Asosiy adabiyotlar. A. Atoyev. Kurash Toshkent «O’qituvchi»


Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi


Download 0.94 Mb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1005659
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-1-Mavzu O’zbekiston Respublikasida milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi

1.2. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi
Butun jahon nigohiga tushib, dovrug’ va shuhral qozonayotgan. millionlarni o’ziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri sifatida o'zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir. Tarixshunos, qadimshunos, elslumos va faylasuf olimlarning olib borgaii tadqiqotlari, izianishlari va arxeologik ilmiy qidiruvarl, knzatishlari natijasida topilgan ashyoviy daiillar Kurashning yoshi kamida 2,5 - 3 ming yildan ziyodligini isbotlaydi. Surxon, Zarafshon vohalari hamda Farg'ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan noyob topi]malar, asoriatiqlari, qoyalarga bitiigan tasviriy san'at namunalari ham bunga to'liq shohidlik beradi. Kurashimiz tarixini ilmiy isbotlab beradigan 6 ta topilma-ashyoviy dalil mavjud.
1.MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI.
Chunonchi, Panjikentdan topilgan kurashayotgan ikki pahlavonning devoriy rasmi Sug'diyona davlatchiligiga, ya'niy o'rta asrlar davriga oid noyob yodgorlik sanaladi.
Shunday ashyolardan biri silindr shaklidagi sopol idish bo'lib, u qadimgi Baqtriya (Janubiy o'zbeksiton) hududidan topilgan. Uning bir parchasida ikki kurashchi va ulardan birining o'z raqibini oyog'idan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham pahlavonlarning qo'llarini ko'tarib kurashga shaylanayotgan holda o'z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bolib, u kurashning tarixi yanayam ko'proq, ya'ni 3,5 ming yil ekanligidan guvoxlik beradi.
Navbatdagi topilma bronza davriga oid ikkita ot ta'qasidir. Kurash usullari tasvirlangan har ikala taqa, professor M.P.Gryaznovning yozishicha, sak-skif qabilalarlning ma'naviy qarashlari ro'hida ishlangan bo'lib, ko'chmanchilik davrining dastlabki bosqichiariga oiddir.
Milodiy birinchi ming yillikning o'rtalariga oid kumush cho'mich gardishi sirtida ham ikki pahla-vonning kurashi-mizga xos olisha-yotgan holati tasvirlangan.
Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlari davrida bu yerda jismoniy tarbiya keng rivojlangan edi. O’rta Osiyoda qadimgi Yunonistondagi olimpiada o’yinlariga o’xshash xilma-xil o’yinlar o’tkazilgan. So’g’diyona va Baqtriya davlatlari mavjud bo’lgan davrlar meloddan oldingi IV asr O’rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobat-dorbozlar juda mashhur bo’lgan. Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o’zlarining ajoyib va xatarli o’yinlarini qiziqchi va mazqarabozlarning o’tkir satira va kulgi bilan sug’orilgan turli sirk sahnalari, o’qdek uchadigan muallaqchilar va kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o’yinlari va ot o’yinlarni chuqur ma’noli so’zlari va baytlarini sozandalarning bu o’yinlarga moslangan mashqlarini ko’z-ko’z qilganlar.
“Oyinnoma”da berilgan ma’lumotlarga ko’ra, sosoniylar davrida zodagonlarning bolalari 6 yoshgacha ota-onala-rining uyida yashar, 7 yoshga yetgandan keyin davlat tarbiyasiga o’tkazilib, hukmdorlar ixtiyorida bo’lgan maxsus maktablarga joylashtirilar va 19 yoshga yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko’rardi. O’z bilimi va bahodirligi bilan mashhur bo’lgan kishilar shu maktablarda murabbiylik vazifasini o’tar edilar. Sosoniylar maktablarda bolalarni jismoniy tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilar edi. Ular sovuqqa, ochlikka, chanqoqlikka, og’riqqa chidamli bo’lishi, tez yugurishi, uzoqqa sakrashi, otga chaqqon minishi, tez chopishi, kamon va o’q-yoy otishda, qilich-bozlikda mo’ljalli, tezgir bo’lishi, kurashish jang usullarini yaxshi bilishi talab qilinar edi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling