Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna
"Juftlik asosida tanishuv"
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Orqama-orqa"
"Juftlik asosida tanishuv"
Ishtirokchilar juft-juft boʻlib 10 minut davomida bir-birlariga oʻzlari haqida mahlumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir-birlarini tanishtirgunlariga kadar davom etadi. Ahillashtiruvchi oʻyinlar "Botqoqlik oʻyini" Buning uchun kartondan yasalgan oʻrtacha kattalikda "likopchalar" kerak boʻladi. Ularning soni 9 ta boʻlishi kerak. Guruh ahzolari qator boʻlib, birin-ketin tarelkalarga oyoq qoʻyib botqoqlikdan oʻta boshlaydilar, atrofda esa (ikkinchi guruh ahzolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar tarelkalarni olib koʻyishga shay turadilar, maqsad har bir guruh ahzosi tarelkalardan oyoq uzmasligi, hech boʻlmaganda bir oyoqning uchi bilan ularni bosib turishi kerak. Agar guruh ahzolari ittifoq boʻlib harakat qilsalar, magʻlubiyatsiz botqoqlikdan oʻtadilar, bironta likopchani timsohga bermaydilar. "Avtobus" Ishtirokchilar ikki guruhga boʻlinadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus oʻrindiqlari sifatida stullardan foydalanish mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib oʻtiradilar. Hamma ikki avtobusga joylashib boʻlgach, boshlovchi birinchi avtobus yurmasligini, u buzilib qolganligini mahlum qilib, hamma ikkinchi avtobusga oʻtishi kerakligini aytadi. Bu oʻyin boshlovchiga guruhga ishtirokchilar orasida bir-biriga ishonchni rivojlantirishga yordam beradi. Toping-chi, bu kim? Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh ahzolaridan kimningdir 10 tadan kam boʻlmagan xarakter xususiyatlarini qogʻozga yozadi, lekin kim haqda yozganligini, hatto oʻgʻil yoki qiz bolaligini ham hech kimga aytmaydi. Qolgan ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gan kim haqda 32 ketayotganligini topishlari lozim. Agar guruh gan kim haqida ketayotganligini qanchalik tez topsa, uni tahriflagan ishtirokchi mohir odam sifatida ragʻbatlantiriladi. "Orqama-orqa" Ishtirokchilar xona boʻylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana ahzolaridan birining nomini aytadi, masalan, "orqa" deydi. SHunda ishtirokchilar oʻzlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. Oʻziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa oʻrtaga chiqadi va oʻyinni davom ettirish uchun boshqa tana ahzolarining nomini aytadi (masalan qoʻl, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo). Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling