Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


“Gʻaram, tepalik, soʻqmoq”


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
lotin

“Gʻaram, tepalik, soʻqmoq” 
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga boʻlinadilar. Har bir guruh ahzolari bir-
birlarining qoʻllaridan ushlab, davra quradilar. Oʻyin ishtirokchilarning oʻng 
tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan "Soʻqmoq" 
deyilganda ishtirokchilar bir qator boʻlib oʻtirib olishlari kerak. 'Gʻaram" deyilganda 
har bir guruh 2 kichik guruhga boʻlinadi va bir-biriga yuzma-yuz boʻlib, qoʻllarini 
birlashtirib yuqoriga koʻtaradilar. "Tepalik" deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir 
qator boʻladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi oʻtirib oladi, 
natijada tepaliklar koʻrinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi 
bajargan guruhga 1 ball beriladi. SHunday qilib eng koʻp ball jamgʻargan 
gʻolib deb topiladi. 
“Qaerga, qaerga" 
Guruh ahzolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar oʻz 
raqamlarini eslab qolishlari kerak. SHundan soʻng ular aralashib ketishadi. 
Boshlovchi oʻrtada turib ikkita sonni aytadi. SHu raqamlar bilan nomlangan 
ishtirokchilar "qaerga, qaerga" deb bir-birlarining oʻrinlariga oʻtib olishlari zarur. 
Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan 
ishtirokchi oʻyinni davom ettiradi. 
"Qayta tuzilish" 
Ishtirokchilar 2 guruhga bqlinadilar va boshlovchi ishorasi bilan turli 
belgilarga koʻra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar (masalan, oyoq kiyimining 
oʻlchami, tugʻilgan kuni va h.k.lar hisobiga olinishi mumkin). 


33 
 
"Ishonch paravozi" 
Barcha ishtirokchilar bir qatorga tizilishadi. Birinchi ishtirokchidan tashqari 
guruh ahzolarining hammasi koʻzlarini yumishadi va bir-birlarining belidan ushlab 
olishadi. Birinchi ishtirokchining vazifasi — "paravoz"ni xona boʻylab toʻsiqlar 
(yoʻllar) orasidan olib yurish, qolganlar esa oldindagi ishtirokchining harakatlariga 
mos ravishda toʻsiqlar orasidan urinmay-surinmay ltishlari darkor. 
"Yomgʻir" 
Ishtirokchilar aylana koʻrinishida turib olishadi Bunda jimlik hukm surishi 
kerak. Boshlovchi hozir siz yomgʻir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening 
harakatlarimni takrorlashingiz kerak", — deydi. Boshlovchi oʻrtada turib har bir 
ishtirokchining oldiga keladi va uning koʻziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib 
koʻrsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa 
harakatni koʻrsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur. 
Harakatlar: 

Kaftlarni bir-biriga ishqalash; 

Barmoqlarni qirsillatish; 

Tizzalarni shapatilash; 

Tizzalarni shapatilab, oyoqlarni doʻpillatish; 

Tizzalarni shapatilash; 

Barmoqlarni qirsillatish. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling