Asinxron dvigatelning magnit maydoni, asosiy tenglamalari va energetikasi


Kondensatorli dvigatelning ulanish sxemalari


Download 1.96 Mb.
bet14/16
Sana20.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1103324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 ASINXRON DVIGATELNING MAGNIT MAYDONI, ASOSIY TENGLAMALARI VA ENERGETIKASI

Kondensatorli dvigatelning ulanish sxemalari


2. Berilgan transformatsiya koeffitsienti k ≠ tgφA da fazalardagi kuchlanish va kondensator sig‘imi Sish ni to‘g‘ri tanlash bilan (4.16-rasm, b):
MkF, (25.2)
Bunda, fazalardagi kuchlanish quyidagi nisbatda bo’lishi kerak
UA/UB = tgφA/k.
3. Tarmoqdan berilgan kuchlanishlar U1 da transformatsiya koeffitsienti k < tgφA da sig‘im Сish ni to’g’ri tanlash va bu sig’imga qo‘shimcha qarshilik Rqo’sh ni ketma-ket ulash yo’li bilan (4.16-rasm, c)
(25.3)
MkF, (25.4)
(25.1) va (25.4) ifodalarning taxlili shuni ko‘rsatadiki, birinchi xolatda k, ikkinchi xolatda – UA/UB va uchinchi xolatda – Rqo’sh lar berilganda, sig’im Сish ning qiyma-tiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda, doiraviy aylanuvchi maydon, dvigatelni faqat bitta ma’lum bir rejimi (bitta aylanish tezligi) uchun olinishi mumkin. Bu dvigatelni ishlash rejimi o‘zgarganda φA ni ham o’zgarishi bilan tushuntiriladi.
Dvigatelni ishlash rejimi xisobidan farqlanganda aylanuvchi maydon elliptik xolatga keladi va dvigatelning ishchi xossalari yomonlashadi. Odatda, ko‘rsatkich-larni xisoblashni dvigatelni nominal ishlash rejimi uchun olib boriladi. Bu xolda, dvigatel yaxshi ishchi xossalarga: yuqori FIK (60…75%) va quvvat koeffitsienti (0,8…0,95) larida valdagi katta quvvatga, va shu bilan birgalikda, yomon ishga tushirish xossalariga ega bo‘ladi.
Kondensatorli dvigatelning biron-bir cho‘lg‘ami zanjiriga ketma-ket ulangan kondensatorning kuchlanishi Uk, doiraviy aylanuvchi maydonda tarmoq kuchlanishi U1 dan katta bo’ladi:
(25.5)
bunda k – tranformatsiya koeffitsienti.
Kondenstorni tanlashda, kondensatorda ko‘rsatilgan ishchi kuchlanish, Uk dan
kichik bo‘lmasligini nazarda tutish kerak bo‘ladi.
4.17-rasmda ishchi sig‘imli kondensatorli dvigatelning mexanik tavsifi (1-egri chiziqli) keltirilgan, undan ko‘rinib turibdiki, ushbu dvigatelning ishga tushirish momentining karraligi Mit/Mnom = 0,5 dan ortmaydi. Buni shu bilan tushintirish mumkinki, dvigatelning ishga tushirishdagi magnit maydoni doiraviy maydondan ancha farq qiladi. Shuning uchun ishchi sig‘imli dvigatellar faqat katta ishga tushirish momentlarini talab qilmaydigan qurilmalarda qo‘llaniladi.
Kondensatorli dvigatellarni ishga tushirish momentini, agar ishchi sig‘im Cish ga parallel tarzda ishga tushiruvchi sig‘im Сit ulansa, sezilarli darajada ortirish mumkin (4.18-rasm). Ishga tushuruvchi kodentsatorni ulash faqat qisqa vatli bo’lishi mumkin. Bu sig‘im, rotor aylanish tezligi sinxron tezlikni 60…70% ga etganda, o‘chirilishi zarur bo’ladi. Shundan so‘ng dvigatel faqat ishchi sig‘im bilan ishlaydi.




Ishchi va ishga tushuruvchi sig’imli kondensatorli dvigatelning mexanik tavsifi

Ishchi va ishga tushuruvchi sig’imli kondensatorli dvigatelning sxemasi



Uch fazali asinxron dvigatellarni bir fazali tarmoqda ishlashiga o’tkazish sxemalari
Ishga tushirish kondensatorining sig‘imi ishchi kondensator sig‘imidan ancha katta. Ishga tushirish sig’imining qiymati, ishga tushirish momentini kerakli karra-ligini olish zaruriyatidan kelib chiqib tanlanadi, ushbu karralik ikki va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Ishga tushiruvchi sig‘imli konden-satorli dvigatelning mexanik tavsifi 4.17-rasm (2-egri chiziq) da keltirilgan. Ishga tushirishda dvigatelning aylanuvchi may-doni, ishga tushiruvchi sig‘im bo‘lganda, doiraviyga yaqinlashadi, magnit oqimi-ning qiymati esa ortadi. Bularning bar-chasi ishga tushirish momentini ko’payti-rishga imkon beradi. Ishga tushirish sig‘imi sifatida qo’llaniladigan kondensatorlarning katta o’lchovlari, ishga tushirish sig‘imli kondensatorli dvigatellardan foydalanishni cheklaydi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling