Asixron mashinalar
Download 478.33 Kb.
|
Asixron mashinalar (3)
n2 chastotagacha aylantirish lozim. Bir fazali motorni bevosita ishga tushirish uchun uning statoridagi chulg‘amga berilgan tokdan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘lishi zarur.
Buning uchun motor statoriga, o‘qlari bir-biriga nisbatan, 900 burchakka farqlanuvchi ikkita chulg‘amni joylashtirib, ulardagi tokni bir-biriga nisbatan 900 ga siljitish kerak [4] . Shu sababli bir fazali asinxron motor statoriga asosiy chulg‘amdan tashqari, ko‘pincha, ishga tushirish chulg‘ami deb ataluvchi chulg‘am ham o‘raladi. Bu chulg‘amlardagi toklarning fazasi o‘zaro 900 ga yaqin burchakka farq qilishi uchun bir fazali motorni -rasm, a va b da ko‘rsatilgan sxemalar bilan ishga tushiriladi. Bir fazali motorning ishga tushirish chulg‘ami o‘ramlari soni kam bo‘lgan ingichka simdan tayyorlanib, uning aktiv qarshiligi asosiy chulg‘amnikiga nisbatan katta, induktiv qarshiligi esa kichik bo‘ladi. Shu sababli bu chulg‘amlardagi toklar fazasi 00 < φ < 900 ga farq qilib, statorda aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Demak, bunday motorni bevosita ishga tushirish mumkin. Amalda magnit qutblari o‘zgarmas tok mashinalaridagi singari ayon shakldagi tuzilishga ega bo‘lgan bir fazali motorlar ham bo‘lib, ularning magnit qutblariga kiygizilgan mis halqachalar ishga tushirish chulg‘ami vazifasini o‘taydi. Bunday motorlar uchun bo‘lib, ulardan, ko‘pincha, elektr patefonlarida, kichik quvvatli ventilyatorlarda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda tavsifi ancha yaxshilangan bunday motorlar kir yuvish mashinalarida ham ishlatilmoqda. Umuman, bir fazali va kondensatorli motorlarning kichik quvvatlilaridan avtomatikada, turmushda keng tarqalgan sovitish qurilmalarida, kir yuvish va tikuv mshinalarida, magnitafon va shu kabilarda foydalaniladi. Bir fazali yuqori chastotali motorlar, bundan tashqari, o‘rmon va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan bir qancha qo‘l asboblarida ham qo‘llanilmoqda Download 478.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling