Aslida terapevtik fizik omillar ikki guruhga


Download 45.6 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi45.6 Kb.
#1368320
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizikkimyo

Dushlar- turli shakldagi, yo'nalishdagi, harorat va bosimdagi chuchuk suv oqimining tanaga terapevtik ta'siri. Bemorning tanasiga urilgan suv oqimi turli teri sohalarining qisqa muddatli davriy deformatsiyasiga olib keladi, keyin esa ko'plab mexanoretseptorlar va issiqlikka sezgir tuzilmalarni tasirlantiradi. Dush qabul qilganda, terida mahalliy vazoaktiv peptidlar (gistamin, bradikinin, prostoglandin va boshqalar) miqdori ortib boradi, bu dermaning sorgich osti qavati arteriolalarini va terining limfatik tomirlarini qisqartiradi. Issiq va qisqa muddatli sovuq dush skelet mushaklari va qon tomirlarining tonusini oshiradi, ularning umumiy periferik qarshiligini, yurak bir martalik hajmini oshiradi va qonni chiqarish vaqtini qisqartiradi. Aksincha, issiq va salqin dush tomir tonusini va qon bosimini pasaytiradi. Davo samarasi. Tonus oshiruvchi, trofostimullovchi, immunostimullovchi (sovuq dush); sedativ, vazoaktiv; spazmolitik (issiq dush). Ko'rsatmalar. Tayanch-harakat tizimi va periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari (pleksit, nevralgiya, miozit), nevrasteniya (gipostenik shakli), ruhiy tushkunlik, vegeto-tomir distoniyasi, sekin granulyatsiyalanuvchi jarohatlar, gipertoniya tipli neyro-sirkulyator distoniya, gipertoniya I-II daraja, infarktdan keyingi kardioskleroz, surunkali gastrit, ichak tasirlanish sindromi, surunkali adneksit, hayz sikli buzilishi, menopauza, bavosir, jinsiy nevroz, tomir kasalliklari, semizlik I darajasi. 

Vannalar- suv muhitiga joylashtirilganda bemorga davolovchi ta'sir ko'rsatishiga asoslangan muolaja hisoblanadi. Bemorga butun jarayon davomida mexanik, issiqlik va kimyoviy omillar ta'sir korsatadi. Suvning kimyoviy tuzilishiga va haroratiga qarab turli xildagi vannalar - chuchuk, gaz va aromatik vannalar farqlanadi. Chuchuk suvli vannalar - chuchuk suvning bemor tanasiga terapevtik ta'sir ko'rsatishiga asoslangan. Vannalardagi suvning harorati va bemorning ichki organlari o'rtasidagi farq tufayli, tashqi muhit bilan tananing issiqlik almashinuvi tuzilishi neyrogumoral mexanizmlarning faollashuvi bilan o'zgaradi.


Download 45.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling