5-mavzu. Quyma olish usullari. Metall qoliplarda (kokilda) quyma olish. Bosim ostida
quyma olish. Erib ketadigan modellar asosida qolip tayyorlash va quyma olish. Markazdan
qochma kuch asosida quyma olish. Metall quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularni yuzaga
kelish sabablari va oldini olish tadbirlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Aqliy
hujum, blits, jadval, baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1, A2, Q1, Q2
6-mavzu. Konstruksion materiallarni payvandlash asoslari. Payvandlash tasnifi.
Payvandlash turlari. Payvand birikmalari va choklari turlari. Elektrik yoy yordamida
payvandlashni fizik asoslari. Metallarni elektr yoyi yordamida payvandlash, flyus ostida avtomat
payvandlash. Gaz yordamida payvandlash. Himoyalovchi gazlar muhitida elektr yoyi yordamida
payvandlash. Argon muhitida payvandlash. Elektroshlak usulida payvndlash. Elektron nur bilan
payvandlash. Gaz yordamida payvandlash tamoyili. Metallarni gaz kislorod yordamida va
plazma yoy usulida kesish. Metallarni kavsharlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |