Asarning yozilish maqsadi


Asarning davr uchun manfaati


Download 28.22 Kb.
bet2/3
Sana26.08.2023
Hajmi28.22 Kb.
#1670399
1   2   3
Bog'liq
2-Asarning yozilish maqsadi

Asarning davr uchun manfaati
Oybekning “Navoiy” romanining davr uchun manfaati to‘g‘risida gapirganda buyuk olim va munaqqid Ozod Sharafiddinovning quyidagi fikrlarini keltirmoqchiman: “O‘tgan asrning 40-yillarida — Navoiy tavalludining 500 yilligini nishonlashga qaror qilinganda, hali xalq Navoiy siymosi bilan unchalik tanish emas edi. Xondamir, Vosifiy kabi o‘tgan ulug‘ muarrixlarning asarlarini hisobga olmaganda, Alisher Navoiy haqida ma’lumot beradigan tayinli asarlar yo‘q edi. Buning ustiga yaqindagina yozuvini o‘zgartirib, yoppasiga savodsizga aylangan xalq uchun uning tishi o‘tadigan yozuvda Navoiy asarlari nashr etilgancha yo‘q edi. Xullas, Oybek romani keng xalq ommasiga Navoiyning siymosi, qiyofasi va ijodi haqida, aytish mumkinki, ilk marta atroflicha tasavvur berar edi. Hatto qay bir nuqtalarda biz bugunga qadar ham Navoiyni shu roman orqali tasavvur qilamiz”. Shunday qilib, keng xalq ommasiga Navoiyning siymosi, qiyofasi va ijodini yorqin ifodalab berishda asarning davr uchun manfaati muhim ahamiyat kasb etadi.

haqida xalq ongida Alisher Navoiy siymosiga va shuningdek, Oybek va u yaratgan asarlarga qiziqish hech qachon so’nmaydi.


Oybekning “Navoiy” romani haqida ko’plab tadqiqotlar,maqola va ilmiy ishlar yozilgan.Lekin mening nazarimda,hali qiladigan ishlar ko’p. Ulugʻ insonlarning qiyofasi, feʼl-atvori va hayotiga qiziqish har doim ham kuchli boʻlgan. Jumladan, Alisher Navoiy siymosiga va shuningdek,Oybek va yaratgan asarlarga ham qiziqish hech qachon so’nmaydi.




ASAR MUALLIFI HAQIDA QISQACHA BIOGRAFIYA
XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to‘quvchi oilasida dunyoga keldi.
Oldin o‘rta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya
texnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil ko‘rdi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib,
oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi. Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r
mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi.
Adibning avtobiografik qissasi — «Bolalik» 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir. Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir. Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

Asarning yozilish maqsadi


Oybek 1940-yil 6-yanvarda “Navoiy” romani ustida ish boshlab yubordi va uni 1942-yilning qish oylarida tugatdi. Roman turli muhokamalardan o’tib, 1944-yilda nashr etildi. “Navoiy” romaninig yozilishining asosiy maqsadi:

  • Navoiyning ulug‘ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratish;

  • o‘tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiyning Vatanga va xalqqa bo‘lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ‘ib qildish;

Navoiy o‘z do‘stlariga nasihat qilib: «...har nechuk falokatni daf etmoqqa g‘ayrat qilmoq kerak... Muborak Vatanning, el-ulusning salomatligi uchun fidokorlik ko‘rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tilagim shuki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sadoqat, muhabbat bilan bog‘lanaylik. Vafo va muhabbat — ulug‘ qudratdir»,— deydi.

Download 28.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling