Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy muomala malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan «Ijtimoiy-psixologik trening» dasturi 1 Kirish
Barmoq tashlash Guruhning hamma ishtirokchilari doyra shaklida oʻtiradilar. Yoʻriqnoma: "Hozir hammamiz birgalikdagi quyidagi topshiriqni hal etishimizga toʻgʻri keladi: Men "bir, ikki, uch", — deb sanayman va hamma tezlik bilan, bir vaqtning oʻzida bir-biri bilan kelishmasdan, gaplashmasdan, qoʻldagi panjalarni xohlagan miqdorda tashlaydi". Mashq hamma bir xilda barmoq tashlamaguncha 35 davom etaveradi. Davraning hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini tashlaganda mashq tugagan hisoblanadi. Mashqlar turlicha oʻtishi mumkin. Bahzan guruhga vazifa yechilmaguncha oʻttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, bahzan toʻrt-besh marta yetarli boʻladi. Har qanday holatda ham, mashq muhokama qilish uchun boy mahlumotlar beradi. 36 Kasbiy muomala malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan «Ijtimoiy-psixologik trening» dasturi 1 Kirish Ijtimoiy-psixologik trening qatnashchilarda kasbiy muomala malaka va koʻnikmalarini rivojlantirish, boshqalar bilan samarali kommunikativ aloqalar oʻrnatish qobiliyatini oshirishga, hamkorlikka xalaqit beruvchi ichki toʻsiqlarni yengib oʻtishga va oʻz shaxsiy sifatlarini anglashga yordam beradi. Mashgʻulotlar 2- 3 soatga moʻljallangan boʻlib 1 oy vaqt davomida oʻtkaziladi. Mazkur kurs 10 ta mashgʻulotdan iborat boʻlib, har bir mashgʻulot kirish va xotima qism sifatidagi «salomlashish» hamda «xayrlashuv» anhanalari hamda oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boruvchi trening mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari «tanishuv» treninggi butun trening kursi davomida turli maqsadlarni koʻzlovchi vosita sifatida har bir mashgʻulot ichiga singdirilgan. Ijtimoiy-psixologik trening guruhning bosqichma-bosqich rivojlanishi hamda guruh ahzolarining oʻz-oʻzini tushunib yetishi printsiplari asosida qurilgan. Har bir uchrashuv oldingisining mantiqiy davomi boʻlib hisoblanadi. Mashgʻulot guruhda oʻzaro ishonch muhitini yaratishga imkon beruvchi mashqlardan boshlanadi. Uchrashuv soʻngida qatnashchilar bilan mashgʻulotdan olingan tahsurotlar hamda oʻzlashtirilgan malaka va koʻnikmalar boʻyicha natijalar muhokama etiladi. Trening natijalarini baholash hamda trening samaradorligini oʻrganish maqsadida qatnashchilar bilan treningdan oldin va undan keyin kommunikativ qobiliyatlarni baholash testi oʻtkaziladi. SHuningdek, trening qatnashchilarining mashgʻulotlardan oldin va undan keyin «Oʻz-oʻzini baholash» anketalarini toʻldirishlari yordamida shaxsiy xususiyatlar va qatnashchilar «men»ligida yuzaga kelgan oʻzgarishlarni aniqlash mumkin. 1 Ijtimoiy psixologik trenig dasturi psixologiya fanlari nomzodi I.Aslonov tomonidan 2015 yilda ishlab chiqilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling