Asfoltbeton past yoki sovuq ob-havo sharoitida ishlab chiqarish sifatini taminlashning o’ziga hos xususiyatlari reja


Download 34.33 Kb.
bet1/6
Sana11.05.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1454906
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asfalt-beton. uz-assistant.uz



Asfoltbeton past yoki sovuq ob-havo sharoitida ishlab chiqarish sifatini taminlashning o’ziga hos xususiyatlari
REJA:

  1. Asfalt-beton tarkibi uning tuzilishi va mineral to‘ldirgichlari.

  2. Bitum xossalarining asfalt-betonga taʼsiri.

  3. Sirti faol mineral to‘ldirgichlar.

  4. Asfalt-beton qorishmasi, uni tayyorlash texnologiyasi.

  5. Asfalt-betonning deformativ xossalari.

  6. Eski asfalt-betonni ishlatish (regeneratsiya).

Asfalt-beton shag‘al yoki chaqiq tosh, qum, mineral kukuni va bog‘lovchi bitumni maxsus texnologiya asosida qorishtirib va zichlab yotqizilgan qurilish ashyosidir.


Zichlab yotqizilgan asfalt-beton soviydi, keyin mustahkamlashadi. Mineral ashyolar bilan bitum qorishtirilgandan keyin murakkab fizik-mexanik jarayon boshlanadi. Asfalt-betonning sifati uning tarkibidagi ashyolarning xossalariga bog‘liq. Bitumli bog‘lovchilar asosida olinadigan barcha Qurilish materiallarining ichki tuzilishi nihoyatda murakkab bo‘lib, ularning xossalari ko‘p omillarga bog‘liq.
Asfalt-beton xossasi harorat taʼsirida sezilarli o‘zgaradi. Oddiy haroratda asfalt-beton qayishqoq-egiluvchan holatda, sovuq sharoitda esa qattiq, mo‘rt bo‘ladi. Masalan, 50°S haroratda saqlangan asfalt-betonning mustahkamligi 1–2 MPa bo‘lsa, ~35°С gacha sovitilganda mustahkamligi 30–40 MPa gacha ortadi. Shu sababli, asfalt-betonning xossalarini oldindan bilib uni boshqarish mumkin.
Asfalt-beton o‘zining xususiyatlari, bitumning quyuq-suyuqligi va asfalt-beton qorishmasini yo‘lga yotqizilayotgandagi haroratiga ko‘ra issiq, iliq va sovuq guruxlarga bo‘linadi. Issiq asfalt-beton qorishmasi uchun ishlatiladigan quyuq bitumning markalari - BND 90/130, BND 60/90; BND 40/60; BN 90/130, BN 60/90. Qorishmani yo‘lga yotqizish vaqtida uning harorati 130– 1bO°Steng bo‘ladi.
Iliq asfalt-beton uchun suyuq yoki nim quyuq bitumlar ishlatiladi (BND 130/200, BND 200/300,); uiing yo‘lga yotqizilayotgandagi harorati 60–90°S ga teng bo‘lishi kerak. Iliq asfalt-beton qorishmasining yo‘lga zichlab yotqizilgandan keyingi mustahkamligi sovugandan keyin loyihadagi mustahkamligining 80 %ini tashkil etishi kerak. Yuzasi silliq mayda va yirik to‘ldirgichlarni iliq asfalt-beton ishlab chiqarishda tavsiya etilmaydi. Iliq asfalt-betonning issiq xiliga qaraganda suvga va sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi. Iliq asfalt-betonni yo‘lga yotqizish paytida to‘ldirgich yuzasiga yopishgan bitum pardasining qalinligi 0,01 mm. ga teng bo‘ladi.

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling