Asfoltbeton past yoki sovuq ob-havo sharoitida ishlab chiqarish sifatini taminlashning o’ziga hos xususiyatlari reja
Download 34.33 Kb.
|
Asfalt-beton. uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovuq asfalt-betonning xossalari
Asfalt-betonning tuzilishiAsfalt-beton yo‘lning sifatli bo‘lishini taʼminlashda ilk bor uning mustahkamligi va chidamliligiga eʼtibor berish kerak. Buning uchun asfalt-betonning ichki tuzilishi zich va to‘ldirgichlarning o‘zaro yopishish kuchi katta bo‘lishi lozim. Tuzilish reologiyasiga doir xossalari o‘zgaruvchan bo‘ladi, binobarin asfalt-betonning tuzilishini shakllantiruvchi asosiy modda – bitumni uch guruxga bo‘lishmumkin. Birinchi guruhsagi bitum tarkibida 25 %dan ko‘p asfalten moddalari bo‘ladi hamda uglevodoroddagi smola bitumning to‘la koagulyasiya bo‘lishini taʼminlaydi. Ikkinchi guruhga taallukli bitum tarkibida asfalten moddasi 18 %dan kam bo‘lganligi tufayli u suyuqroq, molekulalar atrofini o‘rab olgan smola mikdori ko‘p bo‘ladi. Uchinchi guruh bitumida asfaltenlar 20–23 %dan ortmaydi. Koagulyasiya tuzilishidagi asfaltenlar qayishqoq uglevodoroddagi smola bilan quyuqroq bitumni hosil qiladi. Asfalt-beton turlari. Ishlatiladigan bog‘lovchi moddalar mineral to‘ldirgichlar (chaqiq tosh mustahkamligi, mineral kukunning sifati) va asfalt-betonning xossalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Yo‘l va aerodrom qurilishlarida eng ko‘p ishlatiladigani issiq asfalt-betondir. Chunki yo‘lga yotqizilgan issiq asfalt-beton qatlami qisqa muddatda qotib atrof-muhit harorati bilan tenglashadi va mashinalarning yurishiga imkon tugiladi. Issiq asfaltbeton bilan yo‘l qatlamining eng quyi, o‘rta va ustki qismini qurish iqtisodiy jihatdan samaralidir. Nimquyuq va suyuq bitumlar asosida ishlab chiqariladigan asfalt-betonni yilning sovuq kunlarida (–10°S gacha) ham ishlatsa bo‘ladi. Quyuq bitumli issiq asfalt-beton qorishmasini sovuq havoda yo‘lga yotqizish anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Uning Sovuq asfalt-betonning xossalariSuyuq bitum asosida tayyorlangan asfalt-betonga taʼsir etuvchi zararli muhit uning xossalarini keskin o‘zgartiradi. Davlat standartlariga ko‘ra sovuq asfalt-beton Bs, Vs, Gs va Ds turlarda ishlab chiqariladi. O‘rtacha quyuklanuvchi (O‘Q) suyuq bitum asosida tayyorlangan Bs turiga tegishli asfalt-beton qorishmasi yo‘l yuzasiga yotqizilib zichlanganda uning tuzilishi sekin quyuqpanuvchi (SQ) suyuq bitum bilan ishlangan Vs turidagiga qaraganda tez shakllanadi. Sovuq asfalt-betondagi mineral qismining g‘ovakligi, agar Bs turi bo‘lsa hajmiga ko‘ra 18 %dan, Vs turi bo‘lsa – 20 %dan, Gs va Ds bo‘lsa – 21 %dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sovuq asfalt-betonning qoldiq rovakligi 6–10 %, suv shimuvchanligi 5–9 %dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Sovuq asfalt-betonga 10 marta zarb bilan urilsa, u buzilib ketadi. Sovuq asfalt-beton tarkibidagi mineral kukuni (0,071 mm. dan kichigi) miqdori 20 %gacha bo‘lishi, chaqiq tosh esa 50 %dan ortmasligi kerak. Eng yirik donaning o‘lchami 10 va 15 mm bo‘lishi lozim. Axsariyat, sovuq asfalt-betonga qirrali g‘adir-budir yuzali tosh ishlatiladi. Natijada, sovuq asfalt-betonning ikkinchi qatlamida to‘ldirgich donalari o‘zaro ponasimon holatda joylashadi va uning zichligi ortadi. Ishlatiladigan to‘ldirgichlarning siqilishga mustahkamliligi 80 MPa dan, sovuq asfalt-beton uchun ishlatiladigani esa 60 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 34.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling