Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Avlodlar oʻrtasidagi nizo" oʻyini Maqsad
"Avtobusda" oʻyini
Maqsad: Oʻquvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish. Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini oʻynaydi, qolganlar esa yoʻlovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita oʻrindiqni egallab olib, biriga oʻzi oʻtiribdi, biriga esa magnitofonini qolgan. U hech kimga joy bermoqchi emas. Yulovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga oʻtirishga harakat qilib koʻrishi kerak. SHart shuki — maqsadga janjalsiz erishish lozim. 26 "Avlodlar oʻrtasidagi nizo" oʻyini Maqsad: Oʻquvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish. Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar oʻrtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Jyuri ahzolari har bir oʻquvchining harakatini baholab boradi. "Orqadagi yozuvlar" Ishtirokchilarning orqalariga varaq mahkamlab qoʻyiladi. Hamma ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qogʻozga bu odamning nimasi oʻziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish ham mumkin. Masalan, oʻsha odamda nimani oʻzgartirishni xohlashini yozishi mumkin. Informatsiyani (mahlumotni) soʻzsiz uzatish Bu oʻyinda boshlovchi yoʻnaltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi shunday tushuntirish beradi: "Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa mahlumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. CHaqirilgan odamning vazifasi — guruh unga aytmoqchi boʻlayotgan mahlumotni anglab olishdan iborat". Boshlovchiga eslatma: Odatda, oʻsmirlar oʻyin muhitidan nojoʻya xatti- harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu oʻyinda nojoʻya harakatlar boʻlishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan shoʻxlik va hazil- huzul uchun foydalanmoqchi boʻlsa, uni oʻynayotgan guruhinng oʻzi tartibga keltirib qoʻyishi kerak. Bu usulning muhim tahsir kuchiga egaligini hisobga olib, uni jamoatchilikdan holi va shovqin kam boʻlgan maxsus xonalarda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling