Asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir


Fannning maqsad va vazifalari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/61
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#209143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
00000000000Матер-к ишчи дастур EУТТ 2020 2

 

Fannning maqsad va vazifalari 

O‘zbekiston Respublikasi mashinasozlik sanoati rivojlangan dunyodagi bir qator yetakchi 

mamlakatlar  hisobiga  kiradi.  Mashinasozlik  ishlab  chiqarish  rivojlanishiga  materiallarga 

o‘qimishli  to‘gri  ishlov  berish  juda  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Yaqin  besh  yillik  ichida  sanoat 

maxsulotlarini  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirish  vazifasi  qo‘yilmoqda.  Ishlab  chiqarishni 

modernizatsiya  qilish,  tehnik  va  texnologik  qayta  jihozlash  ustuvor  vazifalari  mavjud. 

“Materialshunoslik”  o‘quv  fani  muhandislik  ta’lim  sohasidagi  ta’lim  yo‘nalishlari  mexanik 

o‘quv  fanlarining  poydevoridir.  Shuning  uchun  bu  fan  texnika  oliy  yurtlarining  deyarli 

barchasini o‘quv rejasida turibdi.  

Ushbu fan dasturi konstruksion materiallarni turlarini, belgilanishini, tuzilishini xossalari, 

yangi  materiallar,  xossalarini  boshqarish  hamda  bulardan  buyumlar  ishlab  chiqarish 

texnologiyalarni  barchasini  o‘rganish  masalalarini  o‘z  ichiga  olgan.  Ayniqsa,  ishlab  chiqarish  

texnologiyalarini  zamonaviylarini  va  istiqbollilarini  texnika-iqtisodiy    tavsifi  va  bularni  ishlab 

chiqarish jarayoniga joriy qilish alohida o‘rin olgan. 

Sanoatni kuch quvvat darajasi ko‘p jihatdan jamiyatni kuch quvvat darajasini ta’riflaydi. 

Ishlab  chiqarish  maxsulotlari  sifati  va  raqobatbardoshligini  –  iqtisodiyligini,  ishlatilayotgan 

materiallarni  to‘g‘ri  tanlashga  bog‘liq.  “Materialshunoslik”  fani    shu  masalalar  bilan 

chambarchas  bog‘langan.  “Konstruksion  materiallar  texnologiyasi”  bo‘limida  asosiy 

konstruksion    materiallarni  xossalarini,  ularni  boshqarishni    (yaxshilash  manosida),  istiqbolli 

yo‘nalishlarni  o‘rgatadi.  “Texnologiya”  bo‘limlarida  an’anaviy  ishlab  chiqarish  usullari 

(quymakorlik,  bosim  bilan  ishlash,  payvandlash,  qirqib  ishlash)  bilan  bir  qatorda  zamonaviy 

ilg‘or usullar  ham ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan tavsiya  va   misollar  bu  sohadagi  ilm-fan  yutuqlari 

natijalaridan kelib chiqqan. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling