Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni


Download 30.18 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi30.18 Kb.
#1757067
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni-fayllar.org


Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni

2- variant
  1. Asbobsozlik materiallari




  1. Qirindi hosil bo’lish jarayoni



  1. Mehnat quroli sifatida inson keskichni, keyin dastgohni yaratdi. Tarixiy taraqqiyot shuni ko'rsatdiki, bulardan birining takomillashuvi boshqasining takomillashuviga sabab bo'ladi. Yangi asbobsozlik materiallarining yaratilishi, yuqori samarali, katta quvvatli metall kesish dastgohlarining yaratilishiga turtki bo'ladi. Asbobsozlik materiallari asbobning kesish xususiyatlarini yaxshilash va mehnat unumini ko'tarishda, ishlov berilayotgan detallarning sifat tavsiflari va aniqlik parametrlarini shakllantirishda


    hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Qirquvchi asbobning ishonchli ishlashi, asbobsozlik materiallariga qo'yiladigan muayyan talablarga bog'liq. Asbob materiallariga qo'yiladigan asosiy talablar:
    1. O'ta mustahkamlik va qattiqlik
    Asbobning kesuvchi tig’i qayrilmasdan ishlov berilayotgan material qatlamini kesa olishi va uni qirindiga aylantirishi uchun asbobsozlik materialining qattiqligi ishlov berilayotgan material qattiqligidan ancha yuqori bo’lishi kerak. Kesilayotgan qatlam qirindi orqali asbobning old yuzasiga katta kuch bilan ta’sir qiladi. Natijada kesuvchi ponaning kontakt yuzalarida katta kuchlanish paydo bo’ladi. Bu kuchlanish asbobning
    ish qismini buzmasligi uchun asbobsozlik materiallari yuqori mustahkamlikka ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari kesuvchi asboblar ko'pincha uzlukli kesish sharoitlarida yoki ishlov berish uchun qoldirilgan qo‘yimning bir xilda emasligi, shuningdek ishlov
    berilayotgan materialning ko’ndalanggiga va bo‘ylanmasiga qattiqligining har xilligi tufayli turlicha kuch sarflab ishlashga to'g'ri keladi. Shuning uchun asbobsozlik materiali o'ta qattiq bo’lishi bilan birga siqilish va egilish deformatsiyasiga qarshilik ko'rsata olishi,
    yuqori chidamlilik va zarbiy qovushqoqlikka ega bo’lishi lozim.
    2. Issiqqa chidamlilikning yuqoriligi
    Kesish jarayonida mexanik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi tufayli asbobga kuchli issiqlik oqimi ta’sir etadi. Jadal qizib borish natijasida asbobning kontakt yuzalari o'zining dastlabki qattiqligini yo'qotadi, yumshab qoladi va tez yeyiladi. 2.1-rasmda
    turli asbobsozlik materiallari qattiqligining qizish paytida pasayishi
    ko'rsatilgan. Undan ko'rinib turibdiki, 300°C haroratda U10 uglerodli
    po'lat o‘z qattiqligini keskin kamaytiradi, SM -332 markali mineralkeramika esa bu haroratda o'z qattiqligini saqlab qoladi. Asbobsozlik materiallarining issiqqa chidamliligi deganda materialning qizigan paytda kesish jarayonini amalga oshirish uchun
    yetarli darajada qattiqligini saqlay olish xususiyati tushuniladi. Asbobsozlik materialining kesish paytidagi issiqqa chidamliligi kritik harorat deb ataluvchi tushuncha bilan tavsiflanadi. Qizish paytida kritik haroratdan yuqori harorat yuzaga kelganda asbobsozlik
    materialida qattiqligining pasayishi bilan bog’liq struktura o'zgarishlar yuz beradi. Ba’zan kritik harorat haroratga chidamlilik, qizishga chidamlilik deb ham ataladi. Kesuvchi asbob uzlukli kesish sharoitida ishlashi mumkin. Bunda uning kesuvchi tig’i ish paytida davriy ravishda qiziydi, salt yurishda esa soviydi.


2.1-rasm. Asbobsozlik materiallari qattiqligiga haroratning ta’siri (Vikkers bo’yicha):


1- SM-332 mineral keramikasi; 2- T15K6 qattiq qotishmasi; 3- VK8 qattiq qotishmasi; 4- R18 tezkesar po'lati; 5- U10 uglerodli po’lati.
Issiqlik yuklamasining davriy ravishda o'zgarib turishi asbob materialining issiqlik — mexanik toliqishiga sabab bo’ladi va toliqish darzlarini vujudga keltiradi. Shu sababli, asbobsozlik materiali issiqqa yuqori darajada chidamli bo’lishi bilan birga davriy harorat o'zgarishlari ta’siriga ham chidamli bo’lishi kerak. 3.Yeyilishga chidamlilikning yuqoriligi

Kesish jarayonida qirindining old yuza va kesuvchi yuza, kesuvchi tig’ining orqa yuzasi bo‘ylab katta tezlikda siljishi, bir-biriga tegib turgandagi kontakt yuqori kuchlanish va yuqori harorat natijasida asbobning ish yuzalari yeyiladi. Yeyilishga chidamlilik


deganda, asbobsozlik materialining kesish paytida asbobning ishqalanish yuzasida metall zarrachalarining yeyilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi. Kontakt yuzalarning yeyilishi asbobning ishlov berilayotgan material bilan butun harakati
davomida yuz beradi. Natijada tig’ o'zining muayyan hajmini yo’qotadi va bu yeyilishning izlari unda ish yuzasining shakli o‘zgarishidan yaqqol ko’rinib turadi. Materialning yeyilishga chidamliligi uning mexanik xususiyatlari (qattiqligi, mustahkamligi, issiqqa chidamliligi)ga bog’liq. 4. Issiqlik оtkazuvchanlikning yuqoriligi
Asbobsozlik materialining sifatini vaxshilashda uning issiqlik o'tkazuvchanligining yuqori bo’lishi katta ahamiyatga ega. Xususan, issiqqa о’ta chidamli materiallarga ishlov berishda bu juda muhim. Materialning issiqlik o'tkazuvchanligi qancha yuqori bo’lsa,
charxlash paytida asbob tig'larida darz va kuyindilar hosil bo’lish ehtimoli shuncha kam bo’ladi. Bundan tashqari issiqlik o'tkazuvchanlik o'sib borganda, kesish sohasidan issiqlikni qaytarish sharoiti yaxshilanadi, bu kesish haroratini pasaytiradi va asbobning
yeyilishga chidamliligini oshiradi. Issiqlik o'tkazuvchanlikning yuqoriligi asbobsozlik materialining muhim ko'rsatkichi hisoblanadi va kesuvchi asbobning ishda ishonchliligini ta’minlaydi.
5. Yuqori tejamlilik
Hozirgi paytda mashinasozlik sanoatida ko'plab metall kesish dastgohlari ishlatiladi va ularning aksariyati bir nechta asbob bilan jihozlangan. Metall kesish parklarida tez sur'atlar bilan tatbiq etilayotgan ishlov berish markazlari o’nlab, hatto yuzlab kesuvchi
asboblari bor magazinlar bilan jihozlangan. Sanoatda foydalanilayotgan katta miqdordagi asboblar uchun tegishli miqdorda asbobsozlik materiali talab qilinadi. Shuning uchun asbobsozlik materiali iloji boricha arzon bo’lishi va tarkibida kamyob materiallar
bo’lmasligi lozim.
Yuqorida sanab o'tilgan talablardan tashqari asbobsozlik materiallariga sovuqlayin va issiqlayin ishlov berish mumkin bo’lishi, issiqlik ishlovi berishda, payvandlashda, charxlashda, kavsharlashda muayyan xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Asbobsozlik materiallarining hozirgi paytgacha ishlab chiqarilgan quyidagi guruhlari aytib o'tilgan talablarga u yoki bu darajada javob beradi: 1) uglerodli asbobsozlik po’latlari; 2) legirlangan asbobsozlik po’latlari; 3) tezkesar po’latlar; 4) qattiq qotishmalar; 5) mineral-keramika; 6) tabiiy va sintetik olmoslar; 7) o‘ta qattiq materiallar; 8) abraziv materiallar.

Uglerodli asbobsozlik po’latlarining quyidagi markalaridan foydalaniladi: U7A, U8A, U9A, U10A, U11A, U12Ava U13A. Bu po’latlarning markirovkasidagi A harfi ularni yuqori sifatli qilib quyish mumkinligini ko'rsatadi. Yuqori darajada qattiqlikni hosil


qilish uchun uglerodli po’latlar qoldiq kuchlanishni yo'qotish, mustahkamligi va qayishqoqligini oshirish maqsadida kcyinchalik bo‘shatib toblanadi. Asbobning. o‘lchamlari va po‘lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liq ravishda toblash harorati 760...820 °C atrofida boldi.


Download 30.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling