Asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
00000000000Матер-к ишчи дастур EУТТ 2020 2
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
5
Talabalar “Materialshunoslik” fanini о‘zlashtirishlari uchun о‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni о‘zlashtirishda darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi maket va dastgohlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Fanni о‘zlashtirishda yо‘nalishning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, interaktiv usullarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlarni о‘zlashtirishda EHM axborot bazalaridan, INTERNETdan tо‘liq foydalaniladi. Bundan tashqari fanni о‘qitishda texnik vositalarning barcha turlaridan keng foydalaniladi. Mustaqil ish jarayonida talaba texnik adabiyotlar va meyoriy hujjatlar bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, mashg‘ulotlar vaqtida qabul qilgan informatsiyani tо‘g‘ri mushohada qilish qobiliyatini kо‘rsatishi zarur. Mazkur fanni о‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari qо‘llanilishi nazarda tutilgan: -materialshunoslik bо‘yicha ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalarini; -materialshunoslikni о‘rganish mavzularida о‘tkaziladigan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida aqliy hujum, klaster, sinkveyn kabi pedagogik texnologiyalarini; -materialshunoslik mavzularida о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash texnologiyalarini qо‘llash nazarda tutiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling