Asar sarlavhasi to`g`risida - “Men Malalaman” asarga asar qahramoni bo`lgan jasur va ilmparvar qiz Malala nomiga asoslangan.
- Aynan tolibonlar o`zlarining johillik va ilmsizlik harakatiga qarshi chiqayotgan qizni otib tashlash uchun maktab avtobusini to`xtatib kim Malala deb so`ragan paytda , o`rtoqlari uni pana qilib turganiga qaramay , o`rtaga “Men Malalaman” deb chiqqan vaziyatiga asoslanib qo`yilgan bu nasarning nomi, mening nazdimda.
- Va mana shu nom meni bu asarni o`qishga undagan. Zero, asarga o`z ismini berishga arzirli sabab bo`lishi kerak .
Asarning asosiy g`oyasi - Asarning asosiy g`oyasi butun dunyo hamjamiyatini yanada sergak bo`lishga va biz kabi tinch o`lkada yashayotgan yoshlarni beminnat berilayotgan bilimnind qadriga yetishga undovchi bir chaqiruvdir.
- Bu asarda ko`pchilik oddiy xalqning naqadar qoloqlashib, har qanday baland parvoz so`zlarga o`rab aytilgan yolg`on so`zlar va da`vatlarga qanchalik tez ishonayotgani, erkini o`zgalar qo`liga topshirayotgani va buning negizida ilmsizlik yotgani asosiy go`ya o`laroq ilgari suriladi.
Badiiy asardagi mavjud obrazlar - “Men Malalaman” asari avtobiografik asar bo`lgani va shu asrda ro`y bergani uchun, undagi qahramonlar hozirda biz bilan atrofimizda yashayotgan insonlarning boshdan kechirganlari va o`y- kechinmalarini gavdalantiradi.
- Masalan , asarning asosi qahramoni Malala, uning otasi Ziyovuddin, onasi, do`stlari va ustozlari, tolibonlar boshi Fayzulloh
Asarning lingvistik tahlili - Frazeologizmlar : boshi osmonga yetgudek xursand, tepsa tebranmas xalq, qahri qattiq, yuziga qon yugurmoq, yelkasidan quyosh ko`rinmoq, ichi tor, baxti chopmoq
- Kasb – hunarga oid so`zlar: ustoz, muallim, duradgor, tikuvchi, vazir, radio eshittiruvchisi
Asardagi toponimlar - Amerika, Pokistion, Pushtun , New-York, Vashington
Asardagi milliy kalarit - Malalaning onasining otasiga itoatkorona murojaat qilishi va ko`ziga tik boqmasligi,
- Ayollarning yo`lning chetida erkaklarning yo`liga tushmagan holda harakatlanishi
- Kichik xovlida 8-10 kishigacha yashab yordam so`rab kelganlarga boshpana berilishi.
- Ayollarning kiyinish uslubi
Do'stlaringiz bilan baham: |