Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari
Abdulla Avloniy tarbiyaga shunday ta’rif beradi
Download 127.5 Kb.
|
Mirzahmedov M kurs ishi 3.02
Abdulla Avloniy tarbiyaga shunday ta’rif beradi: “ Tarbiya-pedagogiya, ya’ni bola pedagogiyasi demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasalig‘a davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdur”.3 Bu yerda Abdulla Avloniy pedagogni tabibga, poklik va yaxshi xulqni davoga o‘xshatyapti. Mutafakkir tarbiyani uch gurhga ajratadi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uchun, avvalo, bulardan birinchisi muhimdir. Chunki tana sog‘ bo ‘lsa, fikr sog‘lom va tiniq, xulq esa chiroyli bo‘ladi. Adib “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini “Yaxshi xulqlar” (31 fazilat) va “Yomon xulqlar” (20 illat) kabi qismlarga bo‘ladi. “Yuksak xulqlar” bobida diyonat, islomiyat, nazofat, qanoat, intizom, sabr, shijoat, vatanni sevmoq, haqqoniyat, vijdon, sadoqat, iffat, hifzi lison singari yuksak fazilatlar to‘g‘ risida mulohaza yuritadi. Abdulla Avloniy fikricha, axloq-xulqlar majmuyidir.
Xulq esa kishida o‘z-o‘zidan paydo bo ‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum sahroit va tarbiya kerak. Kishilar tug ‘ilishidan yomon bo ‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Har bir millatning rivojlanishi, qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga bog‘liqdir. Uning Vatan haqidagi qarashlari e’tiborga molikdir. Vatan dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Uni qadrlash, e’zozlash, shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘amlarini baham ko ‘rish-farzandning muqaddas burchidir. Tilga, madaniyatga muhabbat har bir kishining xalqiga bo‘lgan muhabbatidir. Avloniyning uqtirishicha, ha bir millatning dunyoda borlig‘ini ko ‘rsatadurg ‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Avloniy so‘zning inson qadr-qimmatini belgilashdek mavqeiga umuminsoniy nuqtai nazardan baho berdi. Til va so‘z haqidagi fikrlarini quyidagicha ifodalaydi: ” So‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurgon tarozisidur. Aql sohiblari kishining fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar”. 4Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyojlar, ma’naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta’limning zamini sifatida ona tili o‘qitish masalasiga e’tiborni kuchaytirdilar., chunki milliy ruh, milliy ma’naviyatni “sut bilan kirgan…” deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub mag‘zini tashkil qiladi.5 Mutafakkirning pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug‘lanishi insonni ulug‘lash bilan chambarchas bog‘lanadi.Chunki Alloh insoniyatni hayvon va boshqa jonzotlardan farqli o‘laroq aqlli va ilmli qilib yaratdi. Insonlar ana shu ikki narsa tufayli ikki dunyo saodatiga erishadi. Adibning aqlga bergan ta’rifi juda go‘zaldir: “Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Janobi Haq insonni hayvondan so ‘z va aql ila ayirmishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: ”Ey insonlar, Aqlingizga tavoze’ qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz”,-demishlar”. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida muallif yomon xulqlarni shunday ta’riflaydi: ”Saodati abadiyadan mahrum qiladigan, Janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo‘lgan axloqi zamimalar”. Ushbu asarning “yomon xulqlar” qismida bir bob “Jaholat” va “Aqsoni jaholat” deb nomlanadi. Jaholat ilmsizlik., nodonlikdan kelib chiqadi. U odamlarning eng ashaddiy dushmanidir.Muallif jaholatni ikki qismga bo‘ladi: Biri-“ jahli basit’ (oddiy jaholat), ikkinchisi-“jahli murakkab”. Jahli basit kasaliga chalinganlar biron narsani bilmaydilar va bilmaslikni e’tirof etadilar. Bularning davosi osonroq, ularni o‘qitish, o‘rgatish, bilim berish bilan bu marazdan forig‘ bo ‘lish mumkin. Jahli murakkab kasaliga uchraganlarbilmagan narsalarini bilaman deb da’vo qiladilar. Ularni tuzatish qiyin ishdir. Jahli murakkab ko ‘plab ilm-fan ahllarini tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi. (Bunga misol qilib Hamza, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Said Ahmad kabilarni keltirishimiz mumkin). Jahli murakkab namoyondalari millatni asriy qoloqlikda asrashda mustamlakachilar uchun qurol vazifasini o‘tadi. Hatto bu kasallik haqida Munavvarqori Abdurashidxonov “Bizning jaholat- jahli murakkab” nomli maqola yozadi. Haqiqatan ham millatni tubanlikka yetaklovchi, uni o‘zligidan ayirguvchi eng yomon illat jaholatdir. Abdulla Avloniy atoqli pedagog, o‘qituvchi sifati butun umrini ma’rifatga bag‘ishladi. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling