Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити


-rasm. Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi


Download 52.17 Kb.
bet3/10
Sana26.10.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1723215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
asosiy vositalar hisobi

1-rasm. Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi


Uzatuvchi moslamalar sifatida mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga etkazib berishga xizmat qiladigan, energiya va axborotlarni etkazishda tugallangan funktsional qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) tan olinadi.
Mashina va uskunalar o‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, ish mashina va uskunalari, o‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar va hisoblash texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar guruhlaridan tarkib topadi.
Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini ishlab chiqaradigan yoki turli ko‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik harakat quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar) hisobda aks ettiriladi.
Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari va vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ta’sir ko‘rsatishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (dastgohlar, tsex uskunalari, kompressorlar, nasoslar, elektr va gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir.
O‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi.
Mebel va ofis jixozlari - idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan idoragi divan, kravat va boshqalardir.
Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirishga mo‘ljallangan vositalar bo‘lib, ular kompyuterlar, printerlar, nusxa ko‘chirish vositalari, yozuv mashinalari va boshqa kompyuter vositalari hisoblanadi;
Transport vositalari - kishilarni hamda yuklarni va turli maqsadlardagi buyumlarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari: temir yo‘l, suv, havo transporti harakati tarkibi, shahar transporti harakati tarkibi (metropoliten vagonlari, tramvay), avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llaridir.
Ishchi hayvonlarga har bir etilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, mahsuldor hayvonlarga esa sigir, buqa, qo‘y, qo‘chqor, echki, cho‘chqa kabilar kiritilib, har biri alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: mevali va manzarali daraxtlarga guruhlanadi .
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, sport inventarlari va boshqalar kiradi.
Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining qarorlari
asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni va asosiy fondlarni konservatsiyalash va konservatsiyalashdan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 20 avgustdagi 397-son maxsus qarori bilan tasdiqlangan.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha sub’ektning ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda ko‘p marotaba ishlatiladigan mulkning bir qismi hisoblanadi.
«Ishlab chiqarish» atamasining ishlatilishi ushbu guruh aktivlarsiz tijorat va notijorat korxonalari uchun har qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlarni ko‘rsatishning umuman imkoniyati yo‘qligi holatini tasdiqlaydi. Noishlab chiqarish asosiy vositalari deganda tarmoqlarning noishlab chiqarish sohalari (uy-joy-kommunal xo‘jaliklarida, maktabgacha bolalar, tibbiyot, sog‘lomlashtirish, madaniyat muassasalari va hokazolar)da foydalaniladigan aktivlar guruhlari tushuniladi.

Obyektlardan foydalanish darajasiga muvofiq ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar turkumlarga ajratilishini quyidagi rasm orqali ko‘rib chiqamiz.






Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling