Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana23.11.2020
Hajmi0.69 Mb.
#150466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari (3)


Individual  mashqlar  uchun

«Juftini  top»,  «Kartochkaga  mos  shakl

tanla», “Figurali mozayka”  va  boshqa  o‘yinlardan foydalanish   maqsadga

muvofiq. Bolalar shakllarning  rangli va kontur tasvirlarini mos  qo‘yishadi,  shaklga

mos shakl tanlashadi.

Yil  oxirida bolalar  sodda  geometrik shakllarni nafaqat farq qilishadi va

aytishadi, balki ularning ba’zi belgilari bo‘yicha orientir oladigan  bo‘lishadi.

Bolalarni  buyumlar shaklini  geometrik  shakllar bilan  taqqoslashga o‘rgatish

mumkin. Shu maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi.  Masalan, tarbiyachi

stolga geometrik shaklni  qo‘yadi, bolalar esa shu shakldagi buyumlarni tanlashlari

kerak. Geometrik shakl-namuna ayrim  bolalarga berilishi  ham  mumkin,  ular

shaklni va o‘zlari tanlagan buyumni ko‘rsatishadi. Mashqlarni  «Xuddi  shu

shakldagi  buyumni top»,  «Men  nimani aytsam, shuni top», «Topshiriq» va boshqa

o‘yinlar shaklida  o‘tkazish maqsadga  muvofiq. Tarbiyachi har qaysi shakldagi

buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin ularning miqdorini to‘rt-beshtaga

yetkazish mumkin.

Asta sekinlik bilan bolalarni uzunligi, kengligi  har  xil  bo‘lgan  bir  necha

predmetni (10  tagacha) bir-birining ustiga uzunligi, kengligiga, qalin-yupqaligiga

ko‘ra ortib va kamayib  boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni  o‘rgatish  (eng  keng,

torroq, yana torroq, eng tor lenta). Predmetlar qanday tartibda terib chiqilganini

tushuntirib berishga o‘rgatish, turli  uzunlikka,  kenglikka,  balandlikka  ega

predmetlarni  ko‘payib borish  yoki  kamayib  borish  tartibida (10  tagacha  bo‘lgan

predmetlardan foydalanib) terib  chiqishga o‘rgatish, masalan: baland,  past,  yanada

past, yanada pastroq, eng past, butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo‘lishni, butun bilan

qismni taqqoslashni o‘rgatish, shartli  o‘lchov  bilan  tanishtirish, taqqoslanayotgan

predmetlardan biriga teng bo‘lgan o‘lcham yordamida ikkita predmetni uzunligi

(kengligi, balandligi) ga qarab taqqoslashga o‘rgatish, narsalarni ko‘z bilan chamalab,

miqdori, kattaligi (o‘zun (qisqa), keng (tor), enli (ensiz), baland (past), qalin  (yupqa)

kabi  namuna va  unga teng bo‘lgan  bolalar  uchun  tanish  narsalar  yoki  harakatlar

natijasida qiyoslanuvchi narsalarning o‘lchamini aniqlashga o‘rgatish ishlari

mazmunan murakkablashtirib boriladi.

Tayyorlov guruhida bolalarni tevarak-atrofda mo‘ljalga olishga

o‘rgatishda ularni  qog‘oz  varag‘i  sathida  predmetlarning  qanday joylashganligini

(chaproq,  o‘ngroq,  o‘rtasida,  yuqoriroq,  pastroq aniqlashga) o‘rgatish, daftar

sathini  aniqlash  va  shakllarni  shtrixlar  orqali  chizishni mashq qilish, bolalarga

predmetlarni pol, qattiq qog‘oz, daftar varag‘i ustiga joylashni mashq qildirish,

tevarak-atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlarni tashkil etish

orqali o‘rgatiladi. Maktabga  tayyorlov  guruhida  bolalarning  harakat  yo‘nalishida

ularniig  o‘zi  va  buyumlar  orasidagi,  buyumlarning  o‘zi  orasidagi  fazoviy


munosabatlarda,  shuningdek,  qog‘oz  varag‘ida  (tekislikda)  mo‘ljal  olish

malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi

«chapdan-o‘ngdan», «ustida-ostida» kabi qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratishga

asoslanishi kerak. Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish

uchun bunday  topshiriq  beriladi: varaqning  yuqori  chekkasiga  4  ta  yulduzcha  va

pastki chekkasiga shuncha yulduzcha  qo‘yish.  Shundan  keyin  tarbiyachi  bolalarga

nima qaerda  turganini  gapirib  berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin

topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan (figuralar miqdorini orttirish, ular

o‘rinlarini almashtirish usullaridan) foydalanish maqsadga  muvofiq. Shuningdek,

«Kim eslab  qoladi?», «Nima  o‘zgardi?», «Nimalari bilan farq qiladi?», «Juft

kartochkalar»  kabi   o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Olti yoshli bolalar «o‘ziga» nisbatan to‘la ishonch bilan mo‘ljal oladilar.

Ammo hali ularning ko‘pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o‘ng va chap

tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o‘zi tomoniga yuzi bilan

aylangan o‘rtog‘ining o‘ng qo‘li uning chap qo‘li qarshisida bo‘lish holi ajablantiradi.

Nega bunday bo‘ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va  malakalarning

puxta  stereotipi  (andozasi)  yig‘ilib  qoladi:  o‘ngda (o‘ngroqda, o‘ngga), o‘ng qo‘l

turgan tomonda bo‘ladi. Bu fazo «o‘zidan» mo‘ljal olishda mutlaqo to‘g‘ri. Ammo

endi vaziyat o‘zgardi. «Bolaga boshqa odamdan yoki  boshqa  buyumlardan  mo‘ljal

olish taklif  qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi sub’ektning o‘zidan tashqarida

belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi  variantlari bilan

ziddiyatlikka kirishgandek bo‘ladi. Haqiqatda esa,  masalan,  bola o‘zi bilan juft

bo‘lib,  turgan bola o‘zidan o‘ng tomonda turganini yaxshi  biladi. Ammo teskari

fazoviy  munosabatlarni  («Agar Malik  mendan  chap  tomonda  turgan bo‘lsa,  u

holda  men  undan  o‘ng  tomonda turgan  bo‘laman»)  tushunish  tayyorlov  guruh

bolalari  uchun  ham  unchalik oson emas. Bu yerda «boshqa odamga nisbatan»

mo‘ljal olish vaziyati mavjud. Buni to‘g‘ri tahlil qilish uchun bola eng oldin

o‘rtog‘ining o‘ng va chap qo‘li (tomoni)ni  aniqlashi  kerak.  Katta  guruhda  bolalar

bu malaqani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko‘nikma bo‘lishi

kerak.


Olti  yoshli  bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni

xuddi o‘ziga nisbatan «o‘ng va chap tomonini aniqlagandek aniqlashini yaxshi

tushunib olmoqlari kerak (chap  tomon  o‘ng  qo‘l  turgan tomonda; o‘ng tomon chap

qo‘l turgan tomonda). Aniqlashning samarali usuli hayolan o‘rtog‘ining orqasiga

turishdan iboratdir.  Shunday qilib, «yuzi bilan  orqasiga»  boshlang‘ich holatidan,

ya’ni bola o‘rtog‘ishshg orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o‘ng va

chap tomonni aniqlash kerak; shundan  keyin «yuzma-yuz»  holatida, ya’ni boshqa

bola qarshisiga turib, «o‘ng-chap»ni  farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday

boshlang‘ich holatda, xatto o‘rtog‘i orqasi bilan turganda ham, «o‘ng-chap» tomonlar

aniqlanadi.



Tayyorlov guruhlarida elementar  matematika  mashg‘ulotida  mantiqiy

tafakkur ham o‘stiriladi.

Tayyorlov guruhlarida elementar  matematika  mashg‘ulotida  mantiqiy

tafakkurni o‘stirish uchun dastur mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1.  O‘quv  yili  davomida  quyidagi  olingan  bilimlarni mustahkamlash:

-  masala yechish malakasi;

- narsalarni 3 belgisiga ko‘ra turkumga ajratish malakasi;

- son qatori bilan ishlash malakasi;

- ikki xonali sonlarni bilish;

- masala tuzish malakasi;

- grafik diktant yozish malakasi;

- xafta kunlarini bilish malakasi.



2.  Bolalarni  diqqati,  xotirasi,  mantiqiy  tafakkuri,  ijodiy tasavvurlarini

rivojlantirish.

Quyida bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi ba’zi usullar

berilgan.

1-mashq. Xazil topshiriqlar.

A) Bir qirg‘oqda jo‘ja, ikkinchi qirqoqda  o‘rdakcha,  o‘rtada bor orolcha. Kim

orolchaga birinchi bo‘lib yetib boradi?

B) Stolda  ikkita  olma,  yettita  nok  bor.  Stolda  xammasi  bo‘lib  nechta sabzavot

bor?

V)  Hovlida  xo‘roz  va  tovuq  aylanib  yuribdi.  Xo‘roz  oyog‘i  ikkita, tovuqniki



to‘rtta. Xammasi bo‘lib nechta oyoq bor?

G) Stolda  ikkita  yarimtalik,  to‘rtta  choraktalik  olmalar  bor.  Ularni kesgunimizcha

nechta olma bo‘lgan.

D) Xonaning to‘rt burchagida to‘rtta mushuk turibdi. Ularning ro‘parasida uchtadan

mushuklar turibdi. Xonadagi jami mushuklar sonini ayting.

2-o’yin-mashg’ulot. Xonaga Zumrad kiradi. U juda xafa, qo‘lida  xat bor.

Tarbiyachi xatni o‘qidi:

-

Qadrli Zumrad, senga biz Qimmatxon va uning onasi xat yozyapmiz. Bizning



boshimizga tashvish tushib qoldi. Yovuz sehrgar bizni qorong‘u zindonga tashladi.

Kim sehrgarning topshiriqlarini bajara olsa, kalitini topishi va bizni  qutqarishi

mumkin.  Agar  bajara  olishmasa, bog‘chadagi bolalardan yordam so‘rashsin.

Bolalar topshiriqlarni bajaradilar va bizga yordam beradilar. Chunki bu bolalar juda

zukko bolalar».

Tarbiyachi 1-topshiriqni bayon qiladi.



1-topshiriq. Hafta kunlari nomini bilish.

Vazifalar: A) Bir qizchaning akasi dushanba kuni safarga ketdi. Ertaga va

indinga kelmasligini, keyingi kun  esa qaytishini aytdi. Aka qaysi kuni keladi?

(masalani tarqatma  kartochkalar bilan yechish).


Tarbiyachi  bolalarga  tushuntiradi.  1  2    3    4    5    6    7 . Bolajonlar hafta kunlari

nechta ekan?

Bolalar: Hafta kunlari yettita. Ular dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba,

juma, shanba va yakshanba kunlari. Qizchaning akasi payshanba kuni qaytib keladi.

Chunki, dushanba kunidan keyin, seshanba, keyin chorshanba, va undan keyin

payshanba kuni keladi.

-

Raxmat sizga bolajonlar. Siz birinchi topshiriqni uddaladingiz. Endigi navbat



ikkinchi topshiriqqa.

2-topshiriq.  Doskaga sonlar qatoriga raqamlar qo‘yilgan.

A) Tarbiyachi bolalarga sonni aytadi, bolalar ulardan oldin va keyin keladigan

sonlarni aytishini taklif qiladi. Aytilgan sondan kattasi va kichigini aytish so‘raladi.

Masalan, 2 va uning o‘ng va chap tomondagi qo‘shnisini toping.  Endi 6,  8,  4,  3

sonlarining qo‘shnilarini toping va ayting.



B) Jadval bilan ishlash. 5 sonini shakllar ichidagi sonlar bilan taqqoslash.

5 <                5  >                  5 =

C) Kartochkalar bilan ishlash. < , > belgilarini to‘g‘ri joylashtir.



8        7;      6       9 ;     7      9;      8      8;     4       7;      9      3

3 -topshiriq. Grafik diktant.

Tarbiyachi tomonidan geometrik figuralar ketma-ketlikda aytib turiladi.

Bolalar qog‘ozda shu figuralarni tasvirlashlari kerak.

4-topshiriq.  Ikki xonali sonlarni aytib ber.

Tarbiyachi bolalarga 5 ta ikki xonali sonlarni aytishni taklif qiladi. Bolalardan

qaysi biri 5 ta ikki xonali sonlarning nomini xatosiz ayta olsa, topshiriq bajarilgan

hisoblanadi.



5-topshiriq.

Endi bolalar shakllarni joylashuvini chamalab, tahlil qilamiz va

qaysi belgilari o‘zgarganini aytamiz.

Shakllarning ba’zi belgilari bilan bir-biridan farqini ayting.

- bitta belgisi bo‘yicha;

- ikkita belgisi bo‘yicha;

-  uchta belgisi bo‘yicha o‘zgarsin.

6-topshiriq.      Shakllarni    shunday    joylashtirginki,    xar    qaysi    qator    va

ustunda ikkita bir xil shakl bo‘lmasin.


7-topshiriq.   Kalit yashiringan joy misollarda belgilangan. Har bir misolni

yechish orqali biz kalit yashiringan joy nomini bilib olamiz. Kalit javonning qaerida

yashiringan ekan, topaylikchi. Misolning javobi qanday harf bilan boshlansa, o‘sha

harflar bizga kalit yashiringan joy nomini bildiradi.



10 – 7 = 3 misolning javobi – 3

3 soni U harfi bilan boshlanadi.

5 + 3 = 8 misolning javobi - 8

8 soni S harfi bilan boshlanadi.

6  – 2 = 4 misolning javobi - 4

4 soni T  harfi bilan boshlanadi.

Misollarda UST so‘zi yashiringan ekan. Qani ko‘ramiz haqiqatdan ham kalit

javon ustidami?

Barakalla bolajonlar, kalitni birgalashib topdik. Ko‘rdingizmi bilimli bolalar

barcha muammolarni tezda hal qiladilar. Sizlar aqlli va dono bolalarsiz.

Mashg‘ulotning yakuni. Kalitni  Zumradoyga  berishadi. Zumradoy bolalarga

minnatdorchilik  bildirib, shu  kalit yordamida Qimmatxon va uning onasini

qutqarishini aytib chiqib ketadi.

«Ilk va  yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari» va

«Ilk qadam» o‘quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida  ta’limni

samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O‘quv dasturda  ta’lim

muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos

belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim

ahmiyat kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga

quyidagilar ko‘rsatiladi:

-  ta’lim muassasasining ko‘rgazmali - rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-

tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi

xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;

- muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning

muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.

Albatta  ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi

innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim

olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab

etadi.  Maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish

markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni

o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil

ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib

borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida

tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi:

- o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

- tanqidiy fikrlash;

- tanlashni amalga oshirish;

- muammolarni eta olish;

- ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;


- odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish.

Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy

etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan

kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va

muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi.

STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi,

olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida

loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin

orqali yuzaga keltiradi.

Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida

rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv

sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning

uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish

bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy

ta’lim dasturiga quyidagilar:

 Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish

modullari kiradi.



S

T

E

A

M

:

S

-

SUBJECT - fan

 T - TECHNOLOGY - texnologiya

 E - ENGENERING - muxandislik

 A  –  ART-san’at

 M  –  MATHEMATICS  -  matematika

,

ya’ni ilm-fan, texnologiya,

muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.

STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni

rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi:

- Muammolarni keng qamrovli tushunish;

- Ijodiy fikrlash;

- Muhandislik yondashuv;

- Tanqidiy fikrlash;

- Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash;

- Dizayn asoslarini tushunish.

Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam

beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSh, Yaponiya, Izroil,



Singapur, Rossiyada  ta’lim muassalarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik

qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali

foydalanib kelinmoqda.


STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam

o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy

vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik,

o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar

rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.

O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish.

 Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va

avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib",

sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija

bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi.

Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish  bolalar uchun

ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining

qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.



Faol muloqot va jamoaviy ishSTEAM dasturlari ham faol muloqot va

guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga

qo‘rqmaslikka o‘rganadilar.  Ko‘pincha, stol atrofida  o‘tirmaydi, o‘zlarining

dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Ular

hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari

bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.



Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish.  va maktabgacha maktab

yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-

sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan

ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.



STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning

zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham

charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish,

elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-

fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada.

Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar.

STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar,

dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda

loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan

birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda

bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin.

Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga,

tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat

uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida

aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ularni doimiy raviщda nazorat qilib

borishlari zarur bo‘ladi. Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini

inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar.  maktabgacha ta’lim



muassasalari pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning

qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar

qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni

birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.

Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib

yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar,

biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir.

Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan

ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish

ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek,

tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi

farqlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida

ta’kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o‘ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga

javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma’naviy yetuklik

darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga,

tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish

xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari

javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash

barobarida bolada qiziqish, dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi.

Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan

chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yo‘llarini birgalashib qidirishdan

iboratdir.

Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli

rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda

ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki,

unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan

holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.

Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab

etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi

zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi

mumkin.

“Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida  maktabgacha ta’lim muassasalarida



quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:

- Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi

- Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi

- Til va nutq markazi

- Ilm-fan va tabiat markazi

- San’at markazi

- Musiqa va ritmika markazi.

Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va

qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil

individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz

qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib

oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan

shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni

tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning

rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga

vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu

vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish

tufayli bola samarali tarzda rivojlanadi.

Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini

o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini

ta’minlaydilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda

faoliyat turlarini rejalashtiradilar.

Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik

guruhlarda, birgalikda va tarbiyachi hamkorligida individual tartibda (individual)

yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki

bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga

oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi,

atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga

erishishni bilishlari lozim.

Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil

tanlash imkonini bersin. Har bir guruhda   6 ta markazlar bo‘lib, ularning har birida

izlanish va o‘yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling