Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
lotin

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
Ijtimoiy–psixologik treningning «Psixogimnastika» usuli 
 
Ijtimoiy–psixologik 
treningning 
«Psixogimnastika» 
usuli 
quyidagi 
imkoniyatlarga ega: 
1. Boshqa trening shakllaridan farqli oʻlaroq, koʻp sonli guruhlar bilan 
ishlashga imkon yaratadi. 
2. Koʻp hollarda real sharoitlarda shaxs muammolarining chuqur tahlili 
uchun vaqt yetishmaydi. Mazkur trening esa qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi. 
3. «Psixogimnastika» mashgʻulotlari mashgʻulot olib boruvchidan koʻp kuch 
sarflashni talab etmaydi. Ammo hatti –harakatlar moslashuvchanligini oshirish
oʻzligini namoyon etish va emotsional aloqalardan qoʻrquv hissini kamaytirish, oʻz-
oʻziga va boshqalarga boʻlgan ishonchini oshirish kabi asosiy shaxslararo 
hamkorlikni optimallashtirish vazifalarini hal etadi. 
Koʻpgina qatnashchilar uchun mashgʻulot hozirgi sharoitda mavjud boʻlgan 
hayotiy muammolarga munosabatni belgilab olish imkoniyati boʻlib xizmat qilsa
boshqa kategoriyadagi, muloqotda qiyinchiliklarga duch keluvchi qatnashchilar 
uchun shaxslararo toʻsiqlarni yengish, oʻz hayotiy tajribasidan farq qiladigan xulq –
atvor va xatti-harakatlarni oʻzlashtirishning xilma-xil shakllarini egallashda oʻziga 
xos «sinov maydoni» vazifasini oʻtaydi. Turli muloqot usullarining mavjudligi va 
ularning ijtimoiy maqbulligi oʻz shaxsiy «kompleks»lari ogʻirligini kamaytirishga, 
oʻz xatti-harakatlarini takomillashtirishga imkon yaratadi. 
«Muloqot gimnastikasi» mashgʻuloti uchun 15 tadan 30 tagacha qatnashchi jalb 
etilib, mashgʻulotlar haftada bir yoki ikki marta 45-60 minut davomida oʻtkaziladi. 
Birinchi mashgʻulot davomida mashgʻulot shart-sharoitlari belgilanadi va uning 
maqsadi aniqlab olinadi. 
Mashgʻulot maqsadlari quyidagilardir: 
1. Oʻzga 
kishilar 
bilan 
hamkorlikdagi 
tabiiylik 
koʻnikmalarini 
takomillashtirish. 
2. Oʻzining va oʻzgalarning xatti-harakatiga nisbatan kuzatuvchanlik 
(sezgirlik) ni rivojlantirish. 


18 
3. Noverbal kommunikatsiyalar boʻyicha tajribalarni rivojlantirish. 
Mazkur maqsadlarga erishishni belgilaydigan asosiy shartlar quyidagilar boʻlib 
hisoblanadi: 
1. Taklif etilgan barcha mashgʻulot jarayonlariga faol ishtirok etish. 
2. Oʻzining va oʻzgalarning tajribasiga hurmat bilan qarash: har bir kishining 
oʻzini qanday tutishi uning shu vaziyat va shu vaqtdagi imkoniyatlaridan kelib 
chiqadi, hech kim birovdan bundan ham yaxshiroq yoki mahlum namunaga koʻra 
xatti-harakat qilishni talab qila olmaydi.
3. Qatnashchilar va sheriklarni his etishga yoʻnalganlik. 
4. Hatti –harakatga va oʻzaro hamkorlikka kirishish talabi. 
Mashgʻulotlarda turli mualliflar (masalan, TSzen N., Paxomov Yu. va 
boshqalar)ning 
psixologik 
mashqlari 
va 
usullaridan 
kasbiy 
faoliyatga 
moslashtirilgan holda foydalanilishi mumkin. Oʻtkazilgan mashgʻulotlar maqsadiga 
koʻra bir necha tiplarga boʻlinadi: 
1. Umumfaollashtiruvchi, tayyorlovchi mashgʻulotlar. Ular tegishli 
guruhiy hamkorlik muhitini yaratish: emotsional va xatti-harakatlardagi erkinlik, 
mehyoriy toʻsiqlarni olib tashlash. Odatda, bu mashgʻulotlar butun guruh bilan 
birgalikda bajariladi. Mazkur mashgʻulotlarga quyidagilar kiradi: «tanishuv», «qor 
ustida yurish» «harakatni yoki tuygʻuni doira boʻylab oʻtkazish», «Broun harakati» 
va boshqalar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling