Asixron mashinalar
Download 478.33 Kb.
|
Asixron mashinalar (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari
Reja:
ASIXRON MASHINALAR. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari. Asixron mashinalarning tuzilishi va ishlash tamoyili. Asixron mashinalarning mexanik tavsiflari. Asixron motorning energetik diagrammasi. Asixron mashinalarni ishga tushirish, reverslash va aylanish tezligini rostlash. 11.1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari Asixron mashinalar sinusoidal o‘zgaruvchan tokda ishlashga mo‘ljallab ishlab chiqiladi. Ularning ishlash tamoyili uchta chulg‘amdan uch fazali tok o‘tganda aylanma magnit maydonining hosil bo‘lishiga asoslanadi. Hozirda uch fazali o‘zgaruvchan tok asixron mashinalari keng ishlatilmoqda. Asixron mashinalar uch guruhga bo‘linadi: a) kollektorsiz asinxron mashinalar; b) kollektorli asinxron mashinalar. Asixron mashinalar asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: qo‘zg‘almas qism - stator; aylanadigan qism - rotor. Stator va rotor orasida havo oralig‘i bo‘ladi. Bu oraliq sinxron mashinalarda nisbatan kattaroq, asinxron mashinalarda kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar keng ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg‘am; bir fazali mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi. Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi. Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Iqtisodiyotning turli sohalarida millionlab asinxron dvigatellar turli mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar generator sifatida ham, dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida ishlatiladi. O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi sababli ular alohida guruhni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq dvigatet sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash tamoyili o‘zgarmas tok mashinalarining ish tamoyiliga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam ishlatiladi. Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi konstruktiv qismlardir (11.1-rasm) . Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am bo‘ladi. 11.1-rasm. Asixron mashinaning konstruktiv tuzilishi Download 478.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling