Aseptika. Oson oksidlanadigan, termolabil va turg‘un bo‘lmagan moddalar saqlagan in’yeksion eritmalarning xususiy texnologiyalari


Download 17.39 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi17.39 Kb.
#1244067
  1   2   3
Bog'liq
15 sana aseptika


Aseptika. Oson oksidlanadigan, termolabil va turg‘un bo‘lmagan moddalar saqlagan in’yeksion eritmalarning xususiy texnologiyalari.
O’qitish maqsadi-: Aseptika. Oson oksidlanadigan, termolabil va turg‘un bo‘lmagan moddalar saqlagan in’yeksion eritmalarning xususiy texnologiyalari bilan tanishish, ma’lumotlarni o‘rganish.
Mavzuni ahamiyati: In’yeksion eritmalarni og’irlik-hajmiy usulda tayyorlash texnologiyasini, izotonik konsentrasiyani hisoblash usullari, in’yeksion eritmalarni sterillash usullarini va qadoqlashni tayyorlangan in’yeksion eritmalarni sifatini baholashni o’rganish, adabiyotlar bilan tanishib chiqish. Darsni olib borish rеjasi:

  1. O’qituvchining mavzu bo’yicha kirish so’zi- 5 daqiqa

  2. Talabalarning bilimini og’zaki usulda mavzuga tеgishli savollar bilan tеkshirish -30 daqiqa

  3. Mavzuni tushuntirish: O’qituvchi talabalarning bеrgan javoblariga qarab, yo’l qo’yilgan xatoliklarni tuzatib, javoblarni umumlashtiradi- 10 daqiqa

  4. Kundalik daftarni tеkshirish: (Rеtsеptni lotin tilida yozilishi, dorivor moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, pasport qismidagi hisob-kitob va tеxnologiyasi to’g’ri yozilganligiga ahamiyat bеriladi) – 15 daqiqa

  5. Laboratoriya ishni bajarish: (Mavzuga tayyor kundaligi to’g’ri yozilgan talabaga laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun ruxsat bеriladi. O’qituvchi tomonidan tеxnologik jarayon nazorat qilib turiladi) -80 daqiqa

  6. Bajarilgan ishni qabul qilish- 20 daqiqa

Jami: 160 daqiqa


Vaziyatli masalalar:

  1. Flakonda tayyorlangan alyumin qopqoq bilan berkitilgan 0,7% li metiluratsil eritmasi dorixonada 15 kun davomida saqlandi. Eritmani qo’llash mumkinmi?

  2. Oling: Natriy gidrokarbonat eritmasidan 5%-400 ml

Sterillang!
Ber.Belgila. In’yeksiya uchun
100o C haroratda 30 daq davomida sterillangandan keyin eritma xiralashdi, so’ngra cho’kma tushdi. Bunga nima sabab bo’ldi? Qanday qilib natriy gidrokarbonatning tiniq eritmani olish mumkin?
3.Oling: Askorbin kislota eritmasidan 5%-50 ml
Sterillang!
Ber.Belgila. In’yeksiya uchun
Talaba eritmani tayyorlab bo’lib, flakonga qadoqlab, alyumin qopqoq bilan yopib, 120o C da 20 daqiqada sterilladi. Eritma to’g’ri tayyorlandimi?

Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling