Asinxron dvigatelning magnit maydoni, asosiy tenglamalari va energetikasi


Download 1.96 Mb.
bet11/16
Sana20.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1103324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 ASINXRON DVIGATELNING MAGNIT MAYDONI, ASOSIY TENGLAMALARI VA ENERGETIKASI

Bir fazali asinxron
dvigatelning ishlash prinsipi va tuzilishi
B ir fazali asinxron dvigatellar avtomatik qurilmalar va turli maishiy asboblar (sovutgich, shomollatgich va shunga o‘xshashlar) da keng tarqalgan.

4.10-rasm. Bir fazali asinxron dvigatelning sxemasi
Bir fazali dvigatel o‘zining tuzilishi bo‘yicha uch fazaliga o‘xshaydi va pazlarida bir fazali cho‘lg‘am joylashtirilgan stator, hamda qisqa tutashgan rotordan tashkil topgan. Bir fazali asinxron dvigatelning ishlash xususiyati shu bilan tushuntiriladiki, statorning bir fazali cho‘lg‘ami С1 – С2 tarmoqga ulanganda (4.10-rasm), statorning MYuK aylanmaydigan emas, balki Фm ga teng ampli-tudasi:m dan –Фm gacha o‘zgaradigan pulsatsiyalanuvchi magnit oqimini xosil qiladi. Bunda, magnit oqimining o‘qi qo‘zg‘almagan xolda qoladi.
Bir fazali dvigatelning ishlash prinsipini tushintirish uchun, pulsatsiyalanuvchi magnit oqimi Фm ni ikkita qarama-qarshi to-monga aylanuvchi oqimlarga ajratamiz: Фto‘g‘ va Фtes (4.11-rasm.), bularning har biri Фm/2 ga teng va quyidagi tezlik bilan aylanadi
nto‘g‘ = ntes = f160/p = n1.

Rotor yo‘nalishida aylanuvchi oqim Фto‘g‘ ni – to‘g‘ri, oqim Фtes ni esa – teskari deb xisoblaymiz. Faraz qilamiz, dvigatelning rotori soat millariga qarshi, ya’ni oqim yo‘nalishida aylanadi.


Rotorning aylanish tezligi n2 magnit oqimining aylanish tezligi n1 dan kichik, shuning uchun, oqim Фto‘g‘ ga nisbatan rotorning sirpanishi
sto‘g‘ = (n1n2)/n1 = s.
Teskari oqim Фtes rotorga qarshi aylanadi, shuning uchun, Фtes ga nisbatan aylanish tezligi n2 manfiy bo‘ladi. Bu xolatda, Фtes ga nisbatan rotorning sirpanishi
stes=[n1 – (-n2)]/n1 = (n1 + n2)/n1 = (n1 + n1 n1 + n2)/n1 = [2n1 – (n1n2)]/n1 = 2 – s.
To‘g‘ri Фto‘g‘ va teskari Фtes magnit oqimlari rotor cho‘lg‘amida EYuK E2to‘g‘ va E2tes larni vujudga keltiradi, ular mos ravishda tok I2to‘g‘ va I2tes larni paydo qiladi. Ma’lumki, rotor cho‘lg‘amidagi tokning chastotasi sirpanishga proporsionaldir [(23.13) ga qarang]:
f2to‘g‘ = f1sto‘g‘; f2tes = f1stes = f1(2 – sto‘g‘).


Bir fazali asinxron dvigatelni elektr magnit momentlarining grafigi
Shuning uchun, rotor cho‘lg‘amida teskari magnit oqimi xosil qiladigan tok I2tes, rotor cho‘lg‘amida to‘g‘ri magnit oqimidan xosil bo‘ladigan tok I2to‘g‘ ning chastotasi f2to‘g‘ dan ancha katta chastota f2tes ga ega bo‘ladi. Masalan, bir fazali asin-xron dvigatel uchun n1 = 1500 ayl/-min, n2 = 1440 ayl/min va f1 = 50 Gts, unda
sto‘g‘ = (1500 – 1440)/1500 = 0,04; f2to‘g‘ = 50·0,04 = 2 Gts;
stes = (1500 + 1440)/1500 = 1,96; f2tes = 50·1,96 = 98 Gts.
Tok I2to‘g‘ ning to‘g‘ri magnit oqimi Фto‘g‘ bilan o‘zaro ta’siri nati-jasida rotorga elektr magnit moment Mto‘g‘ ta’sir etadi
Mto‘g‘ = СmФto‘g‘I2to‘g‘cosφ2to‘g‘.
Tok I2tes ning teskari magnit oqimi Фtes bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotorga teskari elektr magnit moment Mtes ta’sir etadi, u moment Mto‘g‘ ga qarama-qarshi, ya’ni rotorning aylanishiga teskari yo‘nalgan.
Bir fazali asinxron dvigatelning natijaviy elektr magnit momenti
M = Mto‘g‘ + Mtes.
Sirpanish s = sto‘g‘ ning uncha katta bo‘lmagan qiymatlarida (bu dvigatelni nominal yuklama oralig‘ida ishlashiga mos keladi), elektr magnit moment M, aso-san, to‘g‘ri maydon momenti Mto‘g‘ xisobiga xosil bo‘ladi. Teskari maydon momenti Mtes ning to‘xtatish ta’siri bunda, juda kichikinadir.
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, tok I2tes chastota f2tes » f2to‘g‘ ga ega, shuning uchun tok I2tes bo‘yicha rotor cho‘lg‘amining induktiv qarshiligi x2stes = x2stes uning aktiv qarshi-ligidan ancha katta bo‘ladi. Natijada, katta induktiv tashkil etuv-chiga ega bo‘lgan tok I2tes, teskari magnit oqimi Фtes ga kuchli magnitsizlantiruvchi ta’sirni ko‘rsatadi.
Agar bunga qo‘shimcha tarzda, katta bo‘lmagan quvvat koeffitsientini cosφ2tes ni
xisobga olsak, unda moment Mtes ni nominal rejimda dvigatel rotoriga sezilarli to‘x-tatish ta’sirini ko‘rsatmasligi aniq bo‘ladi.


Ishga tushiruvchi cho’lg’amli bir fazali asinxron dvigatelining sxemasi
Natijaviy elektr magnit momentning grafigi M = f(sto‘g‘), tashkil etuvchi moment Mto‘g‘ va Mtes larning yig‘indisi natijasidan olinadi.
Qo‘zg‘almas rotorda, n2 = 0 bo‘lganda, (bu boshlang‘ich ishga tushirish momen-tiga mos keladi), sirpanish sto‘g‘ = stes = l va momentlar Mto‘g‘ = Mtes bo‘ladi, shuning uchun, dvigatelning boshlang‘ich ishga tushirish momenti Mit nolga teng, Mit = 0. Bir fazali dvigatelni ishga tushirish uchun, rotorni u yoki bu tomonga aylantirish kerak, chunki faqat sirpanish s ≠ l bo‘l-ganda moment Mto‘g‘ va Mtes larning tengligi buziladi va natijaviy elektr magnit moment M birmuncha qiymatga ega bo‘ladi.
4.13-rasmda keltirilgan momentlarning grafik-laridan ko‘rinadiki, bir fazali stator cho‘lg‘ami bosh-lang‘ich ishga tushirish momentini xosil qilmaydi. Moment Mit ni xosil qilish uchun, dvigatelni ishga tushirish vaqtida statorning magnit maydoni pulsat-siyalanuvchi emas, balki uch fazali dvigatelga o‘x-shash, aylanuvchi bo‘lishi kerak.


Ikki fazali toklar tizimi orqali aylanuvchi magnit maydonini olish

Dvigatel statorida aylanuvchi magnit maydonini olish uchun, asosiy, ishchi cho‘lg‘am A(С1 – С2) dan tashqari, yordamchi (ishga tushiruvchi) cho‘lg‘am В (P1P2) joylashtiriladi, uning o‘qi, odatda, ishchi cho‘lg‘am o‘qiga nisbatan 90 el. grad. siljigan bo‘ladi (4.13-rasm). Bundan tashqari, cho‘lg‘amdagi tok IA va IВ lar vaqt oralig‘ida bir-biriga nisbatan faza bo‘yicha surilgan bo‘lishi kerak. Ikkala cho‘lg‘am-lar bitta tarmoqga ulanadi, shu-ning uchun, toklarni faza bo‘yicha surilishini olish uchun, ishga tushirish cho‘lg‘amining zanjiri (P1P2) ga faza siljituvchi ele-ment FE: aktiv qarshilik, induk-tivlik yoki sig‘im kiritiladi
Doiraviy aylanadigan may-don fazoda magnit induksiyasi-ning vektori В0 bilan ravon ayla-nadi (n1 = const) va vektorning uchlari bilan aylanani chizadi (4.14-rasm, a). Aylanuvchi may-don teskari tashkil etuvchiga ega emas va shuning uchun asinxron mashinalar uchun zarur bo’lgan maydon turi xisoblanadi
Shunday qilib, bir fazali dvigatel ishga tushirish vaqtida ikki fazali bo‘lib qoladi. Dvigatel aylanish tezligining qiymati nominalga yaqin kelgandan so‘ng, ishga tushi-rish cho‘lg‘ami В, markazdan qochuvchi o‘chirgich yoki rele yordamida zanjirdan uziladi.
I kki fazali mashinada, ya’ni statorida bir-biriga nisbatan 90 el. grad. siljigan ikkita cho‘lg‘amga ega mashinada, doiraviy aylanadigan magnit maydonini yaratish jarayoni 4.15-rasmda ko‘rsatilgan.
Uch fazali asinxron dvigatellar doiraviy aylanuvchi maydonda bilan samarali ishlaydi.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling