oʻz davridan olinda boʻlgan. Undagi voqealar kapitan Nemoning „Nautilus“ kemasidagi yoʻlovchilarning biri – tabiiy tarix muzeyi professori Pierre Aronnax nomidan hikoya qilinadi.

Syujet:
1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachasi Professor Pierre Aronnax oʻsha patda Nyu-Yorkda boʻladi va ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Kanadalik garpunchi Ned Land hamda Aronnaxning xizmatkori Conseil ham qoʻshiladi.
Ekspeditsiya aʼzolari mahluqni topib, uning aslida oʻz zamonidan ancha ilgarilab ketgan suv osti kemasi ekanligini aniqlashadi. Ularni „Nautilus“ deb ataluvchi mazkur suv osti kemasini qurgan shaxs va uning kapitani Nemo qoʻlga olib, kema ichiga olib kiradi.
Ekspeditsiya aʼzolari kapitan Nemo bilan sal kam 10 oy davomida 80000 km (20000 lye) suzadilar. Sayohatlari davomida Qizil va Oʻrta dengizlari, Atlantika, Tinch, Hind, Shimoliy muz va Janubiy okeanlardan oʻtadilar.

Qahramonlar:

Download 397.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling