Asia shine hospital
Download 177.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Asia Shine
- Bu sahifa navigatsiya:
- A N I Q L A D I M
- Q A R O R Q I L A M A N
- Inspeksiya boshlig‘i A.Malikov
Sayyor soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Q A R O R Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.MALIKOV, soliq to‘lovchi "ASIA SHINE HOSPITAL" MCHJ (STIR:307759379)ga qarashli xizmat ko'rsatish shaxobchasida 2022 yil 7 sentyabr kuni o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi materiallari va ularni ko‘rib chiqish to‘g‘risida 2022 yil 5 oktyabrdagi bayonnomani o‘rganib chiqib quyidagilarni A N I Q L A D I M: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2022 yil 7 sentyabrdagi 01050-xc sonli buyrug‘iga asosan "ASIA SHINE HOSPITAL" MCHJga qarashli Kichik xalka yo'li ko`chasi, 22v-uy xizmat ko'rsatish shaxobchasida sayyor soliq tekshiruv o‘tkazilgan va tekshiruv natijasida rasmiylashtirilgan dalolatnoma Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasining 2–shakl kitobidan 2022 yil 10 sentyabr kuni 1309 - son bilan ro‘yxatga olingan. Ushbu tekshiruvda tuzilgan dalolatnomada quyidagi soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi qayd etilgan: 1. Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo'llash tartibini buzish holatlari: 1.1 Nazorat xaridi davomida soliq to'lovchi 55 000 so'mga kvitansiya, talon, chek yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan savdoni (xizmatni) amalga oshirgan. 2. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko'rsatish) holatlari: 2.1 Tekshiruv jarayonida soliq to'lovchining kassasida mavjud 265 000 so'm miqdorida naqd pul qoldig'i nazorat-kassa texnikasida aks ettirilmagan. Yuqorida sodir etilgan harakatlari bilan soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksininig 221, 223 moddalarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etgan. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik subʼekti rahbari sayyor soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarni to‘liq tan olganligi va pushaymonligini maʼlum qiliib, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik bo‘yicha belgilangan moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lab berishini maʼlum qildi. 2022 yil “5” oktabr 20/5-24692 - son Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish yuzasidan o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar tekshirishda tuzilgan dalolatnoma, bayon, shuningdek to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan. Bayon etilganlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 159-moddasiga asosan, Q A R O R Q I L A M A N: 1. "ASIA SHINE HOSPITAL" MCHJga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221- moddasi birinchi qismiga asosan 5 000 000 so'm miqdorida jarima (moliyaviy sanksiya) qo'llanilsin. 2. "ASIA SHINE HOSPITAL" MCHJga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 223- moddasi birinchi qismiga asosan (265 000 x 20%) 53 000 so'm miqdorida jarima (moliyaviy sanksiya) qo'llanilsin. 3. Qaror nusxasi ikki kun ichida belgilangan tartibda "ASIA SHINE HOSPITAL" MCHJga berilish taʼminlansin. 4. Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan soliq to‘lovchi aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘lganda va o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda to‘laganda belgilangan jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilsin. 5. Mazkur qaror "ASIA SHINE HOSPITAL" MCHJga berilgan kundan eʼtiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi. Soliq to‘lovchi ushbu qaror ustidan belgilangan tartibda sudga yoki bir oy ichida yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish huquqiga ega. Qo‘llanilgan moliyaviy jarima (sanksiya) Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasining quyidagi rekvizitlari bo‘yicha o‘tkazilsin: Moliya Vazirligi g‘aznachiligi X/R: 23402000300100001010 MFO: 00014 L/S: 4014228601262873430193093 STIR: 201122919 Inspeksiya boshlig‘i A.Malikov Ijrochi: F.Mirzamuxamedov ID: 32077870 Sana: 05.10.2022 Download 177.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling