Asosiy adabiyotlar. A. Atoyev. Kurash Toshkent «O’qituvchi»
Download 0.94 Mb.
|
portal.guldu.uz-1-Mavzu O’zbekiston Respublikasida milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. PAHLAVON MAXMUD.
- 2.2. PAHLAVON MUXAMMAD.
O’zbek xalqining kurashchi-polvonlariga bo’lga hurmati juda katta, chunki ular o’zlarida kuchlilik, mardlik, chidamlilik, axloqiy poklik, erksevarlikni mujassamlashtiradilar.
2.HALQ BOHODIRLARI. Xorazmlik Pahlavon Maxmudning (1243-1326) nomi tarixdan abadiy o’rin olgan. U butun umri davomida bellashuvlarda biror marta ham mag’lubiyatga uchramagan. Pahlavon Maxmud ko’pgina yurtlarga sayohat qilgan. Eronda, Hindistonda va boshqa sharq mamlakatlarida bo’lgan, O’rta Osiyo bo’ylab yurgan va hamma yerda kuchli polvonlar bilan kurash tushgan. Lekin hyech qayerda o’z Vatanida va na xorijiy yerlarda uning kuragi yerga tegmagan. Pahlavon Mahmudning nomi afsonalarga to’la. Bu afsonalarda xalq o’zining polvonga bo’lgan muhabbati, hurmatini ifoda etgan. Shuning uchun ham xalq bahodiri faqat kuchi kishigina emas, shu bilan bir qatorda eng haqqoniy kishi hamdir. 2.1. PAHLAVON MAXMUD. Bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib, bizgacha yetib kelgan bir afsona saqlangan. Hikoya qilishlaricha, Paqlavon Mahmud Hindiston hokimi tomonidan mamlakatning mashhur polvonlari bilan musobaqalashishga taklif qilinadi. Shunda u tasodifdan bir mushtipar ayoalning o’g’li bilan tirikchilik qilishini va u oilaning yakka-yolg’iz boquvchisi ekanligi bilib qoladi. Uning o’g’li hamma bellashuvlarda g’olib chiqar edi. Musobaqalarda mashhur Pahlavon Mahmud ishtirok etishini eshitgan ona, o’g’lining yengilishdan va natijada oila kun kechirish manbaidan mahrum bo’lishidan qo’rqib ko’z yosh to’kadi. Ayolning o’g’lini Nuriddin Chati der edilar. Ertasi kuni Mahmud Nuriddn bilan davrada uchrashganda unga o’zini yengish imkoniyatini beradi. Bu afsona Pahlavon Mahmudning shuxratparast emas, aksincha, oliyjanob, saxiy va rahmdil inson bo’lganligidan dalolat beradi. Pahlavon Maxmud vafotidan keyin oradan sal kam yuz yildan ko’proq vaqt o’tgach, Xorazmda yana bir kurashchi – Pahlavon Muhammad yashagan. U ham o’zining o’tmishdasi singari mag’lubiyat nimaligini bilmagan. 2.2. PAHLAVON MUXAMMAD. Toshkentlik Ahmad polvon ham xalq orasida ancha shuxrat qozongan edi, 1895 yili Toshkent taniqli nemis kurashchisi Rippel keladi va Ahmad polvon bilan kurashish istagini bildiradi. 1895 yil 23 iyunda sirk maydonida kurash bo’ladi hamda u o’zbek polvonining ajoyib g’alabasi bilan tugaydi. Bunda ular klassik kurash bo’yicha musobaqa-lashishadi. Shunisi xarakterliki, Ahmad polvon milliy kurashdan boshqa hyech qanday kurash maktabini o’tmagan edi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, u aynan klassik kurashda o’zining kuchi, chidamliligi va yuksak mag’horati tufayli g’alabaga erishadi Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling