Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol o‘yinlar
- Idrokni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar
- Diqqatni ko‘chirish
- «Buyum o‘zi haqida nima deydi», «Qismlariga ko‘ra buyumning nomini ayt», «Raqamli va shaklli domino»
- 1+1=2 2+1=3 3+1= 4+1= 5+1= 6+1= 7+1= 8+1= 9+1= ...
- “Mozaika”, “Domino”, “Pazl”, “Tangramma”
- O‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar
- Birinchidan
- Miqdor va sanoq”. «Son-sanoq» bo‘limi
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yanga darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar o‘qitishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish, shu asosda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilariga ta’limda innovasion texnologiyalar, mashg‘ulotlarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning mazmun va mohiyatini ochib beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish va bu mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, bolalarning matematik tushunchalarini, sensor tuyg‘ularini o‘stirish, bolalarga son-sanoq, kattalik, geometrik shakl, tevarak-atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash haqida tushunchalar berishni ko‘zda tutadi.
Dastur asosida olib boriladigan ishlarni to‘laqonli amalga oshirish esa, tarbiyachilardan mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarini malaka talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini egallashlarini nazarda tutadi. Buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari, samarali yo‘llarni qo‘llash orqali mashg‘ulotlarni o‘tkazishlari, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni amalga oshirishlari, mashg‘ulot ishlanmalarini ishlab chiqishga qo‘yilgan zamonaviy talablarni o‘zlashtirishlari, mashg‘ulotlar jarayonida integratsiya va innovasiyalardan foydalanishlari zarur. Shuningdek, ular mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol ta’lim shakllari, metodlari va vositalaridan samarali foydalanishlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishda rivojlangan mamlakatlardagi jahon tajribalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlari, mashg‘ulotning didaktik ta’minotini takomillashtirish kompetensiyalariga ega bo‘lishlari bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bular tarbiyachilarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi. Chunki ta’lim tizimiga, jumladan maktabgacha ta’lim tizimiga xam yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu usullar sirasiga ta’limiy o‘yinlarning bir qancha turlaridan matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol o‘yinlar, idrokni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, xotirani o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, tafakkurni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, o‘yin vositalari yordamida va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar va individual mashqlar misol bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak. O‘yin texnologiyasi an’anaviy ta’limdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. Birinchi navbatda matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol o‘yinlarga e’tiborimizni qaratamiz. Tarbiyachi tayyorlov guruhi bolalariga matematik bilimlarni rivojlantirishda turli mashg‘ulotlardan va o‘yinlardan foydalanadi. Asosan nazariy ma’lumotlar (qoidalar...) matematika mashg‘ulotlarida berilsa, shu ma’lumotlarni mustahkamlash va bolalarga eslatish va takrorlatish uchun turli xildagi o‘yinlardan foydalaniladi. Ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar bolalarda intellektual malakalarning mukammal shakllanishiga zamin yaratadi. «Texnologiya»
yunoncha so‘z bo‘lib, «tecne» - «mahorat», «san’at» va «logos» - «tushuncha», «o‘rganish» demakdir. “Texnologiya” so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga matematik bilimlarni izchillikda va mukammal tarzda yetkazib berish uchun ham interfaol usullarni qo‘llash zaruriyati mavjud. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Tayyorlov guruhlarida o‘yinlar rollarni taqsimlashdan boshlanadi.
kattaligiga ko‘ra tahlil qilish malakasini shakllantiradi. Bunday o‘yinlar qatoriga “Shakllar ichidan qizil ranglilarni top”, “O‘lchamiga qarab guruhla”, “Nechta burchaklilar bor?”, “Figurali domino”... o‘yinlari kiradi. Maktabgacha yosh oxiriga kelib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular asosiy geometrik shakllar (doira, oval, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak)ni bilishlari lozim. Namunaga ko‘ra yoki nomi aytilgan ma’lum bir shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Bolalar narsalarning kattaligini farqlashda ularning o‘lchami bo‘yicha terib chiqishni biladilar, 20 ta tayoqcha, doiracha yoki boshqa bir xil turdagi kattaligi har xil predmetlarni kattalashib va kichiklashib boruvchi tartibda qo‘yib chiqadilar. Narsalar kattaligini 3 xil o‘lchamda nomini ayta oladilar (uzunlik, kenglik, balandlik). Bu ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun bolalarga shu turdagi o‘yinlar taklif etiladi. Navbatdagi o‘yinlar guruhi diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar bo‘lib, ular voqelikning ma’lum jihatlariga qarata diqqatni to‘plashga o‘rgatadi (diqqatni to‘plamasdan hech bir ishni bajarish mumkin emas). Bu o‘yinlar turkumi orqali bolalar diqqatining turg‘unligi, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi kabi xususiyatlari shakllantiriladi. Diqqatning turg‘unligi biror narsa ustida uzoq vaqt diqqatni to‘plab tura olish, demakdir. Ma’lumki, aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar diqqati muqim bo‘lmay, bolalarda ish jarayonida muqimlilik bo‘lmaydi. Ya’ni bolalar bir faoliyatda uzoq shug‘ullana olmaydilar. Diqqatni ko‘chirish - uni bir faoliyatdan ikkinchisiga o‘tkaza olishdir. Diqqatning bo‘linuvchanligi bir vaqtning o‘zida kishining ikki yoki undan ko‘proq narsa bilan shug‘ullana olishida namoyon bo‘ladi. Bolalarning bo‘linuvchan diqqati asta-sekin ixtiyoriy diqqatga o‘tadi. Ixtiyoriy diqqat jarayoni ayni paytda bola uchun qiziqarli narsaga diqqatni qaratishda yuzaga keladi. Bunday o‘yinlarga geometrik shakllarni bir biridan farqini topib, ikkinchi bosqichda bir necha geometrik shakllar asosida yaxlit obrazli figura xosil qilish so‘raladi. Bolalar tezlik bilan to‘rtburchak, uchburchaklardan qandaydir yaxlit buyumlarni hosil qilishi kerak. Keyingi rejada bolalarning diqqati figuralarning nechtaligi, ularning o‘lchamlariga ko‘chiriladi. Shuningdek, bu o‘yinlar orqali bolalarning tafakkuri ham rivojlantiriladi. O‘yinlarning yana bir turi xotirani o‘stirishga qaratilgan o‘yinlardir. Bunday o‘yinlar o‘quvchilarni o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishga o‘rgatadi: biror narsani eslab qolish, ana shu maqsadni amalga oshirish vositalarini izlab topish shular jumlasidandir. Bolalarga ilgari o‘rganilgan mavzu eslatiladi. Yangi mavzu bilan tanishtirishdan oldin oldingi mavzuni mustahkamlashda shunday o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan, “Nechta shaklni bilasiz?”, “Kim uzoq sanaydi?”, “Sonlarning qo‘shnilarini top” kabi o‘yinlar xotira mashqlari sanadi.
obrazli, mantiqiy tafakkur turlarini egallashdan iborat. Bunday o‘yinlar mobaynida bolalarda mantiqiy tafakkur elementlari shakllana boshlaydi, ya’ni ular xulosalar qila oladilar, mantiq qonunlariga ko‘ra fikrlaydilar. Bola ijodiy qobiliyatining o‘sishi deganda tasavvur xayolning taraqqiyoti va noan’anaviy tafakkur qila olish tushuniladi. Ijodkorlik ko‘p jixatdan o‘z his - tuyg‘ulari, olam haqidagi tasavvurlarini turli usullar bilan bayon eta olishga bog‘liq. Buning uchun esa bola har bir narsada uning turli tomonlarini ko‘ra olishi, narsaga xos alohida belgilarning barchasini his qilishi, obrazni ko‘z oldiga keltira olishi kerak. Shu sababli bunday o‘yinlar puxta reja asosida muntazam o‘tkazib turilishi kerak. Deyarli har bir o‘yin uchun uni o‘tkazishning soddaroq yoki murakkabroq ko‘rinishlaridan foydalanish lozim. Bolalar topshiriqlarni bajarishga qiynalmasa, unga birmuncha murakkabroq topshiriq beriladi, agar qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim. «Buyum o‘zi haqida nima deydi?», «Qismlariga ko‘ra buyumning nomini ayt», «Raqamli va shaklli domino» kabi o‘yinlardan, shuningdek, kubchalar, qirqma rasmlardan foydalanish mumkin. O‘yin - aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti, hamkorlik maktabidir. Samimiylik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, quvnoqlik kayfiyatlarini yaratish bilan o‘yin orqali bola taraqqiyotiga erishiladi.
Masalan, bolaga 10 ichida matematik amallar bajarish taklif etiladi. 1+1=2 2+1=3 3+1=? 4+1=? 5+1=? 6+1=? 7+1=? 8+1=? 9+1=? ... Keyingi etapda topshiriqlar mazmuni murakkablashtiriladi. 5+2=? 2+7=? 5+2=? 4+3=? 5-2=? 9-7=? 5+3=? 2+6=? ... Ta’limiy o‘yinlar. Bolani didaktik material bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda yangi narsalarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalash, narsalarning o‘lchami, shakli, rangi haqidagi tushunchalarini boyitish vazifalari amalga oshiriladi.
kvadrat) xos shakllarning o‘zaro munosabatlari ichida to‘g‘ri mo‘ljal olishga, bir necha qismlardan (qirqma rasmlar, kubiklar) bir butunni hosil qilishga, bir xildagi narsalarning bitta sensor belgisi (rang, shakl, o‘lcham) bo‘yicha mosligi va farqlarini aniqlashga, qiyoslashga va guruhlashga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bunday o‘yinlar aqliy tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Ta’limiy o‘yinlar bolalarda bilish jarayonlarini, fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim jihati bolalarning fikrlash faolligini, mustaqilligini va nutqini rivojlantirishidir. O‘yin vositalari sifatida turli o‘yinchoqlar, konstruktorlar (koptok, piramida, kub...) yordamchi vositalar sifatida misol bo‘la oladi. O‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar mavjudki, bular o‘yin vositalari ham bolalarga matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishda katta yordam beradi. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi.
Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konsruktor-mexanik to‘plamlarida turli ornament, rasm va bezakli predmetlar vositasida amalga oshiriladi.
Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ularni oddiydan murakkabga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor. Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv ob’ektdan faol sub’ektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim: 1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash. 2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini hisobga olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish. 4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish. 5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan usullarni izlab topish. 6. Bolalarga rollarni to‘g‘ri taqsimlash. 7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish. 8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini prognoz qilish.
keltiradigan umumiy xulosa bilan tugallanadi. Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, faollik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan bolalar nomini aytadi, ularni rag‘batlantiradi va ba’zi kamchiliklar, qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini ko‘rsatib o‘tadi. Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik guruh bolalari bilan o‘yin tashkil etishini taklif etadi. O‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’limda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘yinlarning maqsadi: Bolalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish yuzasidan miqdor, son-sanoq, kattalik, geometrik shakl, tevarak-atrofda mo‘ljal olish va vaqtni chamalash kabi tushunchalarni o‘rgatishga oid ishlarni rejalashtirish va o‘rgatish usullari, bolalarning aqliy faolligini rivojlantirishda turli mantiqiy o‘yinlardan foydalanish, mustaqillik, aqliy malaka va ko‘nikmalarni egallab olishlari va maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun zamin yaratishdan iboratdir. Xulosa qilib aytganda, o‘yin - aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti, hamkorlik maktabidir. Samimiylik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, quvnoqlik kayfiyatlarini yaratish bilan o‘yin orqali bola taraqqiyotiga erishiladi. Matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha «Ilk qadam» o‘quv dasturi besh bo‘limdan iborat: «Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», «Fazoda mo‘ljal olish», «Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish». “Miqdor va sanoq”.
bo‘limining asosiy o‘zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo‘lim dasturiy masalalarini o‘zlashtirishlari maktabning boshlang‘ich sinflarida ularning matematikani ongli o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat eqanini ko‘rsatadi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va h.k. munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir- birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar. “Kattalik”. Mashg‘ulotlar bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. («uzunlik», «kenglik», «balandlik» «qalinlik» «yo‘g‘onlik») buyumlarning kattaliklarida mustaqil mo‘ljal olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va kattaliklar bo‘yicha munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi. Buyumlar orasida kattalik bo‘yicha konkret munosabatlarni o‘rnatish tajribasi qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta’riflarga, ya’ni «teng», «ortiq», «kam» («katta», «kichik») tushunchalariga o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi. Kattalik tushunchasi mashg‘ulotlardan tashqari doimiy tarzda kun tartibi davomida ham rivojlantiriladi. Bolalar buyumlarning o‘lchamlarini taqqoslashga o‘rganadilar.
yoshidagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik shakllar - doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni
guruhlarni miqdoriy taqqoslash va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba’zi belgilari bilan, keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning belgilari bilan tanishtirish, shakllar har xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini ko‘rsatish muhim. Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi. Bolalarga o‘z konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini va qanchaligini aytish taklif qilinadi. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning kattaliklari bo‘yicha ortib va kamayib borish tartibida joylashtiradilar, har xil shakllarning miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi «shakllarning miqdori barobar eqanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga shakllarning bir xil komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa, har qaysi bola shakllarning shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va o‘lchami har xil bo‘ladi. Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar figuralarni ikki poloskali kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar. Mashg‘ulotlarda bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan tanishadilar. Shuni kuzatish kerakki, bolalar «burchak» so‘zini burchakning uchi bilan, ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak tekisligida bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi, so‘ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni borligini aniqlashadi. Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday tekshirishadi va hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon borligini aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga javobni mustaqil izlab topa oladigan qilib tuzish kerak. Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi bolalarga oldin sanoq cho‘plaridan shakl tuzishni, so‘ngra murakkabroq ornamentlar hosil qilishni taklif qiladi. Shakllarni farq qilish va aytish bo‘yicha mashq qildirish uchun «Nima o‘zgardi?», «Nima yo‘q bo‘ldi?», «Shakllar dominosi», «Xuddi shunday shaklni ko‘rsat» kabi didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachida plakat bo‘lib, unga har xil geometrik shakllar joylashtiriladi. Tarbiyachi goh u shaklni, goh bu shaklni ko‘rsatadi, bolalar esa, o‘z shakllari orasidan xuddi shunday shakllarni topishadi, ko‘rsatishadi va nomini aytishadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling