Asixron mashinalar


Download 478.33 Kb.
bet3/10
Sana14.02.2023
Hajmi478.33 Kb.
#1197853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asixron mashinalar (3)

n1 = 60 f / p chastota bilan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Aylanuvchan magnit maydon rotor chulg‘amini kesib o‘tib, uning yopiq zanjiriga ega chulg‘amida EYuK hosil qiladi. Rotor chulg‘amidagi tok bilan statordagi aylanuvchi magnit maydonning o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi elektromagnit moment hosil bo‘lib, natijada motor n2 chastota bilan aylana boshlaydi. Aylantiruvchi momentni hosil qiluvchi kuchlarning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi.
Dvigatelning statoriga berilgan elektr energiyasi elektromagnit jarayon natijasida rotorda aylantiruvchi mexanik energiyaga aylanadi. Asinxron motorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun stator chulg‘amining elektr tarmog‘iga ulanadigan har qanday ikki uchini o‘zaro almashtirish kifoya. Bunda aylanuvchi magnit maydon va u tomon ergashib aylanuvchi rotorning aylanish yo‘nalishlari teskariga o‘zgaradi. Rotorning aylanish n2 aylanuvchi magnit maydonining sinxron chastotasi n1 ga nisbatan hamma vaqt kichik bo‘ladi. Agar n2= n1 bo‘lganda rotor chulg‘amida tok va aylantiruvchi moment hosil bo‘lmaydi. Aylanuvchi magnit maydoni va rotor chastotalari ayirmasining sinxron chastotaga nisbati sirpanish deb ataladi va S harfi bilan belgilanadi. Demak, sirpanishning qiymati quyidagicha ifodalanadi:

(11-1)
Quvvati 1÷100 kVt gacha bo‘lgan normal tuzilishdagi asinxron motorlarning nominal yuklamasiga tegishli nominal sirpanish


bo‘ladi. (11.2) Asinxron mashinaning dvigatel rejimida S = 0÷1 orasida o‘zgaradi.
Bunda S = 0 - motorning ideal salt ish rejimi, ya’ni M = 0; n2 = n1 da sodir bo‘ladi.

Download 478.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling