Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
lotin

 
 
 
"Avtobus" oʻyini 
Maqsad: Muloqot mazmunini shaxsning noverbal harakatlaridan anglash 
imkoniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Noverbal komponentlar: imo-
ishora, mimika va missiy holatlarni oʻqiy olish qobiliyatlarini aniqlash. 
Boshlovchi ishtirokchilarga insonning muloqot jarayoni qanchalik boy ekanligi, u 
faqatgina ogʻzaki muloqotdan iborat boʻlmay, balki soʻzlar yordamisiz uzatiladigan 
mahlumotlarga ham boy ekanligi haqida aytib oʻtadi. Soʻzlar yordamisiz 
uzatiladigan mahlumotlar muloqotdagi noverbal komponent deyiladi. Bu xil 


29 
komponentlarni: imo-ishoralar, mimika (yuz ifodasi) va ixtiyorsiz tana harakatlarini 
muloqotga kirishayotgan har qanday odamda kuzatish mumkin. Bu xil 
komponentlarni zehn bilan kuzatish va tushunish natijasida koʻpincha 
suhbatdoshimiz ayta olmaydigan mayl, istaklari haqida mahlumot olishimiz 
mumkin. Bu xil harakatlarni kuzata olish qobiilyati inson ichki olamida yuzaga 
kelayotgan noroziliklarni oldindan sezish, suhbatdoshini "yarimta" gapidan tushuna 
olish imkoniyatini beradi. Natijada, muloqot jarayonida bu xil omillarni hisobga 
olish bu jarayonni ancha yengillashtiradi va oʻzaro tushunish hissini keltirib 
chiqaradi. 
Oʻquvchilarda bu xil bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashq taklif 
etiladi. Oʻquvchilar ikki qator boʻlib bir-birlariga qarama-qarshi holda yuzma-yuz 
turadilar. Har bir oʻquvchi qarshisidagi sherigi bilan mashqni bajaradi. 
Yuriqnoma: Tasavvur kiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga ketayotgan 
avtobusda ketayapsizlar, avtobus oynasida boshaa avtobusda ketayotgan 
tanishingizni koʻrib qoldingiz. Birinchi guruhdagilar sizlarning ysha tanishingizga 
biron zarur, muxim gapingiz bor. Imo-ishora orqali unga oʻz fikringizni 
tushuntirishingiz kerak. Ikkinchi guruhdagilar, sizlar oʻz suhbatdoshingizni imo-
ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib olishingiz kerak. 
Oʻquvchilar mashqni bajarib boʻlganlaridan soʻng boshlovchi har bir guruh 
ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat kiladi: SHerigingiz bermoqchi 
boʻlgan mahlumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruxdagilarga esa "Siz aslida 
nima demoqchi edingiz?", deb soʻraladi. Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal 
imo-ishora va xatti-harakatlar individal xususiyatga ega boʻlishi bilan birga umumiy 
tomonlarga ham egaligi tahkidlab oʻtiladi. Muloqot davomida bu jarayon
ishtirokchilarning nafaqat soʻzlari balki, xatti-harakatlari, yuz ifodasi,
tovushidagi intonatsiyalarni uqiy olish zarurligi xaqida xulosa chiqariladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling