Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni


Kesilayotgan qatlam qirindiga aylanayotgan paytda birlamchi va ikkilamchi deformatsiyalar sohalari


Download 30.18 Kb.
bet6/6
Sana08.11.2023
Hajmi30.18 Kb.
#1757067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni-fayllar.org

Kesilayotgan qatlam qirindiga aylanayotgan paytda birlamchi va ikkilamchi deformatsiyalar sohalari.

Neytral chiziqdan pastroqda siquvchi kuchlanishlar sohasi, o‘ngroqda esa cho‘zuvchi


kuchlar sohasi joylashgan. Asbobning old yuzasi oldida birlamchi deformatsiya hududi
joylashgan. Birlamchi deformatsiyaning OAVGO hududi asbob tig‘ida cho‘qqili pona shakliga ega. Uning pastki chegarasi OA egilgan va kesish yuzasi davomini kesib o ‘tadi. Hududning yuqori OB chegarasi bo‘rtib chiqqan va uning uzunligi OA chizigi uzunligidan 2...4 marta kam. AB chizigi kesishning old yuzasi bilan qirindining erkin tomonini ohista qo‘shadi. OA chizig’idan chaproqda kesilayotgan qatlamning hali deformatsiyaga uchramagan zarralari, OB chizig’idan o’ngroqda qirindiga tegishli material zarralari joylashgan. Kesilayotgan qatlam zarrasi asbobga nisbatan V kesish
tezligida siljib, F nuqtada deformatsiyaga uchraydi va o‘z harakati trayektoriyasi bo‘ylab o’tib yanada kuchliroq deformatsiyalanadi. Zarra deformatsiyasi Q nuqtada tugaydi va zarra qirindi tezligiga teng bo’lgan uch tezlikka ega bo‘ladi. O’tkazilgan ko‘plab tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qirindi eni kesilayotgan qatlam eniga nisbatan, hatto erkin kesishda ham, arzimagan darajaga kattalashadi, erkin bo’lmagan kesishda esa qirindi
yanada kam kengayadi. Shu sababli, qirindi hosil bo‘1ish hududida deformatsiyalangan holat yassi bo’ladi va kesib tashlanayotgan qatlam kesish jarayonida siljish deformatsiyasiga uchraydi. Shunga ko‘ra OA chizigi fizik jihatdan siljish yuzasini namoyon etadi. Bu yuzada siljituvchi kuchlanishlar materialning siljishidagi oquvchanligining oxirgi chegarasiga teng: = s.
Butun I hudud mana shunday yuzalardan tashkil topgan bo’lib, ularning har birida siljituvchi kuchlanishlar oldingi dcformatsiya natijasida muayyan mustahkamlikdagi materialning oquvchanlik chegarasiga ega. OB chizigi so’ngi siljish deformatsiyasi amalga oshadigan yuza bo’lib, unda siljish kuchlanishi kesilayotgan materialning qirindiga aylanishi natijasida surilishda uzil-kesil mustahkamlangan oquvchanlik chegarasi s ga teng: = s . Asbobning old yuzasi bilan qirindining kontakt yuzasi o'rtasida ishqalanish borligi sababli qirindi kontakt yuzasining bevosita oldida
joylashgan metall zarralari ular birlamchi deformatsiya hududidan chiqqandan keyin ham deformatsiyalanishda davom etadi. Shu tarzda old yuza va GD chizigi bilan chegaralangan ikkilamchi deformatsiya hududi II paydo bo’ladi. Ikkilamchi deformatsiya hududining OD kengligi taxminan kontakt maydoncha kengligining yarmiga g/2 teng
bo’ladi, eng yuqori balandligi esa o‘rta hisobda qirindi qalinligining 0,1 ini tashkil etadi. II hududdagi deformatsiya darajasi qirindining o’rtacha deformatsiyasidan 20 va undan ko‘proq marta ortiq bo’lishi mumkin. Ikkilamchi dcformatsiya hududining mavjudligi qirindi qalinligi bo’уlab uning so’nggi deformatsiyasining har xil bo’lishiga olib keladi. Qirindi qalinligining katta qismida zarralarning deformatsiya darajasi bir xil, ammo 1 qalinlikdagi qatlamda deformatsiya darajasining keskin ortishi kuzatiladi. Ikkilamchi deformatsiya hududining o’lchamlari va bu hududdagi material zarralarining
deformatsiya darajasi old yuzadagi ishqalanish jadalligiga bog‘liq. Old yuzadagi ishqalanish kuchi qancha kam bo’lsa, ikkilamchi deformatsiya hududining o'lchamlari va deformatsiya jadalligi shuncha kichik bo’ladi. Kesilayotgan qatlam qalinligi kamayganda, old burchak kattalashganda va yaxshi moylovchi suyuqliklardan
foydalanganda II hudud o’lchamlari kichrayadi va u yo‘q bo’lib ketish darajasiga keladi. Bu holda qirindi zarralarining deformatsiya darajasi uning butun qalinligi bo'ylab bir xil bo’ladi. Birlamchi va ikkilamchi deformatsiya hududlarida yuz beruvchi fizik jarayonlarning murakkabligi sababli, ular miqdoriy tavsifining sodda matematik usullarini ko‘rsatishning iloji yo‘q. Shuning uchun injenerlik hisob-kitoblarida qirindi hosil bo’lishning real jarayonlari uning soddalashtirilgan modeli bilan almashtiriladi. Soddalashtirilgan modelning qo’llanishi quyidagi holatlar bilan bog’liq. Birlamchi
deformatsiya hududini o’z qalinligiga ko’ra kesilayotgan qatlam qalinligi bilan faqat asbobning old burchaklari kichik bo’lgandagina qiyoslash mumkin. Kesilayotgan qatlam qalinligi va kesish tezligi katta bo’lganda, odatda, ishlab chiqarish jarayonida shunday bo’ladi, birlamchi deformatsiya hududining FQ uzunligi qisqaradi, uning OA va OB chegaralari siljiydi va kesish yuzasiga burchak ostida og’uvchi OK chizig’iga yaqinlashadi. Bu hol siljish deformatsiyalari juda yupqa x qatlamda joylashadi deb hisoblashga asos bo’ladi, siljish yuzalari oilasini esa siljishning shartli yuzasi deb ataluvchi birdanbir OK yuza bilan almashtirish mumkin. Bunday ideallashtirishda
kesilayotgan qatlamning qirindiga aylanish jarayonini ishlov berilayotgan material yupqa qatlamlarining shartli siljish yassiligi bo'ylab izchil siljishi jarayoni sifatida tasavvur qilish mumkin. Deformatsiyalangan holat amalda yassi bo’ladi, shunga ko‘ra qirindi
hosil bolish jarayoni oddiy siljish qonuniyatlariga bo‘ysunishi lozim. Tajribalar bu fikrning to’g‘riligini asosladi. Kvadrat bo‘lish to’rlari uyachalarini kesish natijasida yuzaga kelgan buzilishlar o’lchamlarini o’lchash asosida hisoblab chiqilgan deformatsiyaning o’rtacha so’nggi jadalligi kesish o’lchamlari asosida aniqlangan oddiy
siljish deformatsiyasi jadalligidan kam farq qiladi.
http://fayllar.org
Download 30.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling