Asarning yozilish maqsadi


Asarning yozilish maqsadi


Download 28.22 Kb.
bet3/3
Sana26.08.2023
Hajmi28.22 Kb.
#1670399
1   2   3
Bog'liq
2-Asarning yozilish maqsadi

Asarning yozilish maqsadi
Oybekning “Navoiy” romanini yozishdan asosiy maqsadi Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazni yaratishdir. Yaratuvchi talqinicha, Navoiyning ana shu uchala qirrasini o’zaro birlashtirib turadigan ,,magnit maydoni’’ uning insonparvarligidir. Shuning uchun asarga tarixiy shaxslar obrazi bilan birga badiiy to’qima obrazlarni ham kiritgan: shogirdi Sultonmurod, uning do’sti Arslonqul va singlisi Dildor. Bular roman voqealarida oddiy xalq vakillari sifatida ishtirok etib, Navoiy siymosini to’laqonli ochib berishga ko’maklashadi. Husayn Boyqaro, Jomiy, Baddiuzzamon, Mirzo Nizomulmulk, Majididdin singari o’nlab qahramonlar esa Oybek asariga to’ppa-to’gri tarix sahifalaridan kirib kelgan. Ijodkor bu qahramonlar obrazini yaratishda o’tmish haqiqatiga suyangan.
Oybekning ,,Navoiy’’ romanini yozishdan maqsadi zamondoshlarini o’tmishdagi achchiq voqealardan saboq olishi, xalq va Vatan manfaati yo’lida yashab, ijod qilgan siymolar va ularning fazilatlaridan ibrat chiqarishi bo’lgan edi.
Navoiy o‘z do‘stlariga nasihat qilib: «...har nechuk falokatni daf etmoqqa g‘ayrat qilmoq kerak... Muborak Vatanning, el-ulusning salomatligi uchun fidokorlik ko‘rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tilagim shuki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sadoqat, muhabbat bilan bog‘lanaylik. Vafo va muhabbat — ulug‘ qudratdir»,— deydi.
Navoiy obrazida biz eng ulug‘ fazilatlarning ko‘ringanini, uning vatanparvarligini, doimo xalq manfaatini o‘ylaganini asarning barcha o‘rinlarida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, uning ona vatan uchun, uning obodonligi yo‘lida qilgan zahmatli mehnatlari tahsinga loyiqdir.
Asarning davr uchun manfaati
Oybekning “Navoiy” romanining davr uchun manfaati to‘g‘risida gapirganda buyuk olim va munaqqid Ozod Sharafiddinovning quyidagi fikrlarini keltirmoqchiman: “O‘tgan asrning 40-yillarida — Navoiy tavalludining 500 yilligini nishonlashga qaror qilinganda, hali xalq Navoiy siymosi bilan unchalik tanish emas edi. Xondamir, Vosifiy kabi o‘tgan ulug‘ muarrixlarning asarlarini hisobga olmaganda, Alisher Navoiy haqida ma’lumot beradigan tayinli asarlar yo‘q edi. Buning ustiga yaqindagina yozuvini o‘zgartirib, yoppasiga savodsizga aylangan xalq uchun uning tishi o‘tadigan yozuvda Navoiy asarlari nashr etilgancha yo‘q edi. Xullas, Oybek romani keng xalq ommasiga Navoiyning siymosi, qiyofasi va ijodi haqida, aytish mumkinki, ilk marta atroflicha tasavvur berar edi. Hatto qay bir nuqtalarda biz bugunga qadar ham Navoiyni shu roman orqali tasavvur qilamiz” Oybekning “Navoiy” romani haqida ko’plab tadqiqotlar,maqola va ilmiy ishlar yozilgan.Lekin mening nazarimda,hali qiladigan ishlar ko’p. Ulugʻ insonlarning qiyofasi, feʼl-atvori va hayotiga qiziqish har doim ham kuchli boʻlgan. Jumladan, Alisher Navoiy siymosiga va shuningdek,Oybek va yaratgan asarlarga ham qiziqish hech qachon so’nmaydi.

Asardan olgan kreativ taasurotlar


Roman yozilganidan buyon yarim asrdan ortiq vaqt о‘tgan bо‘lsa-da, har bir avlod undan yangi-yangi ma’nolarni kashf etib kelmoqda. Chunki Oybek romanida davr mohiyati va ruhi, tarixning muhim pallasidagi millat kishisining о‘zlikni anglash yо‘lidagi intilishlarini ifoda etgan. Romanda xalqchillik pafosi qabariq tasvirlangan. Romanda hayot sinovlarini matonat bilan yengib о‘zligini anglagan qahramonlar holati jonli tasvirlanadi. Ular orasida Navoiy xarakter sifatida о‘z erkinligi bilan alohida ajralib turadi. Aqidalarida sobit, istiqbolga komil ishonch bilan boquvchi qudratli ruh kishisining ezgulik yо‘lidagi harakatlari kitobxon qalbiga dalda beribgina qolmay, yaratuvchanlik va ijodkorlik ruhini ham tug‘diradi. Romandagi ritm qismlar uzviyligini ta’minlaydi. Ohangning goh avj pardalarda, goh sokin, goh tantanavor, gohida esa ma’yus oqishi surat va siyrat jilvalaridagi qalb tug‘yonlari, isyon va itoat, qat’iyatlilik hamda bandasining ojizligi ruhini ifodalaydi.

Oybekning Olamu Odam yaxlitligini namoyon etishida romandagi yagona ovoz ohanglarning о‘zaro uyg‘unligi kitobxonning butun borlig‘ini qamrab oladi.


Xulosa qilib aytganda, “Navoiy” romani o‘zbek romanchiligining ajoyib namunasi va juda katta yutug‘idir. Bu roman jahondagi rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq, turkman, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy tillariga tarjima qilingan va hamma joyda kitobxonlarga manzur bo‘lgan. Darhaqiqat , “Navoiy” romani o‘zining badiiy - estetik qimmati, mazmunmohiyati, badiiy - tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, taixiy haqiqatning ko‘zgusi bo‘la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya`ni to‘qima va tarixiy obrazlarning uyg‘unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e`tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asr mana necha yillarki, o‘z qadr- qimmatini yo‘qotgan emas, yo‘qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san`at asari hech qachon o‘lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o‘zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug‘ mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go‘zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.


2.2 Oybek asarl
Download 28.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling