Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana23.11.2020
Hajmi0.69 Mb.
#150466
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari (3)


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Buxoro davlat universiteti

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi

Qo‘lyozma huquqida



                                                                               UDK:

ASLANOVA NOZIMA HAKIMOVNA

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA MATEMATIK

TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI

Magistr darajasini olish uchun yozilgan



DISSERTATSIYA

Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari nomzodi,    dotsent

F.M.Qosimov



Buxoro – 2019

Reja

I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida matematik

tasavvurlarni shakllantirishning nazariy asoslari

1.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida matematik

tasavvurlarni shakllantirish metodik muammo sifatida.

1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning matematik

tasavvurlarini rivojlantirishning hozirgi holati.

II bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida

matematik tasavvurlarni rivojlantirish metodikasi.

2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik

tasavvurlarni rivojlantirish usul va vositalari.

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik

tasavvurlarni rivojlantirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari.

III  bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida

matematik tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi.

3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.

3.2. Tajriba-sinov ishlari natijasi.

3.3.Tajriba sinov natijalari tahlili



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilovalar


Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki

bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda

muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu  ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga

ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon,

qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim  tizimini tubdan isloh qilishga

yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim

tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”,  2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021

yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi

boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli

Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim

vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim

muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu

sohaga oid  masalalarini hal etish nazarda tutilgan.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu

paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi

kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy

rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha

qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-

texnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga

qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy

bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi

faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21

%) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln)

932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq

joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim

muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi

kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik

tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas.

Bunga sabab bir jihatdan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berishda

o‘quv vositalari, shart–sharoitlarning yetarli emasligi bo‘lsa, ikkinchidan, metodik


jihatdan yetuk bilimli, tajribali mutaxassislarning yetishmasligidir. Maktabgacha

ta’lim muammolari bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik,

ilmiy-usuliy jihatdan asoslanmaganligidir. “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha

ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga binoan sohadagi

muammolarni bartaraf etish va 6 yoshli bolalar uchun majburiy bir yillik bepul

umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorlash bilan to’liq qamrab olinishning

ta’minlanishi va ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlab berish vazifalari ko’zda

tutadi. Shu sababli biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Maktabga tayyorlov

guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari” deb

tanladik.

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘pgina olimlar

tadqiqotlar olib borganlar. Bu olimlar matematik tushunchalarning ongli va tushunarli

bo‘lishi uchun bolalarda kechadigan psixik jarayonlar haqida ish olib borganlar.

Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan

quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi.

1) Tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo‘lishi.

2) Tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo‘llari va

usullarini rivojlantirish.

Bu muammoga, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn,

O.K.Tixomirov va boshqalarning tadqiqot ishlari bag‘ishlangan. P.Ya.Galperin,

Yu.M.Kolyagin, Z.I.Kalmikov, V.A.Kruteskiy, A.M.Matyushkin, N.F.Talizina,

L.M.Fridman, E.G’oziyev, Z.Nishonova  va boshqalar ham ushbu muammolarni

o‘rganganlar. M.A.Danilov, L.V.Zankov va boshqalarning tadqiqotlarida bolaning

o‘quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirishning turli

yo‘llari ko‘rsatilgan. Demak, ta’lim usullari matematik tushunchalarni

shakllantirishga qaratilishi, ishning turli usullarini mujassamlashtirishi lozimdir.

Bolada matematik tushunchalarni shakllantirish masalasiga psixologlar,

pedagog va metodistlar Yu.Kolyagin, Yu.Klyutkin, L.M.Fridman, A.M.Leushina,

D.Galanin, V.Davidov, G.Vasuro, V.Sverdlov,  K. Dunker, J.Piaje, I.Vasilevaning

tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Bularning fikricha, matematik tushunchalarni

shakllantirish muammosi murakkabdir. Har  bir fikr izlanish va yangilikni yaratish

hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Ular bolaning

turlicha fikrlashi uning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, yangi

bilimlarni tez o‘zlashtirishga, imkoniyatlarini ishga solishga undaydi, deb

hisoblaydilar.


A.M.Leushina bolalarda buyumlarning miqdoriy tomonlarini abstraktlashtirish

va bir xil buyumlarni yagona to‘plamga birlashtirish masalasini sekin-asta

rivojlantirish imkonini beradigan mashqlar tizimini ishlab chiqdi.

1

A.N.Leontev va S.L.Rubenshteynning xulosalariga qaraganda, matematik



tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi hamda ta’lim

tamoyillarining bir-biriga bog‘liqlikda o‘tkazilishi eng samarali yo‘nalishdir.

N.S.Leytes bolalik davrida aqliy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishini   ham

ijodkorlik deb bilgan. O‘z mashg‘ulotlarida bola o‘zlashtirganini yoki birovning

topshirganini shunchaki takrorlamaydi, u – ijod sub’ektidir. Bolalardagi aqliy faollik

tonusining o‘zi qobiliyatlarning erta uyg‘onishi bilan ularni izlanishlarni

chuqurlashtirish va kengaytirish, “noma’lumlikka sakrash”larga undaydi. Aynan

ijodiy sa’y-harakatlar bolalarning aqliy o‘sishdagi ehtiyojlariga mos keladi.

 Hozirgi kunda matematik tushunchalarni rivojlantirishga yuzasidan bir necha

yo‘nalishda izlanishlar olib borilmoqda. Matematik tushunchalarni shakllantirishning

asosini metodistlar turli xil tushunchalar yig‘indisi: qo‘shish, mulohaza qilish,

mantiqiy bog‘lanishni aniqlash, bilish masalalarini yechishga namoyon bo‘lgan

umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi. Shuningdek, bola shakllangan matematik

tushunchalar asosida yangilikni, masalani qiziqarli yechish usullarini, doim qo‘llab

kelgan standart usullardan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini  o‘ylab topishi,

amaliy masalani yechish yo‘llarini oldindan aytib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lsa,

matematik tushunchalar rivojlangan bo‘ladi.

L.Vigotskiy fikrlarni rivojlantirish muammosini o‘rganib, avval matematik

tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik

tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitni yaratishni taklif qiladi.Uning

fikricha, bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonisiz o‘tmaydi,

faqatgina o‘quv axborotlarining to‘plami fikrlashni harakatlantiradi, bolaning fikrni

rivojlantiradi. O‘z navbatida matematik tasavvurning hosil bo‘lishi bilim va bilishni

o‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lishi uchun dastlabki shart bo‘lib xizmat qiladi.

Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fazoda mo‘ljal olish

ko‘nikmalarini rivojlantirishda bolada diqqat va idrok qilishni tarbiyalash lozim. U

fazoda mo‘ljal olish - “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasidir”, deydi.

2

Z.Kalmakovaning fikricha, bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning



eng ishonchli ko‘rsatkichi - uning ta’limiyligi, ya’ni bolaning bilimlarni

o‘zlashtirishining umumiy qoidalarida, deb hisoblaydi. Bunda bola yangilikni chin

1

 Бикбаева Н.У. ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. Т.: 1995.



Б 45

2

 Бикбаева Н.У. ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. Т.: 1995.



Б 133

ko‘ngildan qabul qilishi lozim. Bunday faoliyat asosida bola har xil qobiliyatlarni

o‘zlashtiradi va yangilaydi.

Bolalarda amalda matematik umumlashtirish va differensiallashtirish haqida

E.G.Vasuro bunday ko‘rsatadi: “Haqiqiy umumlashtirish ob’ektlarni shu

ob’ektlarning muhim xususiyatlari bo‘yicha differensiallashtirilgandan keyingina

amalga oshadi”.

3

V.Davidov tadqiqotlarida maqsadni topish uchun harakatlanish zarurligini



uqtiradi. Faoliyat qanchalik turlicha bo‘lsa, maqsadni aniqlash, oldindan ko‘ra olish

imkoniyati shuncha ko‘proq bo‘ladi.

Forobiy ta’limotining izdoshlaridan bo‘lgan Ibn Sino ham ta’lim va tarbiyaga,

aqliy va axloqiy kamolotga, ma’naviy yuksaklikka erishish uchun butun umr

davomida muntazam ravishda bilimlarni egallash masalasiga katta e’tibor qaratgan.

Ibn Sinoning pedagogik jarayoni turli yo‘nalishdagi hodisalarni qamrab olgan bo‘lib,

u o‘zida tarbiyaviy, ta’limiy va maorif bilan bog‘liq sohalarni uyg‘unlashtiradi.

Bunda ilm-fanga nisbatan katta e’tibor qaratilgan, bilimlarni egallash hamda ahloqiy

kamolotga erishishning yo‘li sifatida u tarbiyaviy va ta’limiy jarayonni nazarda

tutgan. Ibn Sino aqliy kamolotga ham nazariy jihatdan, shu bilan bir qatorda aqliy,

jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiya hamda muayyan hunarmandlikka o‘rgatish bo‘yicha

turli xil ishlanmalari bilan juda qimmatli amaliy hissasini qo‘shgan.

Hozirgi zamon pedagoglari o‘rgatish, rivojlanish manbai tarbiyachilarning bilimi

va kompetensiyasiga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Bunda ikki ko‘rsatkichdan

foydalanish tavsiya etiladi:

1) bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi.

2) bolada o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil qo‘llash, tadbiq etish qobiliyatini

rivojlantirish.



Tadqiqotning maqsadi. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarida matematik

tasavvurlarni rivojlantirishnng metodik asoslarini ishlab chiqish va usuliy tavsiyalar

tayyorlash.

Tadqiqotning vazifalari.

· Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida matematik tasavvurlarni Davlat

talablari asosida shakllantirish metodik muammo ekanligini asoslash;

· Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning matematik

tasavvurlarini rivojlantirishning hozirgi zamon holatini tahlil qilish;

· Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh bolalarida matematik

tasavvurlarini rivojlantirish usul va vositalarini ishlab chiqish;

3

  БикбаеваН.У. ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. Т.: 1995.



Б 79

· Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh bolalarida matematik

tasavvurlarini rivojlantirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlarini

aniqlash:

· Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh bolalarida matematik

tasavvurlarini rivojlantirish samaradorligini tajriba-sinovda tekshirish;

· Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh bolalarida matematik

tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti. Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg‘ulotlari.

Tadqiqot predmeti. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh bolalarida

matematik tasavvurlarini rivojlantirish usul, vosita va yo‘llari.



Tadqiqotning ilmiy yangiligi: maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh

bolalarida matematik tasavvurlarini rivojlantirishning metodik asoslari nazariy va usuliy

jihatdan asoslanganligi bilan izohlanadi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh bolalarida matematik tasavvurlarini

rivojlantirishning metodik yo‘llari tavsiflandi. Amalda ishlab chiqilgan metodikadan

foydalanish yuzasidan tavsiyalar keltirildi.



Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar

tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha

ta’limni isloh qilish yuzasidan farmon, Qaror va farmoyishlari, pedagog, psixolog,

metodist olimlarning pedagogik qarashlari tadqiqotimizning metodologik asoslari

sanaladi.

Tadqiqotda mavzuga oid adabiyotlar tahlili, so‘rovnoma, tizimli va qiyosiy tahlil,

pedagogik eksperiment, ilg‘or tajribalarni, maktabgacha ta’lim hujjatlarinio‘rganish,

tahlil qilish, kuzatish, suhbat, matematik-statistik tahlil usul(metod)laridan foydalanildi.

Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Ish kirish, 3 bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan

tashkil topgan.



I bob.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida matematik

tasavvurlarni shakllantirishning nazariy asoslari

1.1.

Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida

matematik tasavvurlarni shakllantirish metodik muammo sifatida.

O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida maktabgacha ta’lim eng

asosiy tizim hisoblanadi. Ushbu soha uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini

hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va

maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida

respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining

asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar

maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli

darajada  emasligini  ko‘rsatmoqda. 

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoevning

Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan qabul qilingan qaror va

farmoyishlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy

rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish, maktabgacha ta’limga

qamrab olinayotgan bolalarni maktab ta’limiga to‘laqonli ravishda tayyorlab berish

ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu qarorlar ichida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror

dastur sifatida faoliyat boshladi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish

ko‘rsatkichini qo‘tarish, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida dastur

asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

-

bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi



uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;

-

maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini



oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni

inobatga olgan holda takomillashtirish;

-

2200  ta 



maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini

mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim

muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar,

uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash.

Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida

quyidagilarga erishilishi kutilmoqda:

-

yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga



tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy

etishga;


-

bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli

guruhlar tashkil etishga;


-

3−6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni

ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga

tayyorlashni tashkil etishga;

-

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud



muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 

983 tasini mukammal

ta’mirlash orqali kengaytirishga;

-

qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30



foizgacha kamaytirishga;

-

bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.



Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining

borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida

bo‘ladi.

Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor

yo‘nalishlaridan biri sifatida respublikaning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh

qilish borasidagi rivojlanish yo‘lining uzviy va bosqichma-bosqichligini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi

1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat

talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv

dasturiga asosan, quyidagi vazifalar belgilandi:

-

maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga



qo‘yiladigan talablarni belgilash;

-

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish,



rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

-

ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik vazamonaviy axborot-kommunikatsiya



texnologiyalarini joriy etish;

- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning

samarali integratsiyasini ta’minlash.

Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

-

bolaning noyobligi;



-

«Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

-

Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;



-

bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

-

bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga



moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va


zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda

maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni

tarbiyalashdir.

Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy

rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik

sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan

(kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.

 Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

-

jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;



-

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

-

nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;



-

bilish jarayonini rivojlanishi;

-

ijodiy rivojlanish.



«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

-

intellektual-anglash malakalari;



-

elementar matematik malakalar;

-

tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.



Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

quyidagilarni tashkil etadi:



Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda

foydalana bilish ko‘nikmasi.



O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,

bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos

hisoblanadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling