Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


TRENINGDA MASHQ VA OʻYINLAR


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
lotin

TRENINGDA MASHQ VA OʻYINLAR 
 
"Buzuq telefon" mashqi. 
Maqsad: Mahlumot uzatishdagi buzilishlarni anglash. 
Mahlumotni anglangan holda idrok qilish va faol tinglash uslubini hzlashtirish. 
Yoʻriqnoma: "Ushbu mashqimizda 6 kishi ishtirok etishi kerak. Bunda 5 kishi 
xonadan tashqarida poylab turishadi, 1 kishi esa xonada qoladi. Men xonada qolgan 
odamga ogʻzaki topshiriq aytaman. Bu odam iloji boricha hamma topshiriqni eslab 
qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida turganlardan biriga) odamga aytadi. Ikkinchi 
odam uchinchisiga, uchinchisi toʻrtinchisiga va h.k. Biz esa mahlumotlar qanday 
uzatilishini kuzatib turamiz. Keyin esa xuddi shu jarayonni muhokama qilamiz". 
5 ta oʻquvchi xonadan chiqqanidan keyin boshlovchi qolgan 1 kishiga 
quyidagicha topshiriq aytadi: "Siz maktab direktorining muovinisiz. Direktorimiz 
Sobir Komilovich Sizni ancha poyladilar. Lekin kelmaganingizdan soʻng sizga men 
orqali topshiriq aytib ketdilar. Aytdilarki, u kishi hozir bizga Yaponiya 
apparaturasini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga ketdilar, u yerdan chiqib 
rayonda kengaytirilgan yigʻilishga borar ekanlar. Agar ular soat 12 gacha kelmasalar 
oʻqituvchilar majlisini oʻzingiz oʻtkazar ekansiz, bu majlisda 8 "b" sinfning 
davomatini koʻrib chiqish kerak. Keyin soat 15.00 da maktabimizga Polg’shadan 
kelayotgan mehmonlarni kutib olish uchun aeroportga 1 ta "Neksiya" bilan 1 ta 
"Damas" avtomashinasini chiqarish kerak ekan. Yana aytdilarki, soat 17.00 da 
RayONOning ijtimoiy tahminot boʻlimidan goʻsht kelar ekan. Hamma 
oʻkituvchilarga 2 kilodan goʻsht tarqatib direktorning ulushini xolodilg’nikka solib 
qoʻysangiz oʻzlari kelib olib ketar ekanlar". 
SHundan sung mahlumotlar birin-kein kirib kelayotgan oʻquvchilarga uzatila 
boshlaydi. 
Mashq soʻngida odatda mahlumotning buzilishi kuzatiladi. Mashqda ishtirok 
etgan oʻquvchilar video yordamida mahlumot mazmunini bilib oladilar. SHundan 
soʻng oʻquvchilarga har qanday mahlumotni birinchi manbadan olish zaruriyati aytib 


24 
oʻtiladi. Mahlumotlarning bir kishidan ikkinchi kishiga oʻtishi natijasida u qanchalik 
oʻzgarib ketishi paydo boʻladigan mish-mish gaplarga asos boʻlishi aytib oʻtiladi. 
Mahlumot uzatishdagi xatolarni bartaraf etish maqsadida faol tinglashni 
oʻrganish mashqi taklif etiladi. Bu mashq yoʻriqnomasiga koʻra hamma oʻquvchilar 
uch kishilik guruhlarga boʻlinadilar. Bu guruhdagi uch oʻquvchi uch xil rolda 
ishtirok etadi: gapiruvchi, tinglovchi va nazoratchi. 
Gapiruvchi hayotdagi biror bir voqeani aytib beradi va tinglovchi bu voqeani 
iloji boricha esida olib qolib, qaytadan takrorlab aytib berishi kerak. Nazoratchining 
vazifasi yoʻl qoʻyilgan xatolarni aytishdan iborat. Guruhdagi har bir ishtirokchi 
uchchala roldan birortasida ishtirok etishi shart. Ushbu mashqni bajarish orqali 
ishtirokchilar verbalizatsiya, yahni faol tinglash metodini oʻzlashtiradilar. 
SHaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarni hal etish usullari 
Maqsad: Rolli oʻyin orqali hamkorlik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni 
shakllantirish. 
Boshlovchi 10 ta oʻquvchini xonaning oʻrtasiga taklif etadi. Ular ikki qator 
boʻlib, bir-birlariga qarama-qarshi turishadi va ular oldiga yoʻriqnomaga binoan 
vazifa qoʻyiladi. 
Yoʻriqnoma: "Tasavvur qiling, siz ikkita maktabning vakillarisiz. Yaqinda 
fizika fanidan ikki kunlik olimpiada boʻlishi kerak, lekin olimpiadaning qaerda 
boʻlishi hali aniq emas. Birinchi qator — A tomon — birinchi maktab vakillari, 
ikkinchi qator esa — V — tomon — ikkinchi maktab vakillari. Olimpiada kimning 
maktabida oʻtishi hozirgi sizning harakatingizga bogʻlik. Har bir tomondagi 
oʻquvchi iloji boricha qarshisidagi sherigini har xil vahdalar, takliflar bilan oʻz 
tomoniga ogʻdirib olishga harakat qilishi kerak. Lekin bu muloqot soʻzsiz — imo-
ishoralar yordamida oʻtishi kerak. Qaysi tomonga oʻtilsa, olimpiada shuning 
maktabida oʻtadi. Buning uchun sizga ikki minut vaqt beriladi". 
Oʻkuvchilarning muloqoti tugagandan soʻng bajarilgan vazifa taxlil etiladi. 
Ishtirokchilar joylariga oʻtirganlaridan soʻng boshlovchi boʻlib oʻtgan yechim 
variantlarini flipchartga yozadi. Ushbu muzokaradagi munosabatlar quyidagicha 
boʻlishi mumkin. 


25 
1. A B. A tomon B tomonga oʻtadi va B joyida qoladi. 
Munosabatlarning bu turi B nuqtai nazaridan qaraganda raqobat deb ataladi. 
2. A B. A tomon joyida qoladi, B tomon esa A tomoniga oʻtadi. B nuqtai 
nazaridan qaraganda bu xil munosabat yon berish deb ataladi. 
3. A B. A ham B ham bir-birlarining tomoniga oʻtishmaydi va oʻz joylarida 
qolishadi, bu xil munosabat passivlik, yahni masalani hal etishdan qochish deyiladi. 
4. A B. Toʻrtinchi munosabat tipi kompramist deb ataladi. Bizning 
misolimizda olimpiada 3-bir maktabda oʻtkazilishi taklif etiladi. 
5. A B. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muammo ikkala 
tomonning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi. Yahni olimpiadaning bir 
kuni bir maktabda, ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda oʻtadi. Bu holda ikkala 
tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi tomon oʻzini kamsitilgan deb his 
etmaydi. 
Bu mashq xulosasiga koʻra, muloqotning hamkorlik uslubi eng samarali va 
konstruktiv boʻlib hisoblanadi. 
Mashgʻulotning ikkinchi yarmi nizoli vaziyatlarni hal tishga qaratilgan boʻlib, 
oʻquvchilardan biron-bir nizoli, muammoli vaziyatni aytish soʻraladi. Ushbu nizoli 
vaziyatning turli yechimlari oʻquvchilardan soʻraladi va har bir taklif etilayotgan 
variant biron munosabat turiga taalluqli deb topiladi. Odatda, muammoli vaziyat 
yechimlaridan hamkorlikka taalluqli boʻlgan variant nizoni hal etishdagi konstruktiv 
yoʻl boʻlib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni taxlil etish orqali 
oʻquvchilardan ushbu xulosa mustahkamlanadi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling