Asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
00000000000Матер-к ишчи дастур EУТТ 2020 2
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “Materialshunoslik” fanini о‘zlashtirish jarayonida talaba: -metallar tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar; -plastik deformatsiya va rekristallanish (qayta kristallanish); -rangli va qora metallar olish; -rangli metallarga ishlov berish nazariyasi asoslari va texnologiyalari; -nometall materiallar, nometall materiallar ishlab chiqarish; -zamonaviy nazariy va amaliy materialshunoslikning rivojlanish yо‘llari; -materiallarning nazariy va amaliy mustahkamligi, plastik diformatsiyalanishi va darz ketish mexanizmi; -material va buyumlarni tadqiqot qilish usullari va sifatini nazorat qilish haqida tasavvurga ega bо‘lishi; 4
-temir rudalari, quymakorlik qoliplar, payvandlash, korroziya, flyus, kavshar, presslash, shtamplash, bosim bilan ishlov berish nazariyasi asoslari, qotishmalar nazariyasi, temir-sementit tizimining xolat diagrammasi, uglerodli pо‘latlar, chо‘yanlar, legirlangan pо‘latlar, pо‘lat va chо‘yanlarga termik ishlov berish nazariyasi asoslari va texnologiyalarini; -materiallarni kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishini: kristall panjaralar va ularni turlarini: kristall panjaradagi nuqsonlarni: metall va qotishmalar haqida umumiy ma’lumotlarni , ularni kristallanish jarayonlarini: materiallarni fizik, kimyoviy, mexanik, texnologik va ekspluatatsion xossalarini; -materiallarni tadqiqot qilish usullarini: ikki komponentli qotishmalarni holat diagrammalarini: pо‘lat, chо‘yan va ularni turlarini: materiallarni termik va kimyoviy-termik ishlash nazariyasi va texnologiyasini: mashinasozlikda ishlatiladigan rangli metallar va ularning qotishmalari haqidagi bilimlarni: nometall, kompozitsion va boshqa materiallarni; -kimyoviy-termik ishlov berish asoslari, konstruksion va asbobsozlik pо‘latlari va qotishmalari, alohida fizik-kimyoviy xususiyatli pо‘lat va qotishmalar, rangli metallar va qotishmalar, kukunli qotishmalar, nometall materiallar, materiallarning mustahkamligini va mashina detallarining ishonchliligi va muddatiy chidamliligini oshirish yо‘llarini, payvandlashda ishlatiladigan asbob-uskuna va moslamalar, quymasozlik, metallarga bosim ostida ishlov berish, metallarni payvandlash, chilangarlik asoslari, kesish jaryoni va uning asosiy elementlari, kesish jarayonining fizik asoslari, yо‘nishda kesish tezligi va kuchi, yо‘nishda kesish rejimini belgilash, metall kesuvchi stanoklarning asosiy mexanizmlari, tokarlik, parmalash-yо‘nish, frezerlash, silliqlanish-jilvirlash, yо‘nish, qoqish, tortish va tish ochish stanoklarining guruhi va ularda ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi; -materiallarga ishlov berish usullari; -metall kesuvchi stanoklarni ishlatish; -mashinasozlik texnologiyasi asoslari; -mashinasozlik sohalarida ishlatiladigan detal, zagotovka, uzel va boshqalar uchun bilimlarga asoslangan holda materiallar tanlab olishi; -keskichlar, parmalash, zenkerlash, kengaytirish, tekis yо‘nish, qoqish, tortish, frezerlash, tish ochish, rezba ochish, silliqlash va jilvirlash, plastik deformatsiyalab ishlov berish, ishlov berishning fizik-kimyoviy metodlaridan foydalanish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak; -mashinasozlikda qо‘llaniladigan zagotovka, yarim tayyor mahsulot va detallarni tayyorlashda material va ularni tayyorlash texnologiyasi tanlashni bilishi va ulardan foydalanish malakalariga ega bо‘lishi kerak.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling