Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ismlar — fazilatlar"
Tanishuv oʻyinlari "Qop yigʻimi" oʻyini 30 Boshlovchi koʻrsatmasiga binoan uning oʻng yoki chap tomonida turgan ishtirokchilardan bittasi oʻz ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi ishtirokchining va oʻzining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining va oʻzining ismini aytadi. SHu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh ahzolarining hammasini va oʻzining ismini aytadi. Guruh ahzolarining bir-biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi. Ikkinchi turda har bir ishtirokchi oʻziga taxallus (gul, meva, badiiy qahramon, planetalar nomi kabi) oʻylab topib, keyin oʻsha taxallus boʻyicha oʻzini tanishtiradi. Bu mashq ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash, emotsional tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin. "Olma" Qatnashuvchilar davra koʻrib oʻtiradilar. Boshlovchi "Mening ismim... Men ...ni yaxshi koʻraman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)", — deydi va olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham oʻz navbatida oʻzini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. Oʻyin barcha ishtirokchilar oʻzlarini tanishtirib boʻlgunlariga qadar davom etadi. Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin boʻlgan jumlalar: Men ... yaxshi koʻraman (kishini ismi xam boʻlishi mumkin). Bolaligimda yaxshi koʻrgan ovqatim ... (kasha) edi. Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) — ... "Ismlar — fazilatlar" Bu oʻyin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini koʻtarish, ishtirokchilar oʻzlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi. Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan, Rashid — rostgoʻylik, Murod — mardlik va hokazo). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling