3
KIRISH
Respublikamizning texnik-iqtisodiy va sotsial taraqqiyoti jadal suratlar bilan
rivojlanishida mashinasozlik alohida ahamiyatga ega bо‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy
etish bilan bir qatorda texnika-iqtisodiy talablarga tо‘la javob beradigan yuqori sifatli
konstruksion materiallar yaratish, ulardan tejamli foydalanish kabi vazifalarni hal qilish lozim.
Bu vazifalarni bajarish kо‘p jihatdan fan va texnikaning rivojlanish darajasiga, sanoatning yuqori
sifatli va unumli mashinalar bilan ta’minlanganligiga, ishlab chiqarishda mehnatning ilmiy
asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Fanning dasturi metal va nometal materiallarning ichki tuzilishi, strukturasi xossasi
ishlatililishi va markalanishi hamda bu kattaliklarni о‘zoro aloqasini ularning turli ta’sirlar
natijasida о‘zgarish qonuniyatlari zagatovka va mashina detallarini tayyorlash va ishlov
berishning texnologik usullari, ularning texnika-iqtisodiy tasnifi hamda qо‘llash sohalari shu
usullarda kо‘p ishlatiladigan asbob, moslama va jihozlarning prinsipial sxemalari, tayyorlanish
usullarini e’tiborga olish, ishlov berish uchun qulay bо‘lgan zagatovka tuzilishlarini
rejalashtirishning asosiy yо‘llari bilan bog‘liq bо‘lgan bilimlarni qamrab olgan.