Asfoltbeton past yoki sovuq ob-havo sharoitida ishlab chiqarish sifatini taminlashning o’ziga hos xususiyatlari reja


Asfalt-betonning fizik-mexanik xossalari


Download 34.33 Kb.
bet5/6
Sana11.05.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1454906
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asfalt-beton. uz-assistant.uz

Asfalt-betonning fizik-mexanik xossalari


Asfalt-betonning g‘ovakligi. Qurilish materiallari tuzilishining shakllanishida unda o‘ta kichik, kichik va yirik g‘ovaklar hosil bo‘ladi. G‘ovaklari ko‘p bo‘lgan ashyoning zichligi va mustahkamligi kichik bo‘ladi. Aks holda, zichligi, demak mustahkamligi ham or tadi. Yo‘l qurilishida ishlatiladigan asfalt-beton qatlami g‘ovak bo‘lsa, uning chidamliligi, ayniqsa, respublikamizning o‘zgaruvchan iqlimida mustahkamligi kichik bo‘ladi. Asfalt-betonning g‘ovakligi past bo‘lishi uchun uning tarkibi to‘g‘ri hisoblanishi va ishlatiladigan ashyolarining sifatiga alohida eʼtibor qilish kerak. Buning uchun uch masalani to‘g‘ri hal qilish zarur. Jumladan, mayda, yirik va mineral kukuni kabi to‘ldirgichlarning solishtirma yuzasini asfalt-beton g‘ovaklarini zich holda to‘lg‘izadigan qilib tanlash; bitum miqdori va sifati to‘g‘ri hisoblangan bo‘lishini taʼminlash, asfalt-beton qorishmani tayyorlash va uni zichlash texnologiyasiga to‘la amal qilish.

Asfalt-betonning mexanik-deformativ xossalari


Asfalt-betonning asosiy bog‘lovchisi bitum bo‘lganligi tufayli u egiluvchanqayishqoq va plastik xossalarga ega. U ishlatilish sharoitiga ko‘ra egiluvchan, ko‘pincha qayishqoq-plastik bo‘ladi. Asfalt-beton egilayotgan vaqtdagi kuchlanishida taʼsir etuvchi har xil kuchlarga bardosh bera oladigan xossalarga ega bo‘lishi kerak. Asfalt-betonning bunday xossalarini o‘rganish egiluvchanlik yoki plastiklik nazariyasiga asoslangan. Amaliyotda asfalt-betonning deformatik holatini o‘rganishda siljish nazariyasi ko‘p qo‘llaniladi. Egiluvanlik va plastiklik har xil holatda ro‘y berishi mumkin. Masalan, egiluvchan-mo‘rt holatda «bitum+mineral кукуни» bo‘tqasidagi smola va moylarning bug‘lanib kamayishi xisobiga asfalt-betondagi bog‘lovchi moddalar kristallanadi, uning mustahkamligi ortadi, ammo zarbga bardoshligi kamayadi; egiluvchan plastik holatda mineral to‘ldirgichlarni o‘zaro bog‘lovchi bitum xossalari qoniqarli bo‘ladi, unda oquvchanlik xususiyati bo‘lmaydi. Kuchlanish ortganda, bitumning egiluvchan-plastikligi asfalt-betonning mustahkamligi va boshqa xossalarining qoniqarli bo‘lishini taʼminlaydi. Asfalt-betondagi mineral bo‘tqa qayishqoq plastik holatda bo‘lsa, o‘zaro bog‘lovchi bitum kompozitsiyasi tarkibidagi smola va moy yarim suyuq holatda bo‘ladi, natijada, deformatsiyalanish jarayoni tezlashadi.
Asfalt-betonning mexanik kuch taʼsirida buzilmasligi uchun, avvalo, uzoq vaqt davomida uning yaxlitligini saklash va issiq sharoitda surilishga bo‘lgan qarshiligini oshirish kerak bo‘ladi. Demak, asfalt-betonning mexanik xossasi unga taʼsir etuvchi ikki ko‘rsatkich bilan ifodalanadi: birinchisi taʼsir etuvchi kuchlanishni asfalt-betonning buzish darajasiga ko‘tarilishi va ikkinchisi uzoq vaqt davomida uning mustahkamligining saklanishidir. Quruq-issiq sharoitda asfalt-betonning surilishga bardoshliligini taʼminlash katta ahamiyatga ega. Issiq sharoitda asfalt-betonning surilishga bo‘lgan mustahkamligini N.N.Ivanov nazariyasiga asoslanib hisoblangan quyidagi o‘zgartirilgan Kulon tenglamasi yordamida aniklash mumkin: t = Rtgj + Cc + Sd;
bunda, t – asfalt-betonning statik surilishga bo‘lgan mustahkamligi, MPa; R – surilishga taʼsir etuvchi kuch, MPa; j – ichki ishqalanish burchagi; S – asfalt-betonning surilishida donalarning o‘zaro yopishish mustahkamligi, MPa; Sd – «d» miqdorga teng bo‘lgan bitum bilan to‘ldirgichlarning o‘zaro yopishishi. Yuqoridagi tenglamaga ko‘ra, asfaltbetonning siqilishga mustahkamligi N.N.Ivanov formulasi yordamida aniqlanadi:
R = 2shl/D tg(p/4 + j/2) ,
bunda, s – asfalt-beton qatlamiga tushayotgan kuchlanish; h – qatlamning qalinligi; l – tik va yassi kuchlanishni hisobga olish koeffitsiyenti (2,5–3,0 ga teng); Dshina izining diametri; j – ichki ishqalanish burchagi.
Hisoblashlar shuni ko‘rsatdiki, qo‘p chaqiq toshli asfalt-betonning surilishiga taʼsir etuvchi kuch R=0,5 MPa bo‘lganda, kuchning 91 %ini chaqiq tosh donalari o‘ziga qabul,;qilar ekan. Shundan 9 %igina asfalt bo‘tqasiga tushadi. Kam chaqiq toshli asfaltbeton bo‘lsa, sinch 72 %ni, asfalt bo‘tqasi esa 28 % surilish kuchini o‘ziga oladi. Asfaltbetonni surilishga sinash ishlari ancha murakkab. Buning uchun katta uskunalar va maydon kerak bo‘ladi. Shu sababli, meʼyoriy hujjatlarda asfalt-beton namunaning siqilishga mustahkamligi orqali surilishga bardoshliligi topiladi.

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling