Asosiy adabiyotlar: Suvanqulov Y. A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi»
Download 23.48 Kb.
|
1 mavzu
Fanning vazifasi - hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan birgalikda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, Chorvachilik mahsulotlarining sifatini Yaxshilash, ekologik muhitni himoya qilish uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish hisoblanadi. Bundan tashqari Chorvachilik aholini xilma – xil sifatli oziq – ovqat mahsulotlari bilan, engil sanoatini xom – ashyo bilan ta’minlaydigan muhim tarmoqdir. Sut, go‘sht va tuxum inson uchun Yuqori kaloriyali va to‘la qiymatli oziq – ovqat hisoblanadi. Jun, tivit, teri kiyim – kechak, poyafzal va boshqa sanoat mollari ishlab chiqarish uchun asosiy xom – ashyo hisoblanadi. Mollarning shoxi, tuyog‘i va suyagi ham qayta ishlash uchun foydalaniladi. Ulardan har xil buyumlar, elim va hokazolar tayyorlanadi. Qushxona chiqitlaridan, yaroqsiz nimtalardan go‘sht – suyak uni, qon uni, ba’zi bir organ va to‘qimalardan esa dorivor preparatlar tayyorlanadi. Ot, xachir, ho‘kiz, tuya, bug‘i va boshqa hayvonlardan har xil ishlarni bajarishda foydalaniladi. Chorva mollarining go‘ngi qimmatli organik o‘g‘it hisoblanadi.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i hisoblanib qoramolchilik, Cho‘chqachilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, quyonchilik va muynachilik, parrandachilik sohalarini o‘z ichiga oladi. Har xil hayvon turlarini boqib ko‘paytirish, xilma – xil oziq – ovqat mahsulotlari va xom – ashyo etishtirishni ta’minlaydi. Chorvachilikning bosh vazifasi aholini sifatli oziq – ovqat mahsulotlari va sanoatni qishloq xo‘jalik xom – ashyosi bilan ta’minlashdir. Bu vazifalarni bajarishda mustahkam va sifatli ozuqa bazasini yaratishda agronomiya, zootexniya, veterinariya fanlarining yutuqlaridan va ilg‘or tajribalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatizatsiyani keng qo‘llashni taqozo qiladi. Hayvonlar va parrandalar bosh sonini ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llarini izlash zarur. Bunga ixtisoslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va hayvonlarni bir joyga yig‘iish hisobiga erishish mumkin. Hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va ulardan foydalanishda jadal texnologiyani, mexanizatsiya va avtomatizatsiyani keng joriy etib ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, parrandachilik fabrikalarida mehnat unumdorligini 5–6 martaga oshirib, mahsulot tannarxini 20 – 30% ga pasaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga oziqa harajatini 1,5 – 2 marta tejashga erishish zarur. Chorvachilikni ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirish, ishda ilg‘or texnologiyani qo‘llash, hayvonlar va parrandalar organizmining fiziologik talabiga qarab tuyimli oziqa ratsionini tuzish, sifatli oziqa va suv bilan ta’minlash, mikroiqlim talabiga javob beradigan binolar qurish, hamma ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Yuqori mahsuldor hayvonlarni ko‘paytirish, xo‘jaliklarga har xil yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish, veterianriya – sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi ishlar hozirgi davr talabidir. Shu tadbirlar asosida qabul qilingan, texnologik loyiha me’yorlariga, ayniqsa Chorvachilik ferma, ayrim binolarni qurish, loyihalash va qayta qurishda zoogigienik, veterinariya sanitariya talablariga qat’iy amal qilish kerak. Fermer xo‘jaligi sharoitida hayvonlarni oziqlantirish, saqlash va turli kasalliklarni oldini olishda zoogigiyena qoidalari va talablariga rioya qilish lozim. Zoogigiyena tadbir choralarga qat’iy amal qilingandagina hayvonlarni sog‘lig‘ini, Yuqori mahsuldorligi va nasldorligini saqlab qolish mumkin. Chorvachilikda zoogigienik me’yor, qoida va talablarni keng qullash chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi vaktda zoogigiyena fanining rivojlanishida bir- biriga chambarchas bog‘langan asosiy uchta vazifani ajratib ko‘rsatish mumkin; 1. Hayvonlarni mahsuldorligini, tabiiy chidamlilik qobiliyatini oshirish uchun ularning turiga, Yoshiga qarab optimal sharoitlarni yaratish. 2. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni ayniqsa antropozoonoz kasalliklar oldini olish xamda ulardan olinadigan maxsulotning sifatini Yaxshilash buyicha chora tadbirlarni ishlab chiqish 3. Tashqi muhitni Chorvachilik chiqindilarni bilan ifloslanishini oldini olish. Download 23.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling