Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni


Plastik va mo'rt materiallarni kcsishda hosil bo’ladigan qirindi turlari


Download 30.18 Kb.
bet5/6
Sana08.11.2023
Hajmi30.18 Kb.
#1757067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni-fayllar.org

Plastik va mo'rt materiallarni kcsishda hosil bo’ladigan qirindi turlari.



Unga qarama-qarshi bo‘lgan yuza qirindining erkin tomoni deyiladi. U juda mayda tishchalar bilan qoplangan va katta tezlikda kesganda baxmal ko‘rinishini oladi.
Qirindi asbobning old yuzasiga kontakt maydoncha chegarasida tegib turadi. Ishlov berilayotgan materialning turi, xossalari va kesish tezligiga qarab kontakt maydonchaning kengligi kesib olinayotgan qatlam qalinligidan 1,5...6 baravar ko'p bo’ladi. Uvoq qirindisi (1-rasm, e) bir-biri bilan bog’lanmangan, turli shakl va o’lchamdagi ayrim bo’lakdan iborat. Uvoq qirindi bilan birga mayin metall
changi ham hosil bo‘ladi. Qirindi turi ko'p jihatdan ishlov berilayotgan material xili va
mexanik xossallariga bog’liq. Plastik materiallarni kesishda qirindilarning birinchi uch turi hosil bo’lishi mumkin. Ishlov berilayotgan material qattiqligi va mustahkamligi oshib borishi bilan tutash qirindi bo'g’insimon qirindiga, keyin esa elementli qirindiga aylanadi. Mo‘rt materiallarga ishlov bcrishda elementli yoki uvoq qirindilar hosil bo’ladi. Asbobning geometrik parametrlaridan old burchak va asosiy tig‘ning qiyalik burchagi qirindi turiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Plastik materiallarga ishlov bcrishda va , burchaklarning ta’siri tubdan bir xil. Mazkur burchaklar kattaligi oshgan sayin elementli
qirindi bo‘g‘insimon qirindiga, so’ngra tutash qirindiga aylanadi. Mo’rt materiallarni kesishda old burchaklar katta bo’lganda uvoq qirindi hosil bo’lishi mumkin va u old burchaklarning kichrayishi bilan elementli qirindiga aylanadi. Qirindi turiga kesish va surilish tezligi ta’sir qiladi. Kesish chuqurligi qirindi turiga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Plastik materiallarni kesishda surilish tezligining oshishi tutash qirindining izchil ravishda bo'g’insimon va elementli qirindiga aylanishiga olib keladi. Mo’rt materiallarni kesishda surilish tezligi kattalashishi bilan elementli qirindi uvoq qirindiga aylanadi. Kesish tezligi qirindi turiga murakkab ta’sir qiladi. Plastik materiallarni kcsishda, o‘simta hosil qiluvchi kesish tezligi hududi e’tiborga olinmasa, kesish tezligi ortib borishi bilan elementli qirindi bo‘g‘insimonga, keyin esa tutash qirindiga aylanadi. Biroq ayrim isiqqa chidamli po’lat va qotishmalarga, shuningdek, titanli qotishmalarga ishlov berishda, aksincha, kesish tezligining ortishi tutash qirindini elementli qirindiga aylantiradi. Bu hodisaning fizik sababi hali aniqlanmagan. Mo‘rt materiallarga ishlov berishda kesish
tezligining ortishi bilan uvoq qirindi elementli qirindiga aylanadi va bunda ayrim elementlar o‘lchami kichrayadi, ular orasidagi bog‘lanish mustahkamlanadi. Kesuvchi tig‘ ishga solinganda ishlov berilayotgan material bilan old va ketingi yuzalar orqali tutashadi (2-rasm). Asbobning kesuvchi ponasi G kenglikdagi kontakt maydoncha
orqali a qalinlikdagi kesilayotgan qatlamga ta’sir etadi. Asbobning old qismiga to’plangan R kuchi bilan kesilayotgan qatlamga ta'sir qiladi va bu kuch qirindi hosil qiluvchi kuch deb ataladi. Ishlov berilayotgan matcrialda kesish yuzasidan quyiroqdagi siquvchi va cho'zuvchi kuchlanishlar sohalarini bir-biridan ajratib turuvchi
neytral chiziq OK chizig‘i bilan belgilangan.
2-rasm.
Download 30.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling