Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
lotin

1. Salomlashish an’anasi 
2. «Assotsatsiyalar zanjiri» – Qatnashchilardan biri qoʻlidagi koptokni biror-
bir qatnashchiga otar ekan inson emotsional holati yoki uning shaxsiy sifatini 
anglatadigan biror-bir tushunchani aytadi. (Masalan, mehribonlik, achchiqlanish
quvonch va boshqalar). Keyingi qatnashchi koptokni boshqaga otar ekan, ushbu 
tushuncha natijasida tasavvurida hosil boʻlgan assossatsiyani aytadi. SHu taxlidda 
koptok davrani bir yoki bir necha marta aylanishi mumkin. 
Maqsad: qatnashchilar ichki dunyosini ular uchun muhim boʻlgan 
tushunchalar orqali ochish, muloqotdagi sherikning ichki dunyosiga yanada 
chuqurroq kirib borish. 
3. «Assotsatsiyalar» – guruh ahzolaridan biri boshlovchi boʻladi va xonadan 
chiqib turadi. Qolganlar guruhdagi biror qatnashchini tanlashadi. Boshlovchi qaytib 
kirib, guruhga quyidagicha savol berishi mumkin: «Agar ushbu odam baliq (hayvon, 
ob-havo va boshqalar) boʻlsa. U qanday boʻlardi?» Qatnashchilar navbati bilan 
mazkur kishi haqidagi oʻz assotsativ tasavvurlarini bayon qilishganlaridan soʻng 
boshlovchi tanlangan kishini topishi lozim. Agar urinish behuda ketsa, boshlovchi 
yana bitta savol berishi mumkin. Keyin esa boshlovchi almashinadi. 
Maqsad: «teskari aloqa»ni tahminlash, turli obhektlar bilan solishtirgan holda
oʻzgalarning sifatlari haqida fikr yuritish malakasini rivojlantirish. 
4. Suhbat olib borish malakasini rivojlantirish treningi – Guruh juftliklarga 
boʻlinadi. Birinchi bosqichda juftlikdagi bir qatnashchiga muomaladagi sherigidan 
faqat toʻliq javoblar berishni talab etadigan ochiq savollar bilan murojaat etish 
soʻraladi. 
Masalan, yopiq savol – Siz yotoqxonada yashaysizmi? Bunday savol toʻliq 
axborot berishni talab etmaydi. «Ha» yoki «Yoʻq» degan qisqa javob qaytarilishi 
mumkin. Ochiq savol – Siz qaerda yashaysiz? Bu savolga iloji boricha toʻliq javob 
qaytarish lozim boʻladi. 


43 
Juftlikdagi ikkinchi qatnashchi esa soʻrov mazmuni doirasidan tashqari oʻzi 
haqidagi qoʻshimcha mahlumotlarni qoʻshgan holda kengroq javob berishga harakat 
qiladi. (Masalan: «Men talabalar yotoqxonasidagi xonada ikkita hamxonam bilan 
birga turaman»). Qatnashchilar 5 minut davomida navbati bilan ochiq savollar berish 
va unga erkin tarzda batafsil javob qaytarishni mashq qilishadi. 
Ikkinchi bosqichda juftliklardagi bir qatnashchi koʻngilli tarzda erkin 
axborotlar yoki shaxsiy tajribasi asosidagi mulohazalari qida gapira boshlaydi. 
Ikkinchi qatnashchi esa teskari aloqani tahminlab, mahlum axborotlarni 
tushuntirishni soʻraydi, suhbatdoshning soʻzlarini qaytarib, mavzuga boʻlgan diqqat 
ehtiborini namoyish etadi va iloji boricha suhbatni choʻzishga harakat qiladi. 
Boshqacha qilib aytganda suhbatdoshni diqqat bilan tinglayotganligini 
namoyon etadi. Suhbatdoshning soʻzlarini qaytarib soʻralishi, uning fikr-
mulohazalarini verbal va noverbal vositalar yordamida mahqullab turilishi 
boshqalarning siz tomoningizdan eshitilayotganligi va toʻgʻri tushinilayotganligini 
tekshirish imkonini beradi. 5 minutdan soʻng sheriklar oʻrin almashadilar. 
Ikkala bosqich orasida juftliklar oʻz kechinmalari va duch kelgan 
qiyinchiliklar haqidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashadilar. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling