Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari
- 3. Asosiy vositalarga tamartizatsiya hisoblash usullari
Amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra aniqlanishi va bir hisobot davridan ikkinchi davrga izchillik bilan qo‘llanilishi va taqvimiy yil davomida o‘zgarmasligi lozim (5-son BHMSning 43-bandi), korxona qayta tashkil etilgan, uning mulkdorlari almashgan, respublika qonun hujjatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan hollar bundan mustasno. 1 Foydaga soliq solish maqsadlarida Soliq kodeksining 144-moddasida keltirilgan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanishi kerak. Hisobot yili davomida asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi. Amortizatsiya hisoblash usullari ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli to‘g‘ri chiziqli ishlab chiqarish usuli yillar summasi usuli (kumulyativ usul) Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bog‘langan holda olib boriladi. Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion 3. Asosiy vositalarga tamartizatsiya hisoblash usullari 1 1 1 G adoev E.va bbooshq. Yillik 10 Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli. Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundaki, bunda amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. Mazkur usulga muvofiq asosiy vositalar ob’ektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan taqsimlanadi. Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining davom etishi muddatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni ob’ektdan foydalanilgan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Misol. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati — 2680 ming so‘m, uning besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati — 80 ming so‘m. To‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur vaziyatda yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatidan 20 foizli, ya’ni 520 ming so‘mni ((2680000-80000)/5) tashkil qiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling