O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
Download 57.33 Kb.
|
akademik yozuv esse Allayar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadirbergenov Allayar Alimjanovich « Akademik yozuv» Fanidan yozilgan ESSE
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali “Telekommunikatsiya” fakulteti “Telekommunikatsiya radioeshittirish, Mobil tizimlar” yo’nalishi I bosqich 1003-22 guruh talabasi Kadirbergenov Allayar Alimjanovich « Akademik yozuv» Fanidan yozilgan ESSE Mavzu: “Hayotdagi maqsadlarim va orzular” Topshirgan _____________ A. Kadirbergenov Qabul qilgan _____________ U. Jaksimova Nukus 2022 Kirish Inson zoti borki, har daqiqada tug’ilgan yangi istaklarini qondirishni, amalga oshirishni istab yashaydi. Inson orzusini na etib, na yetib tugata olasan! U shunchalar ko’p narsani istaydiki, ammo hammasi ham ushalavermaydi-da ,negaki xohishning o’zi kamlik qilar ekan buning uchun. Sizdan “Eng katta orzuyingiz nima?” deb, hech so’rashganmi? Javob uchun albatta bir bahiya bo’lsa ham to’xtab qolasiz, hayolingizga kelgan birinchi fikrni aytib yubormoqchi bo’lasiz-u ,ammo ayta olmaysiz … Qizig’-a, orzuning ham katta –kichigi bo’lar ekanda. Orzu qilishlik siz uchun shunchalar muhimki, xatto o’zingiz ham bilmaysiz,uning hayotingizdagi o’rnini . Balki uning,ba’zilar uchun hech qanday ahamiyati yo’q, deb hisoblarsiz. Xuddi shu fikrlilarga qarata deymanki. Orzu bu - hoy-u, havas emas. U insoniyatning shu bugungi kunga yetib kelishiga sababchi bo’lgan eng mustahkam tirgakdir. Inson orzusi nimalarga xizmat qilmaydi deysiz, qaboxatga ham, saodatga ham u yetaklaydi sizni. Bir vaqtlar bobomdan “Hamma narsa niyatlarga bog’liq” deganlarini eshigandim, ammo unda hech nimani tushunmagam edim. Sekin - asta inson ulg’aya boshlar ekan, bolalikdagi “katta bo’lish” orzusi o’rniga ,”bolalikka qaytish” istagi mavj urar ekan. Aynan shu orzuni ko’nglimga tukkan holda aytamanki, bu hayot biz uchun eng katta muallimdir, yurtning bag’rida o’tgan har bir kunim esa olayotgan darsim ekan. Orzular esa muallim hayotning pas-u ,balandiga chidashni va bu sabrimiz orqali olajak mukofotimiz ekan. Mening orzuyimga kelsak, bilmadim uni nima deb atay? Ammo tilagim,istagim shuki, insoniyatga cheksiz sabr .Vatan uchun, uni qadrlovchi va bu burchni qarz deb bilguvchi farzand. Qalb orzusi esa sir tutilmog’i lozim ,deb o’ylayman ,aks holda sirli insoniyatning sirliligidan , asar ham qolmaydi... “Orzu”, nima o’zi u? Inson orzu qilmasdan yashay oladimi? Orzular faqat yaxshilikka xizmat qiladimi? Yoki yovuzlikka hammi? Orzu va istakning qanday farqlari bor? Orzu, istakdan ustun turadimi? Siz ham bu savollarga javob axtarib ko’ring, balki orzuyingizga bo’lgan ishonchingiz mustahkamlanar. Download 57.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling