Асосий қисм
JURNALISTIKA SOHASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Download 297.5 Kb.
|
JURNALISTIKA JANRLARI
JURNALISTIKA SOHASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
XVI asrda Venetsiya Yevropadagi ulkan savdo markazlaridan biri edi. Yirik mulkdorlar (burjua) vakillari, savdogarlar, kema kapitanlari ushbu shaharda tovarlar sotish va sotib olish bilan shug'ullanardilar. Shuning uchun mahsulotlar narxi, kem alarliarakati va iqtisodiy-siyosiy voqealar ko'proq qiziqtirardi. Oldingi boblarda aytib o'tilganidek, bunday axborotlami tayyorlab tarqatishni esa m axsus byurolar o‘z zimmasiga oldi. Asosiy vazifasi «yangiliklar yozish»dan iborat bo‘lgan byurolar shunday xabarlar bitilgan qo‘lyozma varaqalam ichiqarish bilan mashg‘ul edi. Varaqalar mayda tanga - gadzettaga-sotilardi. Biz bugun OAVdan biriga nisbatan qo‘Ilaydigan «gazeta» so'zi aslida ana shu qadimgi Venetsiya kumush tangasi nom idan olingan. Venetsiyada hozirgacha «Gadzettino* nomli gazeta chiqib turadi. Xabarlarni shu tarzda yig‘ib, to ‘plab obunachilarga yetkazish gazetaning vujudga kelishi tomón qo'yilgan yana bir qadam bo‘ldi. XVI asrning ikkinchi yarm ida bu ish bilan nem is Fuggerlar savdo uyi xodimlari muvaffaqiyat bilan shug'ullana boshlashdi. Ular nafaqat qo'lyozm a usulida tayyorlangan xabarlar varaqasini tarqatishgan, balki bosma dastgohdan ham foydalatiishgan, degan taxminlar bor. Ushbu bevosita bugungi gazetalaming uzoq ajdodi deyishimiz m um kin. Zam onaviy tipdagi gazetalaming haqiqiy ajdodlari esa faqat XVII asrga kelib to ‘Uq shakllandi. 1603-yili Angliya taxtiga Mariya Styuaitning o‘g‘li shotland qiroli Iakov (1603—1625) o ‘tirdi. Aslida, Styuartlar sulolasi hukmronligida matbaachilikning ahvoli yanada yomotüashgan edi. Bu davrda asosan puritanlar va independentlam ing asarían ta’qib ostiga olingandi. Oldingi davrdagi qalin kitoblar o'mini endilikda «uchar varaqalar» va risolalar egallay boshladi. Styuartlar saltanatida aholi o'rtasida protestantlik oqimiga moyillik kuchii bo‘lsa-da, sulolaning o‘zi katolîsizm tarafdorl edi. Ommada to'la erkinlikka, shaxsiy e’tiqodga, diniy mustaqillikka intilish kuchii bo'lganligiga qaramasdan, Styuartlar bu bilan hisoblashishni xayollariga ham keltirmasdilar. Qamoqqa olishlar, qiynoqlar va boshqa choratadbirlar o'sha davr uchun xos xususiyat bo‘lib qolgandi. Bunday tazyiqlar siyosatiga misol qilib Yulduzlar palatasi tojnonidan 1637~yilda qabul qilingan kitob nashri haqidagi dekretni keltirish mumkin. Mazkur dekret 33-m oddadan iborat bo'lib, unda nashriyot mahsulotlari va vvvvvv.ziyouz.com kutubxonasi chetdan keltirilgan kitoblar senzura qilinishi qat’iy belgilab quyildi. Shunga binoan, yuridik yo‘nalishdagi kitoblar oliy sud mahkamasi, siyosiy mazm undagi kitoblar davlat kotiblari, qolgan adabiyotlar esa Kenterberiy arxiepiskopi va London episkoplari ixtiyoriga berilib, ular ko‘rigidan o‘tkazilardi. Qo‘lyozm alar senzuraga ikki nusxada taqdim etilib, ingliz cherkovi, davlat va hukum at manfaatlariga ham da milliy qadriyatlarga zid kelmagan kitobiarnigina nashr etishga ijozat berilardi. Nashrdan chiqqan h ar qanday kitob shu vaqtning o‘zidayoq M atbaachilar kompaniyasining ro‘yxatlar kitobida qayd etilib, uyerda m atbaachi noshir va muallifning nom lari ko‘rsatilardi. Bosmaxonalarni esa, avvalgidek, London, Oksford, Kembrij kabi shaharlardan tashqarida tashkil etish mumkin em asdi; qolaversa, ulam ing soni hatto ushbu shaharlarda ham qat’iy chegaralab qo‘yilgandi. Matbaachilik sohasi bilan shug‘ullanuvchilar ma’lum talablarga javob berishlari va har bir m asalada ruhoniylar ham da oliy komissiya a ’zolarining ruxsatini olishlari kerak edi. Xorijiy nashrlar bojxonalarda ushlanib, qattiq tekshiruvdan o ‘tkazilardi. Karl I tomonidan parlam entsiz, Yulduzlar palatasi va favqulodda sudlarning shafqatsiz tadbirlari'yordamida amalga oshirilgan o ‘n bir yillik boshqam v davrida shotland qo'zg'oloni, U zoq parlam ent, o zaro ichki urush hamda «sotqinligi va ichki urushni keltirib chiqarganligi uchun* qirolni qatl etish voqealari bo‘lib o‘tdi. Karl I hayotligi davridayoq, 1641-yilda Uzoq parlament Yulduzlar palatasini tugatdi, shu bilan birga uning matbuot ishlari bo‘yicha chiqargan barcha ko‘rsatm alari ham bekor qilindi. Lekin matbuot erkinligi uzoqqa cho'zilmadi. Ikkala palataning 1643- yil 14-iyundagi qaroriga ko'ra, «din va hukum atni yanada ulug‘lash»ni ko‘zlab senzuradan o’tkazilm agan va Matbaachilar kompaniyasining ro‘yxatlar kitobida qayd etilm agan ko‘plab kitoblar chiqib ketdi. Shundan keyin kitoblami oldindan senzura ruxsatini olmasdan va «eski odatlarga ko‘ra* Kompaniyaning ro ‘yxatlar kitobida qayddan o'tkazm asdan turib chop etish yana taqiqlandi. Bundan tashqari, Kompaniya agentlari va parlamentning bazi a’zolariga «ruxsat etilm agan joylarda o'rnatilgan bosm a dastgohlarni gohigohida obdan tekshirib chiqish* ixtiyori beriladi. Ayg‘oqchilarga bosma dastgohlarni, ularning egalarini, taqiqlangan kitoblarni chop etgan m ualliflar va umuman, bunday ishga aloqador barcha shaxslari qamoqqa olish huquqi berildi. Bekor qilingan qonunlarga qaytilishiga parlamentdagi partiyalarning turli m aslakda ekanliklari sabab bo‘ldi. Respublika e Ion qilinishini xalq hokim iyati va e ’tiqod erkinligi tarafdori bo‘lgan independentlar partiyasi yoqlab chiqadi. Lekin turli tarzdagi cheklovlar va asosan qattiq senzura tarafdorlari bo‘lgan presvitarianlar parlam entda ustun kelishadi. Bunday holatni bartaraf yetish uchun Renodo manzillar idorasini («Burean d'adresse et de rencontre») tuzadi va odamlar u yerdan o ‘zlari uchun zarur m a’lumotlarni olib turishadi. Renodo o'sha davr talabini to'g'ri anglab etgan edi, ushbu idora atrofida juda ko'p mijozlar to‘planishadi va shu bilan birga bu yerda turli xabarlar ham yig‘ila boshlaydi. Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanish maqsadida Renodo homiysi Rishele yordamida bir nashr tashkil etadi, birinchi soni 1631-yiI 30-mayda chop etilgan bu nashmi odamlarga ancha tanish oddiygina «Gazeta» so‘zi bilan nomlaydi. «Gazeta» boshida haftasiga bir marta, dushanba kunlari nashr etib turiladi. Ikkkinchi yili uning hajmi ikki baravar kengaytirilib, birinchi bo‘Iimi eski nomda, ikkinchi bo iim i esa «Nouvelles ordibnaries de divers endroits» (Turli joylardan kelgan oddiy xabarlar) nomi ostida chiqa boshlaydi. Bundan tashqari, gazetaning so‘nggi oydagi voqealar sharhi berilgan oylik ilovasimng nashri ham yo'lga qo‘yiladi. Renodo o‘limidan keyin gazetani uning o ‘g‘illari chiqarishda davom etishadi. 1762- yildan u haftasiga ikki marta, dushanba va chorshanba kunlari «Fransiya gazetasi» nomi bilan chiqarila boshlaydi va ushbu nomda hozirgacha chop etümoqda. Renodoning gazetasi uzoq yillar davomida tengsiz bo‘lib keldi, chunki uning asoschisi istisno holda ushbu gazetani «chop etish, sotish, tarqatishni, ham ichki, ham tashqi xabarlarni yetkazishni boshqa shaxslar amalga oshirishi mumkin emas» degan imtiyozga ega edi. Albatta, bu kabi imtiyoz boshqa kundalik nashrlar rivojiga to‘sqinlik qilib turdi. Barcha matbuot nashrlari uchun qulay sharoit faqat Buyuk fransuz inqilobidan keyin paydo bo‘ldi. Garchi 1785-yil 2-martda «Qonunchilik, yurisprudensiya masalalari liaqida yozishni hamda qirollik qonunlarini vvvvvv.ziyouz.com kutubxonasi sharhlashni taqiqlash haqida» buyruq chiqarilgan bo‘lsa-da, erkinlik allaqachon havoda kezib yurardi. Inqilobgacha amal qilgan matbuot qonunchiligi haqida fikr yuritishdan oldin mutlaq islohot davrini esdan chiqarmaslik kerak. Undan keyin reaksion katolitsizmning kuchayishi o‘rta asrlardagi monarxiya qatlamini absolutizmga olib keldi. Qachonlardir davlat hokimiyatini qirol bilan baham ko‘rib kelgan ushbu qatlam vakillarj o‘z mavqelarini yo'qota boshlagan edi. Ular oxirgi marta 1614-yilda o‘z yig‘inlarini o‘tkazib, shundan keyin 175-yil davomida to‘planmadilar. Doimiy armiyaga suyangan davlat hokimiyati bu qatlamning mavqeyini yo‘qqa cliiqara bordi. Mahalliy boshqaruv markaz buyrug‘iga bo'ysunadigan hukumat mulozimlarining qo'liga o ‘ta boshlagan, ular esa o‘zlari harakat qilayotgan joylaming manfaatlarini unutishgan edi. Qirol hukumati kuchaygan sari lining matbuotga munosabati shafqatsiz tus ola bordi. Shu bilan birga, hukmdorlar qirol hokimiyatining ilohiy kelib chiqishi haqida iezuitlar ilgari surgan ta’limotdan ham unumli foydalanishardi. Bu nazariyaga ko‘ra, qirollar xalqni eng Oliy Zot irodasiga binoan boshqaradilar va xalq oldida javobgar emaslar. 1757-yildagi Deklaratsiyada «dinga nisbatan hujumga yoki aqlni qarshi qo‘yishga, qirol hukumatini haqorat qilishga va davlat tartibini buzishga chorlaydigan materiallar yozgan yoki chop etgan» har bir kimsa o'lim jazosiga tortiladi, deb belgilab qo'yildi. Dyuponning ina’iumotiga qaraganda, 1660-yildan 1756-yilgacha 869 muallif, matbaachi, kitob sotuvchi va gazetachi Bastiliya qamoqxonasida yotib chiqqan. Rokenning guvohlik berishicha, 1715-yildan to 1789-yilgacha Davlat kengashi, parlament, Parij sudi va Katta kengash tomonidan muhokama qiiingan 850 ga yaqin turli nashrlar yo‘q qilingan yoki taqiqlangan. Bulardan tashqari, matbaa nashrlari mhoniylar sudi va mahalliy fuqarolar tribunalining senzurasi tomonidan ham turli tazyiqlarga uchragan. Lekin ushbu hujumlar halokatga yuz tutgan absolutizmning oxirgi chiranishlari edi.. Chunki ushbu eski tartiblarni 1789-yilgi Buyuk inqilob ag'darib tashladi. Bu davrda mashhur matbaachi Iogann Karolus 1609-yilda Germaniyada birinchi marta dunyo yuzlni ko'rgan ikki gazetadan biri - «Relatsion»ni nashr eta boshladi. Ikkinchi gazeta «Avizo* (E’lonlar) deb atalib, Volfenbyuttelda chop etildi. XVII asming 30-yillari oxiriga kelib 30 ga yaqin gazeta nashr etilgan boisa, XVIII asr boshida bu raqam 200 dan oshib ketdi. Download 297.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling