Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari
"TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ
Download 127.5 Kb.
|
Mirzahmedov M kurs ishi 3.02
"TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ" - bu Abdulla Avloniyni Axloq to`g`risidagi kitob .- So`z boshi Abdulla Avloniy Yaxshi xulqlar , yomon xulqlar // Axloq — 1917-yil. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o'lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg'or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko'p. U maktablar ochib, shaxsan o'zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta'minlash ishiga katta hissa qo'shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni » asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o'zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa'diy (11841310)ning «Guliston» asaridan ta'sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: «Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg'a g'ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab'ihada muvaffaq o'ldum, chunki Turkiston maktablarida o'z shevamizda (o'zbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal «Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanlig'i o'zum muallimlar jumlasidan o'ldig'imdan manga ham ochiq ma'lum o'ldi. Shuning uchun ko'p vaqtlar tajriba so'ngidan adibi muhtaram shayx Sa'diy usulida yozmoqni, garchi og'ir ish bolsa ham, o'zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko'tarmakni munosib ko'rdim». Demak, aytish mumkinki, «Turkiy Guliston yoxud axloq» Sa'diyning «Guliston» asari usulida o'zbek tilida yozilgan axloq kitobidir. Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka bo'lgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon o'g'li, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (o'zbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uyg'ur Majidov) dastxatidir. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning uchinchi nashrini 1967 yili «O'qituvchi» nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga ko'ra tushirib qoldirildi. Asarni «O'qituvchi» nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi o'zbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi o'zbek yozuviga o'girilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin so'zlar lug'ati ilova qilingan holda bosib chiqardi. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning qo'lingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uyg'ur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi o'zbek yozuviga o'girilgan matni, qiyin so'zlar lug'ati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni» asarlaridan tanlangan hikoya, she'rlari ham ilova qilindi. Kitobni nashrga tayyorlashda iqtidorli shogirdlarimiz Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalarning xizmatlari bo'r. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan ma'rifat darsligidir . Uning yoshlarning axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz komildir. Nashr haqida bildirilgan fikr-mulohazalar, istaklar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Xulosa Ushbu asarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan. Bundan tashqari, insonning oʻzini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham oʻz aksini va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi toʻgʻrisida bayon etilgan. Tarbiya hamma zamonlarda eng dolzarb masala bo‘lib kelgan. Sharq mutafakkirlari farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar. Hindlarning mashhur “Panchatantra” (Kalila va dimna), “Shukasaptati” (To‘tinoma) eposi, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Baxt saodatga yo‘llovchi bilim), Farididdun Attorning qator asarlari, Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning qator asarlari, Gulxaniyning “Zarbulmasal” va boshqa o‘nlab didaktik asarlar asrlar mobaynida farzandlar tarbiyasida amaliydastur vazifasida xizmat qilmoqda. Bu asarlar necha avlodga rostgo‘ylik, juvonmardlik, mehr, hurmat kabi fazilatlarni singdirib kelayotgani sir emas. Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhur. Mo‘jaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyachalar kitobning yanada jozibali, mazmunili bo‘lishini ta’minlagan Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo`lgan quyidagi yo`nalishlarda ta'lim-tarbiya berish nazariyasi tutilgan bo’lib, Kaykovus bilim haqida,hunar va turli kasb egalari haqida,turmush va xulq odob haqida,jismoniy yetuklik haqida. Kaykovusning “qobusnoma” asarida yoshlar tarbiyasida-javonmardlik talablaridan eng muximi –bu yuksak axloqlilik tarbiyasi ekanligi keltiriladi. Yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo`lish, adolatlilik, samimiylilik, saxiylik, mardlik kabi xislatlarni tarkib toptirini istaydi va shuningdek,doim yaxshi kishilar bilan xamkor bo`lishni, kishining o`zi ham ezgu, yaxshi ishlar qilib yashsa, yaxshi natijaga erishishi mumkinligini ta'kidlaydi. Asar pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, unda yoshlar tarbiyasida juvonmardlik talablaridan eng muhimi axloq tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda. Kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to’g’rilikka, yaxshilikka, adolatlilikka undaydi Abdulla Avloniy atoqli pedagog, o‘qituvchi sifati butun umrini ma’rifatga bag‘ishlgan marifatparvar shaxs. Uning pedagogik qarashlarida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat , odob-axloq, tarbiya , ma’rifat, inson kamoli jamiyat rivoji uchun xizmat qilish yaqqol sezilib turadi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari juda katta ahamiyatga molikdir bo’lib, ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan noyob va mukammal bu kitob har tomonlama yetuk, sog ‘lom fikrli kelajak avlod va zamonaviy pedagoglarni tarbiyalashga xizmat qildi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o’lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg’or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878- 1934)ning xizmatlari ko’p. U maktablar ochib, shaxsan o’zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni » asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu asarda mutafakkir vatanparvarlik, ona tiliga muhabbat, do‘stlik, vijdoniylik, aql, jaholat, g‘azab kabi xislat va illatlar haqida fikr yuritadi va xulosalar chiqaradi. Abdulla Avloniy ushbu asarida zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini yaratdi va asar zamonaviy pedagoglar tayyorlashga, darslik, qo ‘llanmalar yaratilishiga asos bo‘ldi. Zero, bu inson pedagogika fanining asoschisidir. Uning pedagogika, tarbiya haqidagi fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling