Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana27.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1727288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish

 
 
Asosiy vositalar 
 
Mebel va ofis 
jihozlari 
Ishchi va mahsuldor 
hayvonlar 
Ko‘p yillik 
daraxtlar 
Boshqa asosiy 
vositalar 
Kompyuter va 
hisoblash texnikasi 
Transport 
vositalari 
Yer va yerni 
obodonlash- 
tirish uchun kapital 
sarflar 
Bino, inshootlar va 
uzatuvchi moslamalar 
Mashina va asbob-
uskunalar 
Konservatsiyalangan asosiy vositalar 
 Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi
Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning natural-
moddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi 
111Asosiy vositalarni turkumlash va baholash



Uzatuvchi moslamalar sifatida mashina-dvigateldan ish mashinalariga 
elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon 
moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga etkazib berishga xizmat qiladigan, 
energiya va axborotlarni etkazishda tugallangan funktsional qurilmalar (elektr 
uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) tan 
olinadi. 
Mashina va uskunalar o‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, ish 
mashina va uskunalari, o‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar va hisoblash 
texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar guruhlaridan tarkib topadi. 
Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini ishlab 
chiqaradigan yoki turli ko‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik harakat 
quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar 
(qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va 
boshqalar) hisobda aks ettiriladi. 
Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari va 
vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ta’sir 
ko‘rsatishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, 
tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (dastgohlar, tsex uskunalari, 
kompressorlar, nasoslar, elektr va gaz payvandlagichlar, apparatlar, 
agregatlar)dir. 
O‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi turli 
parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, 
xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, 
shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, 
tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi. 
Mebel va ofis jixozlari - idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur 
bo‘lgan idoragi divan, kravat va boshqalardir. 
Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron 
hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirishga 
mo‘ljallangan vositalar bo‘lib, ular kompyuterlar, printerlar, nusxa ko‘chirish 
vositalari, yozuv mashinalari va boshqa kompyuter vositalari hisoblanadi; 
Transport vositalari - kishilarni hamda yuklarni va turli maqsadlardagi 
buyumlarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari: temir yo‘l, suv, havo 
transporti harakati tarkibi, shahar transporti harakati tarkibi (metropoliten 
vagonlari, tramvay), avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur 
yo‘llaridir. 
Ishchi hayvonlarga har bir etilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, mahsuldor 
hayvonlarga esa sigir, buqa, qo‘y, qo‘chqor, echki, cho‘chqa kabilar kiritilib, har 
biri alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi. 
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan 
qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: mevali va 
manzarali daraxtlarga guruhlanadi . 
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, sport 
inventarlari va boshqalar kiradi. 
Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining qarorlari 



asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Qurilishi 
tugallanmagan ob’ektlarni va asosiy fondlarni konservatsiyalash va 
konservatsiyalashdan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999 yil 20 avgustdagi 397-son maxsus qarori bilan 
tasdiqlangan. 
Asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘linadi. Ishlab 
chiqarish asosiy vositalari bo‘lib ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlari 
bo‘yicha sub’ektning ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda ko‘p marotaba 
ishlatiladigan mulkning bir qismi hisoblanadi.
«Ishlab chiqarish» atamasining ishlatilishi ushbu guruh aktivlarsiz tijorat 
va notijorat korxonalari uchun har qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish 
yoki xizmatlarni ko‘rsatishning umuman imkoniyati yo‘qligi holatini 
tasdiqlaydi. Noishlab chiqarish asosiy vositalari deganda tarmoqlarning noishlab 
chiqarish sohalari (uy-joy-kommunal xo‘jaliklarida, maktabgacha bolalar
tibbiyot, sog‘lomlashtirish, madaniyat muassasalari va hokazolar)da 
foydalaniladigan aktivlar guruhlari tushuniladi. 
Obyektlardan foydalanish darajasiga muvofiq ishlab chiqarish va xo‘jalik 
faoliyatida asosiy vositalar turkumlarga ajratilishini quyidagi rasm orqali ko‘rib 
chiqamiz. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling