Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
lotin

 
Tanishuv oʻyinlari 
"Qop yigʻimi" oʻyini 


30 
Boshlovchi koʻrsatmasiga binoan uning oʻng yoki chap tomonida turgan 
ishtirokchilardan bittasi oʻz ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi ishtirokchining va 
oʻzining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining va 
oʻzining ismini aytadi. SHu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi 
birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh ahzolarining hammasini va oʻzining ismini 
aytadi. Guruh ahzolarining bir-biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi. 
Ikkinchi turda har bir ishtirokchi oʻziga taxallus (gul, meva, badiiy qahramon, 
planetalar nomi kabi) oʻylab topib, keyin oʻsha taxallus boʻyicha oʻzini tanishtiradi. 
Bu mashq ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash, emotsional 
tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin. 
"Olma" 
Qatnashuvchilar davra koʻrib oʻtiradilar. Boshlovchi "Mening ismim... Men 
...ni yaxshi koʻraman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)", — deydi va 
olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi 
ham oʻz navbatida oʻzini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga 
uzatadi. Oʻyin barcha ishtirokchilar oʻzlarini tanishtirib boʻlgunlariga qadar davom 
etadi. 
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin boʻlgan jumlalar: 
Men ... yaxshi koʻraman (kishini ismi xam boʻlishi mumkin). 
Bolaligimda yaxshi koʻrgan ovqatim ... (kasha) edi. 
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) — ... 
"Ismlar — fazilatlar" 
Bu oʻyin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini koʻtarish, ishtirokchilar 
oʻzlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi. 
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan 
shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan, 
Rashid — rostgoʻylik, Murod — mardlik va hokazo). 


31 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling